• 5.3. TASHQI BOZORLARDA MARKETING TADQIQOTLARI
  • MARKETING TADQIQOTLARINI O’TKAZISH JARAYONI




    Download 50,52 Kb.
    bet2/3
    Sana14.12.2023
    Hajmi50,52 Kb.
    #119037
    1   2   3
    Bog'liq
    5-mavzu

    5.2. MARKETING TADQIQOTLARINI O’TKAZISH JARAYONI

    Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo’lib bu – tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o’zaro bog’liqlik, aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan reja quyidagi savollarga javob berishlari lozim.

    1. Qanday ma’lumotlar to’planishi kerak?

    2. Ma’lumotlarni kim to’playdi?

    3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?

    4. Ma’lumotlarni to’plashda qanday uslublar qo’llaniladi?

    5. Ma’lumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim etiladi?

    6. Ma’lumotlarni to’plash qachon va qaerda amalga oshiriladi.

    7. Ma’lumotlarni to’plash uchun qanday harajatlar ko’zda tutiladi?

    Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi, mazmunan va mantiqan bog’liqligi ta’minlanadi. Bu o’z navbatida tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan kamchiliklar va xatoliklarning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaydi. Ma’lumotlarni to’plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ularni qayta ishlash, tayinli artibga solish vazifasini ham bajaradi. CHunki jamlanadigan ma’lumotlar qaerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.



      1. 5.3. TASHQI BOZORLARDA MARKETING TADQIQOTLARI

    Xalqaro bozorni o’rganish kabinet tadqiqotlari va dala tadqiqotlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Kabinet tadqiqotlari ikkilamchi axborot (spravochniklar, maxsus jurnallar va statistika ma’lumotlari) asosida amalga oshiriladi. Ular jahon tovar bozorining holati va rivojlanishi, ayrim mintaqalar bozorlarining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari, bojxona qonunchiligining o’ziga xosliklari, turli xil transportlar yordamida xalqaro yuk tashish qiymati va hokazolar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. Bunday tadqiqotlar nisbatan arzon bo’lib, asosan korxonaning o’z kuchlari bilan eng qisqa muddatlarda amalga oshiriladi.
    Biroq axborot umumiy xarakterga ega bo’lishi sababli uni muayyanlashtirish uchun dala tadqiqotlari – bozorni o’rganishning eng murakkab va qimmat, biroq eng samarali usuli amalga oshiriladi.
    Uning afzalliklari potensial xaridorlar bilan shaxsiy muloqot o’rnatish, talab yuqori bo’lgan mahsulot namunasini o’rganish, asosiy raqobatchilarning xususiyatlarini aniqlash va hokazolardan iborat.
    Bu erda bozor haqidagi birlamchi va muayyanlashtirilgan axborotni olish imkoniyati bor bo’lsada, biroq katta xarajatlar va yuqori malakali xodimlar talab qilinadi.
    Xalqaro bozorni o’rganish natijasida korxona marketing bo’limi xodimlari yordamida quyidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarga ega bo’ladi:

    Bu ma’lumotlarning barchasi eksportchi korxonaga marketing rejasini yanada asoslangan holda tuzish va unda xalqaro bozorni yoki uning potensial segmentini aniqlash, mos keluvchi marketing-miks, sotuvni amalga oshirish muddatlari, mahalliy vositachilar, kutilayotgan foyda va xarajatlar hajmi, moliyaviy va boshqa tavakkalchiliklar darajasini aniqlashga imkon beradi.




      1. Download 50,52 Kb.
    1   2   3




    Download 50,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MARKETING TADQIQOTLARINI O’TKAZISH JARAYONI

    Download 50,52 Kb.