|
5-mavzu. Zamonaviy operatsion tizimlarning tavsifi Reja
|
bet | 2/4 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 148,6 Kb. | | #139308 |
Bog'liq 5-lectures2. LINUX OPERATSION TIZIMI.
Linux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o'z operatsion tizimini birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqgan. FSF xarakati xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o'ziga tegishli bo'lgan operatsion tizimiga ega bo'ldi.
GNU/Linux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlatning ko'payishi Linux distributivlarni keltirilib chiqardi.
“Rasmiy” Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin. Ba'zi bir distributivlar 1-3 ta Floppy disklarda bo'lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo'lishi mumkin.
Linux OT ustida butun jaxon dasturchilari ish olib borganligi sababli, Linux ko'p tilni o'z ichiga olgan.
Linux OT UNIX oilasiga tegishli bo'lgani sababli unda Windows yoki MacOS dasturlari ishlamaydi, va aksincha Windows da Linux dasturlari. Lekin bu muammolarni echimi bor albatta. Maxsus Windows OT imitatsiyalovchi dasturlar (Wine) yoki virtual kompyuterlar (VirtualBox, VMWare) yordamida boshqa OT dasturlarini ishga tushirish mumkin.
Linux va Windows ni birlashgan distributivi Lindows xam mavjud. Faqat bu OT yuqori narxli tijorat tizimi sifatida tarqatilmoqda.
LINUXNING RIVOJLANISHI
Linux server OT lar va professional kompyuterlarning asosiy tizimi sifatida yuqori o'rinni egallab turishi, turli xil transmilliy korporatsiyalarning erkin dasturiy ta'minot loyxasini rivojlanishida mablag' bilan ta'minlashi Linuxni yanada rivojlanishiga katta xissa qo'shilmoqda. Ammo shaxsiy kompyuterlarda Linuxni kamdan-kam uchratish mumkin. Linuxni dasturchilar o'zlari uchun qulay qilib rivojlantirishgan.
Oxirgi yillarda katta korporatsiyalar yuz million dollorlarlik mablag'larini Linuxni yangi versiyalarini yaratilishi uchun sarmoya qilishgan. Xattoki shu vaqtlari mashxur bo'lgan dastur yaratuvchilar o'z dasturlarini Windows versiyalarini bilan birga Linux versiyalarini xam ishlab chiqa boshlashdi. Qilingan sarmoyalar o'zini oqlay boshladi. 2003 yili Linux tizimiga o'tish nafaqat tijorat tashkilotlar
balki davlat tashkilotlar orasida avj oldi.
Albatta bu kutilgan xolat edi. Linux shaxsiy kompyuterda ishlatilishi osonlashdi, o'rnatilishi esa Winsows tizimiga nisbatan ancha osonlashdi.
Bir necha katta firmalarning Liunx distributivlarini yaratish bilan shug'ullanishi dasturchilar orasida kuchli raqobatli muhitni yaratadi.
Linux distributivlari va ularni tanlash
Ikki yil oldin foydalanuvchiga qaysi bir distributivni tanlash xaqidagi maslaxatni berish qiyin edi. Xozirgi kunda Linux distributivlari yagona bir standartga intilishi, dasturchilarning saloxiyatini asosiy bo'lgan muammolarni xal qilinishiga olib keldi.
Linuxning boshlang'ich foydalanuvchisi nuqtai nazaridan, quyidagi maslaxatlarni berish mumkin: avval ASPLinux ( www.asplinux.ru ) yoki AltLinux Junior ( www.altlinux.ru ) distributivini ishlatish tavsiya etiladi. Bu distributivlat Rossiya dasturchilar tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda. Deyarli to'liq rus tiliga tarjima qilingan. O'zbek tiliga tarjima qilingan distributivlardan biri esa Doppix ( www.doppix.uz ). Avtorning o'zi bu distributivni xali o'rnatib ko'rgani yo'q,shuning uchun bir nima deyish qiyin.
Agarda siz distributivni kompyuteringizga o'rnatishni xoxlamasangiz yoki noto'g'ri amal bajarib qo'yishingizdan qo'rqsangiz, bu xam muammo emas. Distributivlarning shunday bir turi mavjudki uni Live CD deb atashadi. Ya'ni bu distributiv CD yoki DVD diskda bo'lib, uni kompyuter CD/DVDROM idan yuklanib tayyor Linux OT xosil qilish mumkin. Bunda diskingizdagi ma'lumotlaringiza xech qanday zarar tegmaydi. Xatoki Live CD ni flesh diskli versiyasi xam mavjud. Masalan SLAX www.slax.org , xozirgi kunda reytingi baland bo'lgan va rivojlanayotgan Live distributiv xisoblanadi. Boshqa bir Live CD distributivlarni www.livecdlist.com/ saytdan topishingiz mumkin.
Kompyuteringiz eskirib qolganmi ? Buni xam xech qanday muammoli joyi yo'q. Kompyuter resurlariga judayam kam talab qo'yadigan distributiv DeliLinux dir ( www.delilinux.org ). Uning ishlashi uchun 486, Pentium I, 16-32 Mb operativ hotira va vinchesterda 600 Mb joyning o'zi yetarli. Distributiv tarkibiga Icewm oynali menejer, matn taxrirlovchi va internet brauzeri dasturi mavjud.
Bu kitobda asosan openSUSE ( www.opensuse.org ) distributivi imkoniyatlari yoritilib beriladi. Bu distributiv DVD diskda bo'lib o'z ichiga dasturchilar uchun kerakli bo'lgan dasturiy ta'minotga boy distributivdir.
|
| |