• Sonlarni formatlash.
  • Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish




    Download 0,75 Mb.
    bet7/14
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #149274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish.
    Diskret o‘zgaruvchilar va sonlarni formatlash
    Mathcadda diskret o‘zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday o‘zgaruvchilar maʼlum qadam bilan o‘suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi. Masalan:
    x:=0..5. Bu shuni bildiradiki bu o‘zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, yaʼni x=0,1,2,3,4,5.
    x:=1,1.1..5. Bunda 1–birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oxirgi sonni bildiradi.
    x:=A,A+B..B. Bunda A–birinchi, A+B – ikkinchi, B - oxirgi sonni bildiradi.
    Izoh! O‘zgaruvchi diapazonini ko‘rsatishda ikki nuqta o‘rniga klaviaturadan (;) nuqta vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o‘zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o‘zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o‘zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.
    Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu qiymatlarni jadval yoki grafik ko‘rinishda tasvirlashda diskret o‘zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)Cos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo‘lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo‘lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: f(x)=sin(x)Cos(x) x:=0..5 f(x)=javob.
    Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatgichini sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlash natijasi Result Format oynasi paydo bo‘ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir:

    • General (Asosiy)–o‘z holida qabul qilish. Son eksponensial ko‘rinishda tasvilanadi.

    • Decimal (O‘nlik)–o‘nlik qo‘zg’aluvchan nuqta ko‘rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 12.5564).

    • Skientific (Ilmiy)–son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105).

    • Engeneering (muhandislik)–sonning darajasi faqat 3 га karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 1.22*106).



    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblashlarda foydalanuvchi funksiyasini tuzish

    Download 0,75 Mb.