|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 48/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Ko‘k yuzida pag‘a bulut-oq bulut,
Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut
Pag‘a bulut-yaxshi ko‘klam elchisi,
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi.
6. “Bulut” she’rida bulutlar nimalarga o‘xshatiladi? J: Paxta xirmonlariga.
7. “Ko‘k yuzida pag‘a bulut–oq bulut…
Bir qarasang- osmon to’la oqquvlar
Bir qarasang– baland qorli cho’qqilar,
Bir qarasang–ko’z ilg’amas oq barqut” misralari kimning qalamiga mansub? J: Mirtemir.
“BALIQ OVI” SHE’RI
“Baliq ovi” she’rining boshlanishi?
J: Bizning qishloq-tog‘ bag‘rida
Tog‘ bag‘rida-bog‘ bag‘rida.
2. Mirtemirning qaysi she’ri bolalik yillari xotiralari bilan bog‘liq? J: “Baliq ovi”.
3. “Baliq ovi” she’rining lirik qahramoni kim? J: Shoirning o‘zi (bolalik payti-dagi).
4. She’rdagi lirik qahramonning maqsadi nima edi? J: Katta baliq tutib buvisidan maqtov eshitish.
5. She’r qahramoni “To‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman” misrasi bilan nima demoqchi? J: O‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirmoqchi.
6. Mirtemirning qaysi she’rida lirik qahramon baliq tutishga borib, bitta ham baliq tutolmay qaytadi? J: “Baliq ovi”.
7. “Baliq ovi” she’rida soy bo‘yida qanday o‘simliklar o‘sadi? J: Jambil, yal-piz.
8. “Baliq ovi” she’rida qaysi fasllarda soy suvi tiniq oqardi? J: Yozda, kuzda.
“TO‘RG‘AY” SHE’RI
1. Boshlanishi? J: Yoz boshi dalalar soz.
O‘z ko‘rkini yoymish yoz.
2. Shoir qaysi she’rida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagan? J: “To‘rg‘ay”.
3.Qaysi shoir ijodida tong saharlab barchaning halovatini buzib, betinim sayraydigan, yengiltak qush obrazi ijobiy baholangan? J: Mirtemir.
4. Mirtemir ijodida tongni ardoqlovchi, hayotni maqtaguvchi, ezgulik darakchisi deb baholangan qush qaysi? J: To‘rg‘ay.
5. Mirtemirning o‘ziga va hamkasblariga “haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak” degan murojaati qaysi she’rida va qaysi obraz orqali aks ettirilgan? J: “To‘rg‘ay” she’ri, to‘rg‘ay obrazi.
6. “To‘rg‘ay” she’rida qaysi qushlarning nomi tilga olinadi? J: Suqsur, g‘oz, to‘rg‘ay.
7. Tugallanishi? J: Uchib – o‘ynayver - dedim-
|
| |