II QISM
OYBEK
1.Oybek qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1905-yil 10- yanvar, Toshkent shahri, bo‘zchi oilasida.
2. Oybek qayerda o‘qigan? J: Avval maktabda, keyin ped. texnikum,
1925-1930-yillar O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi Milliy universitet) ijti-moiy fanlar fakulteti.
3. Oybek ijodi nima bilan boshlangan? J: She’r yozish bilan.
4. Oybekning ilk she’riy to‘plami? J: “Tuyg‘ular” 1926-yil.
5. Oybekning dostonlari? J: “Dilbar-davr qizi” (1931-y), “O‘ch” (1932-y), “Baxtigul va Sog‘indiq” (1933-y).
6. Oybekning romanlari? J: “Qutlug‘ qon” (1940-y), “Navoiy” (1944-y), “Quyosh qoraymas” (1958 -y).
7. Oybekning romanlari yaratilishiga “xamirturush” vazifasini bajargan hikoya-lari? J: “Fonarchi ota”, “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”, “Gulnor opa”.
8. “Fanorchi ota” hikoyasi qachon yozilgan? J: O‘tgan asrning 30-yillarida
9. Oybekning “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar” asarlarining asosini nima tashkil etadi? J: Bolalik xotiralari.
10. Oybekning “Bolalik” qissasining bayon etilish usuli qanday? J: Reportaj.
11. Oybekning ijodiy merosi necha tomni tashkil etadi? J: 20 tom.
12. Oybekning 1944- yilda yozilgan romani? J: Navoiy.
13. Oybekning Navoiyning yoshlik davri haqida hikoya qiluvchi asari?
J: “Alisherning bolaligi” qissasi.
14. Buyuk shoir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to‘la hayoti tasvirlangan asar? J: Oybekning “Navoiy” romani.
“FANORCHI OTA” HIKOYASI
1. “Fanorchi ota” hikoyasi qanday boshlanadi? J: “Tor, qiyshiq ko‘chaning o‘ksiz oqshomini Tursunqul akaning churuk darvozasi tepasiga o‘tqizilgan bir fanorning titrak nurlarigina yoritar edi”.
2. “Past bo‘yli, burushiq yuzli chol” ushbu ta’rif kimga berilgan? J: Fanorchi otaga.
3. Fanorchi otaga xos xislatlar? J: Juda yuvosh, indamas.
4. “Fanorchi ota” hikoyasidagi mahalla bolalarining dushmani nima edi?
|