• 1.Respublikada sanoatning shakllanishi va uning tarmoqlar tarkibi.
  • 5-mavzu: O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi Reja




    Download 27.07 Kb.
    bet1/2
    Sana18.05.2023
    Hajmi27.07 Kb.
    #61439
      1   2
    Bog'liq
    5-mavzu O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi Reja


    5-mavzu: O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi
    Reja:
    1.Respublikada sanoatning shakllanishi va uning tarmoqlar tarkibi
    2.Respublikada yoqilg’i-energetika sanotining rivojlanishi
    Tayanch so’zlar:
    Sanoat punkti va markazi, sanoat rayoni ,sanoat tarmoqlar tarkibi, diversifikatsiya undiruvchi (tog’-kon) va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari,ixtisoslashuv,kontsentratsiya (mujassamlashuv), kooperatsiya, kombinatlashuv.hududiy ishlab chiqarish majmualari, po’lat, prokat mahsulotlari ishlab chiqarish,rangli metallarni qazib chiqarish va qayta ishlash,tog’-kon sanoati,qayta ishlash sanoati .
    1.Respublikada sanoatning shakllanishi va uning tarmoqlar tarkibi.
    Ba’zi olimlarning fikricha, jamiyat asosan uch bosqichda rivojlanib borgan: sanoatgacha, sanoat va sanoatdan keyingi (“postindustrial”) davr yoki jamiyat. Respublikamiz iqtisodiyoti, umuman olganda, ikkinchi, ya’ni sanoat bosqichida turibdi. Shu bois, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish ko’p jihatdan ayni ishlab chiqarish jarayonining sanoatlashuviga bog’liq.
    Sanoat, qisqacha aytganda, asosan tabiatdan olingan xom ashyoga qayta ishlov berish natijasida o’zining dastlabki holatini o’zgartirgan mahsulot turlarini o’z ichiga oladi. Dastlabki sanoat tarmoqlari bevosita tabiat va uning resurslari bilan bog’liq bo’lgan. Masalan, tog’-kon sanoati, o’rmon, qurilish materiallari sanoati shular jumlasidandir.
    Hozirgi davrda sanoat korxonalari va ular yaratadigan mahsulot nihoyatda xilma-xil. Ularning turlari innovatsiya jarayonida va o’zgaruvchan (egiluvchan) iste’mol extiyoji ta’sirida yanada ortib bormoqda. Binobarin, bunday murakkab tarkibga ega bo’lgan sanoat ishlab chiqarishini boshqarish va o’rganish uchun sanoat korxonalari turli guruhlarga ajratiladi. Ularning eng asosiysi sanoat tarmoqlaridir. Sanoat tarmoqlari ma’lum mezonlarga asoslanadi. Tarmoqlar xom ashyo birligi, mahsulotni qaysi maqsadda yaratilganligi hamda texnologik jarayonning umumiyligiga ko’ra asoslanadi.
    Sanoat tarmoqlari, o’z navbatida, og’ir va yengil, ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’mol mollarini ishlab chiqaruvchi yirik guruhlarga ajratiladi. Bozor munosabatlariga o’tgan davlatlarda esa, sanoat korxonalari mulkchilik shakliga qarab davlat va nodavlat tasarrufidagi korxonalarga bo’linadi.
    Sanoat korxonalari va tarmoqlari qator omillar ta’sirida joylashtiriladi yoki hududiy tashkil etiladi. Bu omillarning asosiylari xom ashyo, elektr energiya, transport, mehnat resurslari, iqtisodiy geografik o’rin va boshqalar hisoblanadi Shu bilan birga,hozirgi davrda ilmiy-texnika, iste’mol, ekologiya, bozor iqtisodiyoti kabi omillarning ahamiyati ham oshib bormoqda. Umumiy jarayon shundan iboratki, sanoat ishlab chiqarishining xom ashyo, energiya va mexnat talabligi tobora kamayib bormoqda. Bu esa mazkur soha iqtisodiy samaradorligini oshirishning eng muhim omilidir. Ayni vaqtda sanoat tarmoqlarining ilmtalab, kam metal, xom ashyo va ishchi kuchi talab qiluvchi xususiyatlari kuchayib bormoqda.
    O’zbekiston hududida qadimdan ba’zi sanoat turlari mavjud bo’lgan (tog’-kon sanoati, metal eritish, to’qimachilik va b.). Ular bu yer uchun an’anaviy sanalgan hunarmandchilik asosida rivojlanib borgan. Hozirgi zamon sanoatining dastlabki korxonalari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. Masalan, Farg’ona vodiysida neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi, paxta tozalash, ko’nchilik zavodlari shular jumlasidandir.
    O’tgan asrning birinchi yarmida yengil, oziq-ovqat sanoatiga katta e’tibor berilgan. Ikkinchi jahon urushi yilllarida respublikamiz hududida og’ir sanoat korxonalari ham barpo etilgan. Ular front chizig’idan ko’chirilgan yoki front ehtiyoji uchun qurilgan korxonalar bo’lgan (mashinasozlik, kimyo zavodlari, Bekobod metallurgiya zavodi va h.k.). Angren ko’mir koni ham xuddi shu davrda topilib, undan yoqilg’i olish yo’lga qo’yilgan.
    20 asrning ikkinchi yarmi, eng avvalo, rangdor metallurgiya, neft-gaz (xususan gaz), kimyo, elektr energetika kabi og’ir sanoat tarmoqlarining faol rivojlanib borishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bu davrda qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat(to’qimachilik, yog’-moy, konserva, vino va noalkogol ichimliklar ishlab chiqarish va b.) sanoati korxonalari ham ko’plab qurilgan. 80-yillarda yirik korxonalarning, masalan, to’qimachilik kombinatlarining qator filiallari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Farg’ona viloyatlarida barpo etilgan va ular mahalliy xom ashyo hamda mehnat resurslaridan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
    Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, “gorizontal” ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi oqibatida sanoat ishlab chiqarishida, ayniqsa og’ir sanoatda muvaqqat muammolar vujudga keldi. Bu muammolar iqtisodiyotni davlat rejalashtirish tizimidan bozor munosabatlariga o’tkazish bilan ham bog’liq bo’ldi Biroq shunga qaramay, bu davrda qisman xorijiy investitsiyalar asosida yirik zamonaviy korxonalar barpo etildi. Asaka avtomobil zavodi, Buxoro (Qorovulbozor) neftni qayta ishlash zavodi, Qo’ng’irot soda zavodi, Tollimarjon IES, Sho’rtang gaz-kimyo majmuasi yuqoridagilarga misol bo’la oladi. Respublikamizning qator tuman va shaharlarida yangi to’qimachilik korxonalari (“teks”lar) vujudga keldi, yirik korxonalar qayta ta’mirlandi.
    Shu bilan birga, sanoat ishlab chiqarishida uning ijtimoiy tashkil etish shakllari, xususan mujassamlashuv, ixtisoslashuv, kooperatsiya va kombinatlashuv, bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqqan holda, rivojlanib bormoqda. Kichik, ixtisoslashgan va bozor talablariga tez moslashadigan korxonalar soni ko’paymokda.
    Aytish mumkinki, O’zbekiston sanoati yaqin o’tmishdagi qiyinchiliklar davridan barqaror rivojlanish boskichiga o’tdi. Eng so’nggi yillarda mamlakatimizning milliy iqtisodiyotni sanoatlashtirish siyosati, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni mahalliylashtirish (“lokalizatsiya”), diversifikatsiya va modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish negizida sanoat ishlab chiqarishi yanada tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
    Sanoatning respublika yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi muntazam ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda uning 1/5 qismidan ortig’i sanoat ishlab chiqarishiga to’g’ri keladi. Makroiqtisodiyotning mazkur tarmog’i 16 mingdan ziyod korxonalarni birlashtiradi, 457100nafar ishchi- xizmatchilar band(2018y). Ularning ko’pchiligi oziq-ovqat, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, yengil hamda qurilish materiallari korxonalaridir. Demak, aytish mumkinki, ayni shu tarmoqlar korxona darajasidagi mujassamlashuvining nisbatan past ko’rsatkichlariga ega. Bu tabiiy hol, chunki hozirgi sharoitda o’ta yirik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi uncha yuqori emas.
    Sanoatda band bo’lganlar tarkibida esa ushbu sektorning ulushi qariyb 90 foizga teng.
    Sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda yoqilg’i, rangdor metallurgiya, mashinasozlik va metalni qayta ishlash hamda oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Sanoatda band bo’lgan aholining eng katta qismi esa yengil sanoatga to’g’ri keladi. Ikkinchi va uchinchi o’rinlarda mashinasozlik va metalni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatlari turadi. Shu bois, mazkur sanoat tarmoqlari sermehnattalab hisoblanadi.
    Tabiiyki, sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlarida og’ir sanoat tarmoqlari oldinda turadi. Ushbu xususiyatni yoqilg’i sanoatida ishlovchilar hissasi ham tasdiqlab beradi. Shuningdek, rangdor va qora metallurgiya sanoat korxonalarining ham fond sig’imi katta. Mustaqillik yillarida yoqilg’i energetika va oziq-ovqat xavfsizligiga katta e’tibor berildi. Shu bilan birga, sanoatning boshqa tarmoqlari ham rivojlanib bormoqda. 1995-2007-yillar mobaynida jami sanoat mahsulotining ishlab chiqarilish hajmi 2,2 martaga oshgan. O’sish xususan o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza- qog’oz sanoatida (7,2 marta), mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmog’i (4,8 marta), oziq-ovqat (4,0 marta), kimyo va neft kimyosi sanoatida (3,4 marta) yuqori bo’lgan.
    Eng so’nggi yillarda mashinasozlik va metalni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi hamda yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog’oz sanoati tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda. Masalan, 2001-yilda umumiy sanoat mahsuloti o’rtacha 104,2 foizga o’sgan holda, bu ko’rsatkich mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmog’ida bundan deyarli 6 marta ortiqroq bo’lgan. 2002-yil natijalari bo’yicha oziq-ovqat sanoati (avvalgi yilga nisbatan 119,2 %, 2003 yilda - mashinasozlik va metalni qayta ishlash, 2004-yilda-qora metallurgiya va mashinasozlik, 2005 yilda - mashinasozlik va yog’ochni qayta ishlash, 2006 yilda - mashinasozlik, oziq- ovqat va yog’ochni qayta ishlash, 2007-yilda - yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog’oz sanoati hamda kimyo va neft kimyosi, 2008-yil natijalariga ko’ra - yog’ochni qayta ishlash, yoqilg’i va mashinasozlik, 2009- yilda ham ayni shu tarmoqlar ustuvor darajada rivojlanib borgan. 2010- yil natijalari bo’yicha umumiy o’sish 108,3 foizga teng bo’lgan holda, bu ko’rsatkich yengil sanoatda 117,3 %, kimyo va neft kimyosida - 115,4 %, oziq-ovqat sanoatida 113,1 foizni tashkil qilgan. 2013-yilda o’sish sur’ati, eng avvalo, mashinasozlik va metalni qayta ishlash (121,0 %), qurilish materiallari (113,6 %) va yengil sanoatda (113,0 %) yuqori bo’lgan.
    2013-yil yakunlariga ko’ra, respublikamizda 54,2 mlrd kvt/s elektr energiya, 4,5 mln t. neft va gaz kondensati, 761,0 ming t. po’lat, 718,0 ming t. tayyor prokat, 1111 ming t. har xil mineral o’g’itlar, 246,0 ming dona yengil avtomobillar, 6990 ming t. sement, 1088 ming t. paxta tolasi, 77,7 mln kv.m ip gazlamalarn, 243 ming t. o’simlik yog’i, 1274 ming tonna un va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


    Download 27.07 Kb.
      1   2




    Download 27.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: O‘zbekiston sanoatining tarmoqlar tarkibi Reja

    Download 27.07 Kb.