|
J: Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepar?
|
bet | 45/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepar?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!
“YURAK” SHE’RI
1. “Itoat et
Agar sendan
Vatan rozi emas bo‘lsa,
Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli tamom o‘lsam”–misralari U. Nosirning qaysi she’ridan olingan?
J: “Yurak”.
2. U. Nosirning umri aks etgan she’ri? J: “Yurak”.
“YOSHLIK” SHE’RI
1. “Yoshlik” she’rining boshlanishi? J: Kunlarimni yoshligimdan ayamadim, Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.
2. “Yoshlik” she’ri necha banddan iborat va nechanchi yil yozilgan? J: 6 band, Toshkent, 1934-yilda.
3. Shoir “Yoshlik” she’rida yoshligimning tarozisi qanday tosh bilan og‘ir deydi? J: Bahor toshi bilan.
4. “Yoshlik” she’rida “bahor toshi” deganda nima nazarda tutiladi? J: Sevinch, shodlik.
5. Shoir qaysi she’rida “yuragimda o‘lib qolgan bolaligim erkaligin tiriltirdim” deydi? J: “Yoshlik”.
6. “Yoshlik” she’rining tugallanishi?
J: Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,
Hodisani yetaklarkan sababiyat.
“GULZOR-CHAMAN” SHE’RI
1. “Gulzor-chaman” she’rining boshlanishi? J: Gulzor-chaman. Yur, bog‘-larga Eltay yetaklab. Binafshalar terib beray Senga etaklab.
2. “Gulzor-chaman” she’ri necha band va qachon yozilgan? J: 10 band, 1934-yil.
3. “Kunday yorug‘, tunday qora
Ekan ko‘zlaring”. Ushbu misralarda qanday badiiy tasvir vositalari ishlatil-gan va kimning qalamiga mansub? J: O‘xshatish. U. Nosir.
4. “Gulzor-chaman” she’rida U. Nosir yoriga nimalarni terib bermoqchi bo‘ladi?
J: Binafsha.
5. “Istaymanki oqar qonim
Tamom bo‘lmasin,
Istaymanki, sevar yorim
Tashlab ketmasin” misralari U. Nosirning qaysi she’rida uchraydi? J: “Gul-zor-chaman” she’ri.
6. Qaysi shoir agar vatan chorlasa qo‘lyozmalarini tashlab shinel kiyishga ham tayyor? J: U. Nosir, “Gulzor – chaman” she’rida.
7. U. Nosirning “Gulzor-chaman” she’ridagi lirik qahramon kimga murojaat qilyapti? J: Yoriga.
8. Usmon Nosirning qaysi she’rida lirik qahramon o‘zini braun- to’pponcha bilan otib qurbon qilishga tayyor? J: “Gulzor-chaman”.
|
| |