|
J: Oyisi, akasi va opasiga
|
bet | 42/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Oyisi, akasi va opasiga.
27. Hikoya nima bilan yakunlanadi? J: Buvisi va onasiga bozorga borgan bobosining bozorning g‘ovur-g‘uviridan shikoyati bilan.
28. Oybekning qaysi hikoyasi XX asrning boshlaridagi ko‘hna Toshkentning
g‘ala-g‘ovur ko‘chalarini eslatadi? J: “Bolaning ko‘ngli podsho”.
29. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasidagi ikki qariya suhbatidagi Qo‘qon xonligidagi ahvol haqida yana qaysi asarda hikoya qilinadi? J: Abdulla Qodi-riyning “O‘tkan kunlar”.
30. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasidagi yosh Musoning eng sevimli mash-g‘uloti nima edi? J: Loydan “poq-poq” o‘ynash.
31. Hikoyada qaysi personaj muloyim, shirin so‘zli, sersoqol keksa kishi deb ta’riflanadi? J: Sobir baqqol.
QO‘SHIMCHA SAVOLLAR
1. Oybekning tarjimalari? J: Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, Lermontovning “Maskarad” asari, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostoni.
2. Oybek qachon O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan? J: 1943-yil.
3. Oybek xotirasiga bag‘ishlab qachon va qayerda haykali o‘rnatildi? J: 2010-yil Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da.
4. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasida Dadaqo‘zi ota ishlatadigan iboralar? J: “Bolaning ko‘ngli podsho”, “Bolaning ko‘ngli tilla”.
USMON NOSIR
1. Umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydigan shoir kim? J: Usmon Nosir.
2. Qaysi adiblar juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalarda, ular yozib qoldirgan asarlarining ahamiyati asrlarga tatigulik? J: Rus shoiri Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, o‘zbek shoiri Usmon Nosir.
3. Usmon Nosir necha yil yashagan? J: 32 yil.
4. U. Nosir necha yil erkin ijod qilgan? J: 6-7 yil.
5. U. Nosir qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1912-yil 13-noyabr Namangan shahri hunarmand oilasida.
6. U. Nosir otasidan qachon ajraladi? J: Go‘dakligidayoq.
7. U. Nosirning onasi nima uchun Qo‘qonga ko‘chib keladi? J: Onasi Xolam-bibi o‘g‘li 4 yoshligida Nosir hoji degan kishiga turmushga chiqqani uchun.
8. U. Nosir qayerlarda o‘qiydi? J: Qo‘qondagi internatda, 1931-yilda Samar-qanddagi O‘zbekiston dorilfununida (hozirgi Samarqand Davlat Univer-sitetida).
9. U. Nosir qanday bilimlarni chanqoqlik bilan o‘zlashtiradi? J: Adabiyotni, dunyo tarixini, falsafani, san’atni.
10. U. Nosirning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi? J: “Oq yu-vib, oq tarab” she’ri.
11. Shoir qaysi she’rida bolaligida ko‘rgan sargardonliklarni tabiat manzaralari-ga uyg‘un holda qayta jonlantiradi va o‘quvchini o‘z xotiralariga oshno etadi? J: “Oq yuvib, oq tarab” she’rida.
12. “Esingdami, g‘arib ona,
U qishlarning zahri” misralari kimning qaysi she’ridan olingan?
|
| |