1-ilova.
Ishlarni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
Har bir talaba ko‘rsatkich va mezonlar bo‘yicha bal yig‘adi. 0,1 baldan testning to‘g‘ri javobi uchun (maksimal 3 ball)
Guruh
|
1-topshiriq
|
2-topshiriq
|
Javobni lo‘ndaligi (0,5)
|
Umumiy bal
(2,6)
|
Javobning to‘g‘riligi (0,4)
|
Asoslanganligi
(0,4)
|
Ko‘rgazmalilik (sxema) (0,8)
|
Asoslanganlik
(0,5)
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
2-ilova.
Test.
1. “Soliq” tushunchasiga ta'rif bering.
A) Soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi majburiy to‘lov tushuniladi;
B) Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi;
V) Jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi;
G) Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir.
2. Respublikamizda birinchi Soliq kodeksi qachon qabul qilingan va qachondan kuchga kirgan?
A) 1996 yil 15 fevral – 1996 yil 1 mart
B) 1997 yil 24 aprel- 1998 yil 1 yanvar
V) 1997 yil 15 dekabr – 1998 yil 1 yanvar
G) 1998 yil 24 aprel – 1999 yil 1 yanvar
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1991 yil 15 fevralda;
B) 1997 yil 24 aprel
V) 1997 yil 29 avgust;
G) 1992 yil 27 oktyabrda.
5.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko‘rsating.
A) 10, 51
B) 51, 123
V) 14, 111, 4
G) 100, 120, 2
6. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan xar bir kun uchun penya mikdorini ko‘rsating.
A) 0,1 %
B) 0,05 %
V) 0,2 %
G) 0,07 %
7. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari qanday stavkada soliqqa tortiladi?
A) 10
B) 3,5
V) 0,9
G) 0,2.
8. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari.
A) Teng ulushlarda 15 iyundan va 15 dekabrdan kechiktirmagan xolda.
B) 1 iyuldan kechiktirmagan xolda.
V) 1 avgustda.
G) 15 dekabrda.
9. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadi soliqqa tortiladimi?
A) Shug‘ullanadigan faoliyatlari stavkalarining eng yuqorisi bo‘yicha bu daromadga ham qat'iy belgilangan soliq solinadi;
B) Soliq solinmaydi;
V) Eng kam ish haqining 3,5 baravari miqdorida soliq solinadi;
G) Bu daromad summasidan Soliq kodeksiga binoan jismoniy shaxslar daromad solig‘i undiriladi.
10. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari soliq to‘lovchilarga qaysi muddatdan kechiktirilmay topshirilishi shart?
A) Joriy yilning 5 yanvarigacha
B) Joriy yilning 25 apreligacha
V) Joriy yilning 15 iyunigacha
G) Joriy yilning 1 mayigacha.
3-ilova.
Guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar
1-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ekti uchun mol-mulk solig’ini to’lash tartibi qanday belgilangan?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’ini to’lash tartibi qanday belgilangan?
Mol-mulk solig’idan kimlar soliqdan ozod etiladi?
2-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Pensionerlarning necha kvadrat metr mol-mulki qiymati soliqqa tortilmaydi?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i summasi qaysi davlat organi tomonidan hisoblab chiqariladi?
To’lov xabarnomasi qaysi muddatgacha uchastka soliq inspektorlari tomonidan soliq to’lovchilarga yetkaziladi?
3-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Yillik hisoblangan mol-mulk solig’i qaysi muddatda byudjetga to’lanadi?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Mol-mulk solig’ining ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Korxona mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymati qanday tartibda topiladi?
4-ilova.
1-masala. Korxona asosiy vositalarining 1 yanvar holati buyicha qiymati 1100 ming so’mni tashkil etib, aprel oyining birinchi o’n kunligida yana 250 ming so’mlik asosiy vosita kirim qilingan. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 1 yanvar holatiga 100; 1 fevral holatiga 125; 1 mart holatiga 150; 1 aprel holatiga 250 ming so’mni tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlarga asosan korxona mol-mulk solig’ini hisoblang (1-chorak uchun).
Echilishi:
1. Korxona asosiy vositalarining 1-chorakdagi o’rtacha qoldiq qiymatini topishimiz lozim, ya’ni:
QQ 1yanv. = 1100 – 100= 1000 ming so’m;
QQ 1fev. = 1100 –125 = 975 ming so’m;
QQ 1mart = 1100 – 150 =950 ming so’m;
QQ 1apr. = 1350 –250 = 1100 ming so’m.
(bu yerda, QQ - asosiy vositalarning qoldiq qiymati).
O’qq = 1yanv. : 2 + 1 fev. + 1mart + 1apr. : 2/12 = 1000 : 2 + 975+ 950 + 1100 : 2/12 =881.3 ming so’m.
2. Ms = 881.3 x 3.5 % = 30,8 ming so’m.
2-masala. 1-masala va quyidagi ma’lumotlarga asosan mol-mulk solig’ini hisoblang.
1. 1 – korxonada mahsulot eksporti - 15 % ni;
2. 2 – korxonada mahsulot eksporti - 20 % ni;
3. 3 – korxonada mahsulot eksporti - 35 % ni;
4. 4 – korxonada mahsulot eksporti - 50 % ni tashkil etadi.
3-masala. 2008 yil 1 yanvar holatiga mol-mulk solig’i to’lovchi korxonada asosiy vosita va nomoddiy aktivlari bo’lmagan. 13 yanvarda korxona 670 ming so’mga kompyuter, 25 martda esa 290 ming so’mga printer sotib olgan.
2008 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig’ini hisoblang?
4-masala. Korxona mol-mulkining o’rtacha qoldiq qiymati 9003 ming so’mni tashkil etadi, bundan:
-
Me’yoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 3500 ming so’m;
-
2275 ming so’mni O’zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.
Joriy davr uchun umumiy tushum 30300 ming so’m, bundan 7300 ming so’mligi korxona o’z mahsulotini erkin valyutaga sotgan.
Joriy davr uchun mol-mulk solig’i necha so’mni tashkil etadi?
|