|
J: G’afur G’ulom “Vaqt” she’ri
|
bet | 37/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: G’afur G’ulom “Vaqt” she’ri.
“MENING O‘G‘RIGINA BOLAM”
1. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi qanday hikoya hisoblanadi? J: Voqeiy hikoya.
2. Hikoyada tasvirlangan voqea qachon bo‘lib o‘tgandi? J: 1917-yil kuzda sentabr oyi oxirida.
3. 4 ta yetimdan xabar olishga kelib turgan Roqiyabibi kim edi? J: Yetim bola-larning onasining onasi.
4. Roqiya bibini yetim bolalar nima deb atashar edi? J: Qora buvi.
5. Bolalar onasidan qachon ajralib shum yetim bo‘lib qolishgandi? J: 1917-yil ko‘klamda.
6. Bolalar oqshomlari qayerda uxlashardi? J: Oldi ochiq ayvonda, O‘ratepa-ning kir ip sholchasining ustida.
7. Yetim bolalar qatoridan eng so‘nggi bo‘lib joy olgan qora buvi nimaga o‘xshatiladi? J: Ona chumchuqqa.
8. Qora buvining yoshi? J: Saksondan oshgan.
9. Hikoyani so‘zlovchi qahramon uxlab yotgan oqshom qachon uyg‘onib ketdim deydi? J: Uch xo‘roz o‘tgandan keyin (xo‘roz uch marta qichqirganida) yet-tiqaroqchi yulduzi tik kelganda.
10. Yetim bolalar yashaydigan hovli qanday edi? J: To‘rtburchak tanobi hovli.
11. Hovlining atrofi nima bilan o‘ralgan? J: Devor imorat bilan.
12. Hovlining qaysi tomonida amakivachchalari turishardi? J: Shimolda.
13. Amakivachchalari yozda qayerga ko‘chib ketardilar? J: Bog‘ga.
14. O‘g‘rining uyga kelganini qora buvi qanday bilib qoladi? J: O‘g‘ri aksa urib yuborganidan.
15. Qora buvi shipga qarab, og‘ziga nima solib o‘ylab yotgan edi? J: Nos solib.
16. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasidagi yetim bolalar soni nechta? J: 4 ta.
17. Yetim bolalarning nechtasi o‘g‘il, nechtasi qiz? J: 1 ta o‘g‘il, 3 ta qiz.
18. Hikoyani so‘zlovchi bola qaysi gapdan keyin o‘z eshitganlarimni yozaman deydi? J: - Axir buvijon, siz ham birorgina kecha tinchingizni olib uxlasan-giz bo‘lmaydimi, bizning tirikchiligimizning yo‘lini to‘saverasizmi?-debdi o‘g‘ri.
19. Qora buvi o‘g‘riga nimalarni so‘zlab beribdi? J: Boshiga tushgan musi-batni.
20. Kampir necha oydan beri biror soat mijja qoqmagandi? J: 6 oy.
21. Kampir “Tuyaning ko‘ziday non anqoga shapig‘” deydi. Shapig‘ so‘zining ma’nosi nima? J: Nihoyatda tansiq, kam.
22. Yetim bolalarning amakilari qanday tirikchilik qilardi? J: Aravakashlik qilardi.
23. “Turmuchlab” so‘zining ma’nosi? J: Buklab.
24. “Qut-layamut” so‘zining ma’nosi? J: Yetarli ovqat.
25. “Turib yeganga turumtog‘ chidamas” maqoli kim tomonidan aytiladi?
|
| |