J: Rus tanqidchisi N. A. Dobrolyubov. 5. Nutqning she’r bo’lishi uchun nima zarur J: She’riy mazmun va she’riy shakl.J: Aruz vazni. 9. Qaysi vazn hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi J: Aruz vazni.J: Barmoq vazni. 12. Barmoq vaznidagi she’rlar necha bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin J: Besh, olti, yetti, sakkiz, to ‘qqiz va undan ortiq.J: Turoq. 14. Qaysi vaznda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi J: Oq she’r.J: Erkin (sarbast ). 17. Erkin she’r yana qanday atamalar bilan yuritiladi J: Verlibr (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin). J: 1. Ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emas. 2. Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashma-ning kuchliligi. 3. His-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning koJ: Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G ‘afurov. |
5-sinf Adabiyot
|
bet | 46/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]Bu sahifa navigatsiya:
- J: Rus tanqidchisi N. A. Dobrolyubov. 5. Nutqning she’r bo’lishi uchun nima zarur J: She’riy mazmun va she’riy shakl.
- J: Aruz vazni. 9. Qaysi vazn hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi J: Aruz vazni.
- J: Barmoq vazni. 12. Barmoq vaznidagi she’rlar necha bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin J: Besh, olti, yetti, sakkiz, to ‘qqiz va undan ortiq.
- J: Turoq. 14. Qaysi vaznda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi J: Oq she’r.
- J: Erkin (sarbast ). 17. Erkin she’r yana qanday atamalar bilan yuritiladi J: Verlibr (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin).
- J: 1. Ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emas. 2. Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashma-ning kuchliligi. 3. His-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko
- J: Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G ‘afurov.
SHE’R HAQIDA TUSHUNCHA
1. She’r nima? J: Ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg’u ifodasida yaratilgan hissiy nutq.
2. She’riyat so‘zi yana qanday atamalar bilan ataladi? J: Nazm, lirika.
3. “She’r” so‘zi qaysi so‘zdan olingan? J: Arabcha- “shuur” so’zidan olingan.
4. She’r uchun xos uch xususiyat: ezgulik, go‘zallik, donolik kabi shartlar bo‘lishini kim ta’kidlagan? J: Rus tanqidchisi N. A. Dobrolyubov.
5. Nutqning she’r bo’lishi uchun nima zarur? J: She’riy mazmun va she’riy shakl.
6. She’r tuzilishining asosini nima tashkil etadi? J: Ritmik o‘lchov-hijo (bo‘-g‘in).
7. She’rning qanday vaznlari mavjud? J: Aruz, barmoq, erkin (sarbast), nasriy she’r.
8. O‘zbek mumtoz she’riyatini qaysi vaznda yozilgan she’rlar tashkil etadi?
J: Aruz vazni.
9. Qaysi vazn hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga asoslanadi? J: Aruz vazni.
10. Aruz vaznida yozilgan she’riy shakllar nima deb ataladi? J: G’azal, masnaviy, ruboiy, murabba, muxammas, musaddas.
11. Qaysi vazndagi she’rlar hijolarning cho‘ziq va qisqaligiga emas, balki ularning (bo‘g‘inlarning) miqdoriga asoslanadi? J: Barmoq vazni.
12. Barmoq vaznidagi she’rlar necha bo‘g‘indan tashkil topishi mumkin?
J: Besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz va undan ortiq.
13. She’rda misralarning o‘z ichki bo‘linishlar asosida o‘ziga xos ohangdorlikni tashkil etishi nima deyiladi? J: Turoq.
14. Qaysi vaznda vazn saqlansa-da, biroq qofiyalar bo‘lmaydi? J: Oq she’r.
15. Oq she’r shaklida yozilgan asarlar? J: M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’-bek” tragediyasi, Sofoklning “Shoh Edip”, V. Shekspirning “Otello”, “Gamlet”, “Qirol Lir”, “Romeo va Juletta” tragediyalari.
16. Qaysi she’r shaklida misralardagi hijolar miqdori, ularning cho‘ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi? J: Erkin (sarbast).
17. Erkin she’r yana qanday atamalar bilan yuritiladi? J: Verlibr (fransuzcha vers-she’r, libres-erkin).
18. Erkin she’rning xalqaro atamasi? J: Verlibr.
19. Erkin she’rning ajoyib namunalarini yaratgan shoirlar kimlar? J: Cho‘lpon, H. Olimjon, G‘. G‘ulom, M. Shayxzoda, U. Nosir, Mirtemir.
20. Qaysi she’rda ham she’rga, ham nasrga xos xususiyat mavjud? J: Nasriy she’rda.
21. Nasriy she’rning asosiy belgilari? J: 1. Ma’lum vaznga va izchil qofiyaga ega emas. 2. Ramziy tasvir uslubining ustunligi va fikriy umumlashma-ning kuchliligi. 3. His-hayajonning balandligi va ritorik qaytariqlarning ko‘pligi. 4. O’ziga xos ritmik tuzilishi va pauzalarning ko‘pligi.
22. Nasriy she’rlar yana qanday atamalar bilan qo‘llaniladi? J: Nasrdagi nazm, mansur she’r, mansuralar, sochmalar.
23. Qaysi shoirlar ijodida nasriy she’rlar ko‘plab uchraydi? J: Fitrat, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon, Ibrohim G‘afurov.
|
| |