• Publitsistika
  • 53. Ommaviy axborot vositalarining hozirgi kundagi ahamiyati




    Download 15,71 Kb.
    Sana20.01.2024
    Hajmi15,71 Kb.
    #142051
    Bog'liq
    53,54,55,56,60


    53.Ommaviy axborot vositalarining hozirgi kundagi ahamiyati.
    Ommaviy axborat vositalari, hozirgi kunda bizning hayotimizda juda katta ahamiyatga ega. Ular bizga aloqani o‘rnatish, ma’lumot almashish kabi ko‘plab sohalarda muhim ro‘l o‘ynaydi. Ommaviy axborot vositarining bir qancha turi mavjud, jumladan aqilli telefonlar, planshetlar, noutboklar, telvizorlar, radiolar va internetga kirish imkoniyatini beruvchi qurilmalar kabi.
    Ommaviy axborot vositalarini asosan publitsistik uslub o‘rganadi. Publitsistika lotincha “xalq”,”omma” degan ma’nolarni bildiradi. Publitsistik uslub 2 xil bo‘ladi.
    1.og‘zaki
    2.yozma
    Publitsistikadavrning eng muhim, dolzarb masalalarini o‘quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniya orqali yetkazish, ommani jonlantirish,kishilarning ongiga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

    54.So‘z va gap haqida umumiy ma’lumot.


    So‘z- tilning narsa- hodisalar, jarayonlar va xususiyatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan eng muhim struktur ma’noviy birligi: o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, borlikdagi narsalar narsalar haqidagi tushunchalari, munosabatni ifodalay oladigan turli gramatik ma’no vazifalarda qo‘llanadigan eng kichik nut birligi, leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqealangan ko‘rinishi.
    Gap- muayyan til qonuniyatiga ko‘ra gramatik va intonatsiyaviy shakllangan nutq birligi. Fikr shakllanishi va ifodalanishining asosiy vositasi. Gap so‘z, so‘z birikmalariga qarama-qarshi qo‘yiladigan sintaktik kategoriyadir. Gap bo‘laklari gapni tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi.

    55.Kichik hajmli (mikromatn) matnlar haqida ma’lumot.


    “Matn” arab tilidan olingan bo’lib, “yelka” degan ma’noni bildiradi. Matn bu ma’no va gramatik jihatdan bir-biriga uzviy bog‘langan bir necha gaplar yig‘indisi. Matn hajm belgisiga ko‘ra 2 turli bo‘ladi. Ular mikromatn, makromatn.
    Mikro matn telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi

    Mikromatn - biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi.

    56.Katta hajmli matn (mikromatn) haqida ma’lumot.
    Matn” arab tilidan olingan bo’lib, “yelka” degan ma’noni bildiradi. Matn bu ma’no va gramatik jihatdan bir-biriga uzviy bog‘langan bir necha gaplar yig‘indisi. Matn hajm belgisiga ko‘ra 2 turli bo‘ladi. Ular mikromatn, makromatn.
    Makromatn – biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi.
    Normal maksimal matn – keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Makromatn tarkibi – qism yoki fasllar, abzatslar, bo‘imlar.

    60.Referat haqida ma’lumot.


    REFERAT- lotincha “referre” so‘zidan olingan bo‘lib, “bildirmoq”, “bayon qilmoq”, “axborot beraman” degan ma’nolarni anglatadi. Referat bu- Muayyan mavzuga bag‘ishlangan, ilmiy, badiiy va boshqa manbalarning sharhini qamrab oluvchi umumiy mazmunning qisqacha yozma bayoni hisoblanadi.
    Referatning o’ziga xosligi: matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi; Matnni boshqa ilmiy matnlaran qanday farqli jihati bor degan savolga javob topadi. Referatning tuzilishi: titul sahifasi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati. Referatning hajmiga qo‘yilgan talab; 20-25 sahifadan kam bo‘lmasligi hamda kirish qismidan boshlab (3) sahifa raqamlanishi lozim bo‘ladi.Referatga oid ilova qo‘shish ixtiyoriydir
    Download 15,71 Kb.




    Download 15,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    53. Ommaviy axborot vositalarining hozirgi kundagi ahamiyati

    Download 15,71 Kb.