• Linuxning afzalliklari va kamchiliklari
  • LINUX DISTRIBUTIVLARI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI




    Download 148,6 Kb.
    bet3/4
    Sana17.01.2024
    Hajmi148,6 Kb.
    #139308
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5-lectures

    2. LINUX DISTRIBUTIVLARI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI.

    Bugungi kunda Linuxni o`rnatish va sozlashda kelib chiqadigan texnik muammolar kamayib bormoqda. Asosiy savollardan biri: qaysi distributiv xar kungi masalalarni yechishda ko`proq to`g`ri keladi. Bu bo`limda distributiv tanlash metodlari ko`rib o`tiladi. Linuxni tezroq sinab ko`rishni istaganlar maxsus Live CD distributiv xaqida ma`lumotlarni bilib oladilar.


    Distributivlarning kompakt diskidagi fayllari
    Distributiv bilan tanishish, uning kompakt diskidagi fayllarni ko`rish bilan boshlanadi.
    OpenSUSE11.1 distributivi kompakt diskining fayllar tizimi rasm 3.1. da keltirilgan.

    Rasm 3.1.
    Kompakt diskning fayl tizimi xalqaro standart tomonidan qabul qilingan ISO9660 bo`lganligi sababli, biz uning fayllarini ko`rish imkoniniyatiga egamiz. suse katalogida Linuxning asosiy o`rnatiladigan fayllari joylashgan. (rasm 3.2.) Shuning uchun xam uning xajmi 3,68 Gbayt.

    Rasm 3.2.
    suse katalogining ichida i586, i686, noarch, setup kataloglari mavjud (rasm 3.3.).
    Shundan ma`lumki, openSUSE11.1 i586 va undan yuqori protsessorli kompyuterlarda ishlash uchun mo`ljallangan. i586, i686, noarch kataloglarida rpm paketlari joylashgan. Asosiy rpm paketlar i586 va noarch kataloglarida joylashgan. i686 katalogida i686 protsessor uchun mo`ljallangan fayllar mavjud. noarch katalogida protsessor turiga bo`g`liq bo`lmagan rpm paketlar joylashgan.
    Linux o`rnatilish jarayonida ishlash uchun etarli bo`lgan paketlar oldindan tanlangan bo`ladi. Lekin o`rnatish jarayonida o`zingizga kerakli bo`lgan paketlarni o`zingiz alohida tanlashingiz mumkin.
    Windows OT ning kompakt diskida, faqat OT o`rnatilishi uchun kerak bo`ladigan fayllar va qo`shimcha dasturlar bo`ladi. Qolgan kerakli dasturlarni, masalan Microsoft Office ni alohida diskdan o`rnatishingiz kerak. Linux diski esa nafaqat Microsoft Office o`rnini bosuvchi OpenOffice dasturini, balki dastur tuzish dasturlari, tarmoq dasturlari, administrator uchun kerak bo`ladigan dasturar, Web, FTP, SSH, Samba server dasturlari, musiqa eshitish, video ko`rish va turli xil o`yinlarni o`z tarkibiga olgan bo`ladi.

    Rasm 3.3.
    Distributivlarning bir-biridan farqlari.
    Albatta OpenSUSE11.1 distributivi diskining fayl va kataloglar tuzilishi va tarkibi boshqa bir distributiv diskining fayl va kataloglar tuzilishi va tarkibidan farq qiladi. Buning sababi shiki, xar bir distributivni ustida alohida, bir-biridan mustaqil ravishda kompaniya yoki dasturchilar guruxi ish olib boradi.
    Distributivlarni 3 ta katta guruxga bo`lish qabul qilingan:
    Red Hat guruxi (Red Hat, Fedora Project, Mandrake)
    Debian GNU / Linux (Debian GNU / Linux, StormLinux)
    Slackware guruxi (Slackware, SuSe Linux)
    LinuxLinks.com ( www.linuxlinks.com ) saytida Linuxning ko`pgina distributivlarning web saytlari adreslari keltirilgan. Distribution bo`limida distributivlarning qisqacha xarakteristikalar keltirilgan.
    Floppy kategoriyasida 2-3 ta floppy diskga sig`adigan Linux distrbutivlari keltirilgan. Bu distrbutivlar deyarli MS DOS tizimi imkoniniyatlariga ega.
    Debian GNU / Linux distrbutivi turli xil mamlakatlarda yashovchi dasturchilar kommandasi tomonidan yaratilib rivojlantirilmoqda. Debian professionallar uchun mo`ljallangan bo`lib, ishonchliligi jixatidan yuqori o`rinni egallaydi.
    Fedora Project, Red Hat ning ochiq versiyasi xisoblanadi. Ko`pchilik distrbutivilar Fedora asosida yaratilgan.
    Mandrake Linux xam Red Hat versiyasi asosida yaratilgan, xozirgi kunda mustaqil loyxaga aylangan.

    XOTIRA XAJMINI XISOBLASH


    Linuxni o`rnatish uchun vinchesterda qancha joy kerak ? Operativ xotiraning xajmi qanday bo`lishi kerak ? Bunga turlicha javob olish mumkin. Umuman Windows 95 o`rnashgan kompyuterga Linux xam o`rnashadi. Windows turli versiyalari bilan farqlanganidek, Linuxni o`rnatishni turli variantlari mavjud. Faqatgina kompyuterni nima maqsadda ishlatilishiga bo`g`liq. Masalan, i486 ga Windows Me ni o`rnatish befoyda bo`lganidek, kuchi etmaydigan kompyuterda, Linuxdan yuqori samaradorlikni kutish xam befoyda.
    Operativ xotira.
    Linuxning grafik va multimediya imkoniniyatlariga bevosita ta`sir etuvchi ko`rsatgich, bu operativ xotiraning xajmidir.
    Linuxni shunchaki o`rganish maqsadida, kichik server sifatida ishlatish uchun 8 Mbayt ning o`zi kifoya.
    Linuxning zamonaviy dasturlari uchun 32 Mbayt, bemaloroq ishlash uchun 128 Mbayt, qoniqarli ishlash uchun 256-512 Mbayt etarli bo`ladi.
    Swap bo`limi.
    Vinchesterdagi swap bo`limining xajmi operativ xotiraning xajmiga bog`liq bo`ladi. Operativ xotirasi kam bo`lgan kompyuterlar uchun swapning xajmi undan 2-4 baravar katta bo`lishi kerak. Taxminan 64-128 Mbayt. Lekin tajriba shuni ko`rsatadiki, 16 Mbayt etarlidir, albatta grafik imkoniyatlardan voz kechish kerak bo`ladi.
    Zamonaviy kompyuterlarda katta loyxalar, grafiklar, tekst xujjatlari ustida ishlash uchun esa swap 256-512 Mbayt bo`lishi etarli. Zamonaviy vinchesterlarning xajmi bir necha yuzlab Gbaytlrada o`lchanganligi sababli, swapga 1-4 Gbayt ajratish zarar qilmaydi.
    Vinchesterda Linux bo`limi uchun kerak bo`ladigan xajm Swapdan tashqari, vinchesterga Linux OT fayllarini, dasturlar fayllarini, foydalanuvchi fayllarini saqlash uchun joy kerak bo`ladi. Albatta o`rnatish jarayonida tanlangan paketlarni inobatga olgan xolda, talab qilinadigan joyning xajmi turlicha bo`ladi. Distrbutivini to`liq o`rnatish uchun 3-4 Gbayt talab etiladi. Minimal o`rnatilishi uchun 100 Mbaty etarli.
    Integrallashgan KDE tizimni grafik muhitni va OpenOffice tekst protsessorni o`rnatilishi 250 Mbaytni talab etadi.
    Multimediya dasturlarini ishlatish uchun 500-600 Mbayt joy ajratish kerak.
    Xisob kitob qilib o`tirmay 10 Gbayt ajratgani ma`quldir. Qolgan qismini /home uchun ishlatish mumkin.

    LIVE CD DISTRBUTIVILARI


    Operatsion tizimni o`rnatmasdan yuklash masalasi Linux uyushmasi tomonidan yaqinda o`z yechimini topdi. Xozirgi kunda ko`pchilik distributivlar Live CD variantlarda tayyorlanmoqda.
    Live CD ning afzalligi, bu ishlashga tayyor bo`lgan OT ni kompakt diskga joylashtirilganligidir.
    Diskni CD-ROM ga solib kompyuterni qayta yuklab Linux tizimida ishlash imkoniyati mavjud.
    Live CD matn terish (OpenOffice), internetga ulanish (KPPP, wvdial), internetda ishlash (Mozilla Firefox) dasturlarini, turli xil o`yinlarni o`z ichiga olgan bo`ladi.
    Live CD orqali yuklangan Linux vinchesteringizga va unda ornatilgan OT ga xech qanday zarar keltirmaydi va Windows mantiqiy disklariga to`liq o`qish va yozish imkoniniyatini ta`minlaydi.
    Kompyuteringizga virus tushib yuklanmay qolsa va sizga juda zaril bo`lib qolgan vaqtda, Live CD ni ishlatib kerakli bo`lgan xujjatlaringizni printerdan chiqarishingiz, yoki ularni boshqa diskga ko`chirishingiz yoki internet orqali do`stingizga yuborishingiz mumkin.
    Live CD distrbutivilarni www.livecdlist.com saytdan yuklab olishingiz mumkin.
    Distrbutivini tanlash
    Distrbutivini tanlash xam oson ish emas, xar qanday distrbutivini o`ziga xos xususiyatlari bor.
    Distrbutivini o`zingiz xam internetdan turli xil paketlarni jamlab turib yig`ishingiz mumkin.
    Agar do`stingiz Linuxni o`rnatgan bo`lsa, boshlanishiga aynau u tanlagan distrbutivni o`rnatish maqsadga muvofiqdir. Negaki, siz tushuna olmaydigan muammolarni xal qilishda do`stingiz yo`rdam beradi. Qaysi dasturdan qanday foydalanishni ko`rsatib beradi. Eng muhimi va qiyini bu boshlab olishdir.
    Kitob sotiladigan do`konlarda, shunday kitoblar borki, ular bilan birga CD disk xam beriladi. Bunda foydalanuvchiga Linuxni o`rganishiga bu kitobning avtori yordam beradi.
    Internetda Linux OT mavzusida juda ko`p forumlar tashkil qilingan. Shu forumlarga a`zo bo`lib, yuqori tajribali foydalanuvchilardan maslaxat olishingiz mumkin. Ular albatta sizning Linux OT bilan bog`liq xar qanday muammolaringizni echimini topishga yordam berishadilar.
    Linux distrbutivi kompakt diskini qayerdan olish mumkin
    Distrbutivini xarid qilib olish, internetdan yuklab olish yoki yoki birovdan ko`chirib olish mumkin.
    Agarda xarid qilib olishni istasangiz, unda www.linuxcenter.ru saytidan, yoki turli xil dasturlar sotiladigan do`konlardan va axborot texnologiyalar mavzusiga oid kitoblar sotiladigan do`konlardan topishingiz mumkin.
    Xattoki distrbutivga pochta orqali tekinga buyurtma berishingiz mumkin. Afsuski bunday distribtiv bitta – Ubuntu dir. www.ubuntu.com saytiga kirib, maxsus saxifada o`zingiz xaqingizda ma`lumot qoldirasiz va bir oy otmay, sizga pochta orqali maxsus konvertda ubuntu distrbutivi keltiriladi. Siz xech qanday xarajat qilmaysiz. Shaxsan avtorning o`zi 4 da diskga buyurtma bergan, 3 tasi desktop versiyasi (uy kompyuterida foydalanish uchun mo`ljallangan) va server versiyasi, disklar bir oy o`tmay etib kelgan.
    “Xaker” jurnali DVD disk bilan taqdim etiladi. Bu diskda xam Linuxning oxirgi distrbutivini uchratish mumkin.
    Internetdan ko`pgina distrbutivlarni yuklab olishingiz mumkin. Faqatgina internetingizning tezligi etarli darajada yuqori bo`lishi zarur, negaki distributivning xajmi 100 Mbaytdan boshlab 4 Gbaytgach bo`lishi mumkin. Bunda distrbutiv maxsus .iso kengaytmali fayl ko`rinishida bo`ladi.
    Bu fayli keng tarqalgan Nero dasturi orqali tanlangan distrbutivga bog`liq ravishda CD yoki DVD ga “Zapisatь obraz na disk” punkti yordamida yoziladi.

    Endi esa LINUX. Linux operatsion tizimi Linus Tovalds tomonidan dasturchilarga 1991-yilda taqim etilgan. Avval GNU/Linux OC 1994-yilda tuzulib o’z ish faoliyatini yurita boshladi keyinchalik u Linux deb o’zgartirildi.


    Linuxning qulay tomonlari:

    1. Linux litsenziyaga ega ammo bepul.

    2. Linux operatsion tizimini Internet orqali bepul yuklash mumkin.

    3. Linux yuqorida ko’rsatilgan ko’p oynali ya’ni ko’p ish stoliga ega.

    4. Linux dasturlarini drayverlarini Internet orqali yangilash yuklab olish bepul.

    5. Linux qancha vaqt ishlashidan qat’iy nazar u eskirmaydi. Bu degani Linuxni qayta qayta o’rnatish majburiyati yo’q.

    6. Linux yuqorida ko’rsatilgan “OPEN SOURCE” tizimiga kiradi u chiqish ko’diga ega. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Linuxga o’zgartrish kiritish uchun uning chiqish kodi ochiladi va kerakli o’zgartrishlar kiritiladi.

    7. Linux ximoyaga ega. Unga yuqorida ko’rsatilgan Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS dasturlari kerak emas. Chqish kodi orqali bularni bartaraf etish mimkin.

    8. Linuxda esa talab ya’ni Windows versiyalariga o’xshab yangi versiyalarga yangi qurilmalar talab etmasligi katta qulayligidir.

    9. Linux tizimdagi xatoliklarni o’zi tuzatadi buning uchun uni qaytadan yozish shart emasligini bildiradi.

    Endi Linuxdagi noqulayliklarga to’xtalamiz:

    1. Linux qo’lda o’rnatiladi. Bu uni o’rnatish ancha vaqtga cho’zilishini bildiradi. Linuxning xar bir fayli qo’lda bittama bitta o’rnatiladi. Bu esa foydalanuvchi uchun noqulaylik tu’gdiradi.

    2. Linuxda ishlash ozgina noqulay nimaga deganda unda Windwosga o’xshab dasturlar ko’p emas. Har bir dastur qanchadir muddatdan so’ng ishdan chiqadi uni Internet orqali olish mumkin.

    3. Linuxda dasturlar qatorida drayverlar ham eskiradi. U ham dasturlarga o’xshab bartaraf etiladi.

    4. Yana bir noqulaylik dasturlarning juda kamligi.

    5. Windwosdagi dasturlar Linuxga , Linuxdagi dasturlar Windowsga tushmaydi. Buni Windowsda bartaraf etish mumkin. Buning uchun Windowsga Virtual BOX dasturi o’rnatiladi va u orqali yana boshqa operatsion tizimlar o’rnatish mumkin.

    6. Linuxni CD-DVD disklarda topish ham bir kichik muammo.

    Ushbu amaliy ish Karimov Umar ibn Odil tomonidan yozildi. Informatika fa’ni uchun.
    Linuxning afzalliklari va kamchiliklari
    Oxirgi vaqtlarda Linuxni Windows OT ga jiddiy raqobatchiligi xaqida ko'p gaplar tarqatilmoqda. Window OT ni qo'llab quvatlovchilar tomonidan esa aksincha, Linuxning foydalanuvchi kompyuteriga ommabop o'rnatilishiga tayyormasligi xaqidagi e'tirozlar bildirilmoqda.
    Bir yil oldin, Linuxning server OT lari orasida birinchi o'rinni egallab kelib, oddiy foydalanuvchilar uchun murakkab bo'lib ko'rinardi. Linux ishonchliligi darajasi bo'yicha yuqori va viruslardan ximoyalangan OT bo'lib foydalanuvchilardan ko'proq professional bilimni talab etadi.
    Linuxning afzalliklari, uning ishonchliligi va turg'unligi va viruslardan ximoyalanganligidir. Linuxda Windows OT da ko'p uchraydigan “teshik”1 lar umuman mavjud emasdir, mavjud bo'lsa xam xatoliklar tezgina va xech qanday xarajatlarsiz to'g'irlanadi, buning uchun foydalanuvchi (administrator)ni o'z vaqtida dasturiy ta'minotni yangi versiyalarini internetdan olish talab etiladi. Xatolikni foydalanuvchining o'zi xam to'g'irlashi mumkin, albatta buning uchun Linux kodlarini o'qiy olish va tushuna olish tajribasiga ega bo'lish zarur.
    Linuxning kamchiliklariga, Windows OT ga o'rganib qolganlar uchun distributivni o'rnatilishi qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oldingi distributivlar o'rnatilishi jarayonida juda ko'p tushunarsiz (odatda Windowsni o'rnatilishi jarayonida umuman uchramaydigan) savollarni berishi foydalanuvchilarni qiyin vaziyatga tushirib qo'yadi.
    Umuman olganda, Linux server kompyuterlarida va dasturchilar, xamda dasturchi yoki administrator bo'lish niyatida yurganlar kompyuterlarida yashab kelgan. Tijorat firmalarida asosan Windows OT litsenziyasiz ishlatish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklardan xoli bo'lish maqsadida Linux OT ni ishlatilishi yolga qo'yilgan. Bu kelishmovchiliklarni kuchayish davri aynan Windows XP ning yaratilishi davrida avj olgan.
    2003 yildan boshlab shunday Linux distributivlari ishlab chiqildiki, ularning o'rnatilish jarayoni xattoki Windowsning ornatilish jarayonidan xam osonlashdi. Bu vaqtga kelib esa Linux uchun amaliy dasturiy ta'minotning ko'payganligi, Linuxda xar qanday ishni, matn terish va rasm chizishdan boshlab, raqamli fotoapparat va uyali aloqa telefonlari bilan ishlarni bajarish imkonini yaratdi. Bugungi kunda kompyuterda bittagina Linuxni o'rnatib Windowsda bajarish mumkin bo'lgan ishlarni bemalol bajarish mumkin. OT larni xilmaxilligi Windows monopoliyasini chetga surib xaqiqiy raqobatli muxitni yaratmoqda.

    Nazorat savollari



    1. Shaxsiy kompyuterning dastur vositalari necha turga bo‘linadi, ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    2. Tizimli dasturlar va ularning turlarini aytib bering.

    3. Amaliy dasturlar va ularning turlarini aytib bering.

    4. Instrumental vositalar va ularning turlarini aytib bering.

    5. Dasturlashtirish tizimi deganda nimani tushunasiz?

    6. Operatsion sistema haqida ma’lumot bering.

    7. WINDOWS ning imkoniyatlarini aytib bering.

    8. Dasturlar guruhi qandiy qidiriladi va tashkillanadi?

    9. Printer drayveri parametrlarini o‘rnatish.

    10. Printer boshqaruvchisi bilan ishlash.

    11. Printerni o‘rnatishni tushuntirib bering.

    12. O‘z bek tili shriftlarning qo‘llanilishni tushuntirib bering.

    13. Fayllar dispetcheri (yoki Проводник) qanday ishga tushiriladi?




    Download 148,6 Kb.
    1   2   3   4




    Download 148,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    LINUX DISTRIBUTIVLARI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI

    Download 148,6 Kb.