|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 31/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]MIRKARIM OSIM
1.Sho‘ro adabiyotining to‘ng‘ich avlodiga mansub tarixchi adib? J: Mirka-rim Osim.
2. Mirkarim Osim qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1907-yil Toshkentda ziyoli oilasida.
3. Mirkarim Osim qayerlarda tahsil olgan? J: 1. 1917-1920-yillar “Shamsul urfon” nomli boshlang‘ich maktabda. 2. 1921-1924-yillar Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida. 3. 1926-1930-yillar Moskva davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida.
4. Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida kimlar bilan o‘qidi?
J: Do‘stlari Oybek va Homil Yoqubov.
5. Yozuvchi Moskvadagi davlat pedagogika institutini qachon bitirdi?
J: 1930-yil.
6. Yozuvchining ish faoliyati? J: Samarqandda o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan, 1932- 1949-yillarda O‘zbekiston Maorif Xalq komis-sarligi, Pedagogika ilmiy-tadqiqot ilmgohida ishladi, 1959-yildan 1972-yilgacha Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir bo‘lib ishladi.
7. Ijodini nimadan boshlagan? J: She’r yozishdan.
8. Tarixchi adib 1937-1940-yillarda Navoiy haqida nimalar yozdi? J: “Astro-bod”, “Alisher Navoiy va Darvishali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” singari hikoya va tarixiy qissalar.
9. 1925-yilda yaratilgan, lekin o‘z vaqtida e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan dastlabki qissasi? J: “Yangi ariq”.
10. Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan necha guruhga ajratish mum-kin? J: 3 ta: 1. Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar. 2. O‘rta asr-lar tarixidan hikoyalar. 3. XVIII asrdan to oktabr to‘ntarishiga qadar bo‘lgan davr tarixiy hayoti.
11. Tariximizning qadimgi davrlari haqidagi hikoyalari? J: Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini.
12. O‘rta asrlar tarixidan hikoyalar? J: Mo‘g‘ullar istilosi va fan, madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalar.
13. Mirkarim Osim asarlarini nechta mavzu yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilish va baholash mumkin? J: 3 ta: 1.Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlar.
|
| |