J: Oy nurini
Ko‘zga solib
Ko‘rdim yalangdan-
Bodom gullab qolibdi
Och pushti rangda…
“YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN” SHE’RI
1. She’rning boshlanishi?
J: Yurganmisiz birga oy bilan.
Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?
2. She’rning nechanchi misrasida oy harakatga tushadi? J: Birinchi.
3. Shoir izlab yurgan tanqis muhit nima? J: Sokinlik, tinchlik.
4. Shoirga qaysi holat sokinlik, tinchlikni hadya qiladi? J: Oy bilan ko‘m-ko‘k o‘rmonda kezish.
5. U. Nosirning qaysi she’ri 1935-yilda davolanish uchun shimolga Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrida yozilgan? J: “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ri.
6. She’rda shoir o‘zining tushkun kayfiyatini qaysi misralarda ifodalaydi?
J: Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
7. Shoir “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rida biqiq, tuhmat-u razolatga to‘la muhitda siqilgan ko‘nglini qaysi so‘z bilan ifodalaydi? J: Sil o‘pkam.
8. Shoir “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rida “dilginamni rosa sayratdim” deganda nimani nazarda tutgan? J: Emin-erkin ijod qilishni.
9. “Eng dahshatli sukunat-shoir jim yursa!” degan misralar kimning ijodidan olingan va bu misralar qaysi shoirga nisbatan ishlatilgan? J: Xurshid Davronga tegishli va U. Nosir ijodi haqida.
10. U. Nosirning 1935-yil yozilgan she’rlari J: “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yur tog‘larga chiqaylik”.
11. U. Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ri necha misradan iborat?
J: 12 misra, 3 band.
12.Usmon Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rlari qayerda yozilgan? J: Boltiq dengizi bo‘yida.
“YUR TOG‘LARGA CHIQAYLIK” SHE’RI
1. Shoir qaysi she’rida hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.
2. “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rining boshlanishi? J: Yur tog‘larga, chiqay-lik Mayli yur!
3.“Yur tog‘larga chiqaylik” she’rida nima o‘ta chiroylik, go‘yo suvga o‘xsha-tiladi? J: Yoshlik.
4. U. Nosirning qaysi she’ri bir xil misra bilan boshlanadi va yana shu misra bilan tugallanadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.
“YO‘LCHI” SHE’RI
1. U.Nosirning qaysi she’rida o‘zi tanlagan olis yo‘lda duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oluvchi obraz aks etadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.
2. U. Nosir qaysi she’rida “Chu, qora yo‘rg‘am” deb yozadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.
3. U. Nosir “Yo‘lchi” she’rini yozganda necha yoshda edi? J: 23 yosh.
4. U. Nosirning “Yo‘lchi” she’rining 3-misrasini toping? J: Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin.
5. “Yo‘lchi” she’rining lirik qahramoni qanday odam? J: Oddiy odamlar singari orzular ko‘yida yurgan odam emas. U talpingan manzil “murodga qasd qilib yugurish”ni talab qiladi.
6. “Yo‘lchi” she’rining tugallanishi?
|