5-Mavzu: Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi




Download 0,75 Mb.
bet1/14
Sana31.01.2024
Hajmi0,75 Mb.
#149274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-Mavzu
«Истеҳком » драмаси (1977) Иззат Султон, Social-Media-Marketing-Course-eMarketing-Institute-Ebook-2018-Edition (1), 1-Amaliy ish amaliy matematika, Mexanik o`lchash asboblari. Hajmni o’lchash, хисобот, transport, феруза НАМДУ, 9-M, 2-мавзу, Переведенная копия документа MU LB5 Sozdanie tablic bazy dannyx MIKROSOFT ACCESS , b85f31a7390aa1572dcd1bdbf39d6e5d, maqola (2), Ingliz tili 2 daftar, import math, 12-mavzu

5-Mavzu: Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi (MATLAB, MATHCAD)
Reja:
1.Mathlab, MathCad dasturlari misolida statik va dinamik modellarni amalga oshirish.
2.Mathlab, MathCad tzimlari tarkibida dasturlash.
2.2-§. «Matematik modellashtirish asoslari»
Hozirgi vaqtga kelib, «Matlab» 800dan ortiq funksiya va modellar kutubxonasini tashkil qiladi. Ish jarayonidagi birgina muammo, qo‘yilgan masakani yechish uchun kerak bo‘ladigan funksiya va modellarni tez qidirib topishdadir. Matematik modellashtirish doirasida «Matlab» kompyuter texnologiyasining barcha zamonaviy yutuqlarini to‘liq ishlatish imkonini beradi, shu qatori vizuallashtirish va kattaliklarning audifikatsiya(ovozli) vositalarini ishlatish. Internet orqali kattaliklarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bulardan tashqari, foydalanuvchi «Matlab» vositalarining imkoniyatlari orqali yechilayotgan masala talabiga va o‘zining ta’biga qarab shaxsiy grafik interfeys yaratishi mumkin. Ilmiy va texnika sohasining mutaxassislariga paketda ishlash yengil bo‘lishi uchun funksiya kutubxonasi bo‘limlarga bo‘lingan. Umumiy o‘ziga xos harakterli model va funksiyalar «Matlab» paketi asosiy yadrosi tarkibiga kiradi. Aniq sohafa xos model va funksiyalar kengaytirilgan paket(Toolboxes) tarkibiga kiritilgan. Shunday qilib, «Matlab» birinchi navbatda matematik modellashtirish vositasidit. U ilm va texnikaning barcha ko‘zga ko‘ringan sohalarida analiz va sintez nuqtai nazaridan tadqiqot ishlarini olib borishni ta’minlaydi. Bunda paket tuzilishi model yaratishdagi ikkita asosiy bo‘lgan analitik va imitatsion yondashuvlarni samarali qo‘shish imkonini beradi.
Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili–ma’lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular m-fayllar deyiladi. m-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir.
m –fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: o‘zgaruvchilar e’lon qilinmaydi, metkalar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori go to ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi.
M-fayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl)larni ishlab chiqish; Matlabda M-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash;
M-fayllarni ishga tushirish; M-fayllarni sozlash.
MatLab tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob’yektga-mo‘ljallangan va vizual dasturlashni ham. Umuman olganda, MatLab tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
MatLab installyatsiyasi vaqtida tizim va jarayonlarni visual modellashtirish paketi—Simulinkni o‘rnatish mumkin. Yangi model yaratish uchun
piktogrammasini sichqoncha yordamida belgilang yoki simulink buyrug’ini tanlang. Ekranda ikkita oyna hosil bo‘ladi. Birinchi oynada kutubxonadan model tanlash, ikkinchisidan esa tuzumning umumiy modelini yig’ish uchun g’ishtchalar tanlanadi.
Source (Manba) piktogrammasini faollashtirib manba kutubxonasini ochish mumkin. Mos kutubxonalarni ochib va tanlangan modelni tizim modellarini yaratish oynasiga sudrab,real tizim modelini yig’ish mumkin. So‘ngra, modelni ishga tushirib yechim olinadi. Sozlash jarayonida tizimni ishlash vaqtini, uechish usulini va boshqa parametrlarni tanlash mumkin.

Download 0,75 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Mavzu: Matematik modellashtirish asoslari. Statistik ma'lumotlarni qayta ishlashda maxsus dasturlar kompleksi

Download 0,75 Mb.