keladilar. Ular Semurg‘ni topmaydilar, lekin o‘zlari tojikchasi si-“o‘ttiz”, murg‘-“qush” ekanini anglaydilar. Bir maqsad yo‘lida intilish ularni Semurg‘ darajasiga ko‘taradi.
10. Alisherning qulog‘iga nima qushlarning chug‘urlashi bo‘lib eshitiladi? J: Sinfdagi bolalarning qiy-chuvi.
11. Alisherning ko‘ziga nima sarv daraxti bo‘lib ko‘rinadi? J: Domlaning ura-digan uzun behi tayog‘i.
12. Alisher xayolida qaysi daraxt shoxida to‘ti bilan qumri suhbat quradi?
J: Sarv daraxti.
13. Alisherga domlasi nimani yod olishni topshirgandi? J: “Yosin” surasini.
14. Alisherning otasi o‘g‘lidan qaysi kitobni yashirib qo‘yadi? J: “Mantiq ut-tayr” ni.
15. Alisher qaysi asarni boshdan oyoq yod olgan? J: “Mantiq ut-tayr”.
16. Alisher “Mantiq ut-tayrni” yod olganda necha yoshda edi? J: 9-10 yosh-larida.
17. “Bo‘lar bola boshidan” degan ibora o‘z aksini topgan asar qaysi? J: “Zul-mat ichra nur”.
18. “Chordana qurib o‘tirgan, dadasining tizzasiga tirsagini qo‘yib, o‘qiladigan g‘azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi”. Ushbu ta’rif qaysi asar qahra-moni haqida? J: “Zulmat ichra nur”, Alisher.
19. Alisher necha yoshida tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi?
J: 6 yoshida.
G‘AFUR G‘ULOM
1.G‘afur G‘ulom qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1903-yil 10- may, Toshkent-dagi Qo‘rg‘ontegi mahallasida.
2. G‘afur G‘ulom necha yoshida otasidan ayrildi? J: 9 yoshida.
3. G‘afur G‘ulomning otasining ismi? J: G‘ulom Mirzo Orif o‘g‘li.
4. G‘afur G‘ulom necha yoshida onasidan ajraladi? J: 15 yoshida.
5. Qaysi yozuvchining “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmagan?
J: G‘afur G‘ulom.
6. G‘afur G‘ulom oilani boqish uchun qanday ishlarda ishlaydi? J: Kosiblik, mixkorlik, aravakashlik, bosmaxonalarda harf teruvchi.
7. G‘afur G‘ulom qayerda tahsil oladi? J: Boshlang‘ich maktabda, rus-tuzem maktabda, muallimlar tayyorlaydigan maktabda.
8. G‘afur G‘ulom o‘qishni tugatgach qanday kasblarda ishlaydi? J: O‘qituvchi-lik, jurnalistik.
9. Birinchi jahon urushi qachon boshlandi? J: 1914-yilda.
10. Rejissor Shuhrat Abbosovning “Toshkent-non shahri” filmida qaysi davr voqealari aks etgan? J: Birinchi jahon urushi davri.
11. G‘afur G‘ulomning dastlabki she’riy mashqlari kimlarga bag‘ishlangan edi?J: Yetim bolalarga.
12. G‘afur G‘ulomning qissalari? J: “Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda”.
13. Ikkinchi jahon urushi davrida adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari? J: “Kuzatish”, “Sen yetim emassan”, “Vaqt”, “Sog‘inish”, “Ona-lar”.
14. 1936–yilda yozilgan bo‘lsada, 60-yillarda qaytadan sayqallangan va nashr qilingan mashhur asar qaysi? J: “Shum bola” qissasi.
15. Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek she’riyatining katta bilim-doni kim? J: G‘afur G‘ulom.
16. 1943-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga a’zo bo‘lgan adiblar kimlar? J: Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom.
17. G‘afur G‘ulom qachon vafot etgan? J: 1966-yil 10-iyunda og‘ir xastalik tufayli.
18. G‘afur G‘ulom 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida qanday orden bilan taqdirlandi? J: “Buyuk xizmatlari uchun”.
19. G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi qachon nishonlandi? J: 2003-yil may oyida.
20. Ushbu misralar kimning qaysi asaridan olingan?
“Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umruzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy”.
|