• Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash.
  • Amaliy mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
  • Labotaroriya mashg‘uloti topshiriqlari
  • 6-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida dhcp serverni ko„tarish. Ishdan maqsad




    Download 491.54 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana10.03.2024
    Hajmi491.54 Kb.
    #169730
    Bog'liq
    6-Amaliy mashg'ulot
    TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH TO, 3, 2, Ariza ustama uchun, 7-sinf Ingliz tili monitoring test, MUSTAZOD JANRINING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI O\'RGANISH, Ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo\'nalishlari 1, TURK TILLARI TANSIFIDAGI FONITIK TAMOYILAR, TURKIY TILLAR LEKSIKASI, Blic-sorawlar, 3-mavzu. Korxonaning operatsion faoliyatini tahlili operatsion f, Тестовые задания ОНМД г 150 3 курс №3284, KONFERENSIYA (sho\'balar), ma\'ruza2, Kiberxavfsizlik Oraliq I-variant


    6-Amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida DHCP serverni ko„tarish. 
    Ishdan maqsad. Cisco packet Tracer dasturida tarmoq sozlamalarini 
    avomatik yuborish protokolini o„rganish. 
    Nazariy qism. IP-manzillarni dinamik taqsimlash. 
    Agar lokal tarmoqqa yuzlab kompyuterlar ulangan bo„lsa, u holda 
    kompyuterlarga IP-manzillarni qo„lda kiritish tarmoq administratori uchun qiyin 
    vazifa bo„ladi. 
    Xostlarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli (Dynamic Host 
    Confuration Protocol) – bu kompyuterlarga IP-manzil va TCP/IP tarmoqlarida 
    ishlash uchun zarur bo„lgan boshqa parametrlarni avtomatik olish imkonini 
    beruvchi tarmoq protokoli. DHCP protokoli “mijoz-server” modeli asosida 
    ishlaydi. Mijoz-kompyuterni avtomatik konfiguratsiyalash uchun tarmoq 
    qurilmalari bosqichida DHCP severiga murojaat qiladi va undan kerakli 
    parametrlarni oladi. Tarmoq administratori server tomonidan kompyuterlar orasida 
    taqsimlanadigan manzillar diapazonini belgilashi mumkin. Bu kompyuterlarni 
    qo„lda sozlashning oldini olish imkonini beradi va xatolar sonini kamaytiradi. 
    DHCP protokoli ko„proq TCP/IP tarmoqlarida ishlatiladi. 
    DHCP protokoli IP-manzillarni taqsimlashning uch xil usulidan foydalanadi: 

    Qo„lda taqsimlash: tarmoq administratori har bir mijoz kompyuterining 
    qurilma manziliga (MAC-manzilga) ma‟lum IP-manzilni biriktiradi. Aslida, 
    manzillarni taqsimlashning bunday usuli har bir kompyuterni qo„lda 
    sozlashdan manzillar haqidagi ma‟lumotlar markazlashgan holda (DHCP 
    serverda) saqlanishi va kerak bo„lganda ularni almashtirish soddaligi bilan 
    farq qiladi. 

    Avtomatik taqsimlash: har bir kompyuterga doimiy foydalanish uchun 
    administrator tomonidan belgilangan manzillar diapazonidan ixtiyoriy bo„sh 
    manzilni beradi. 

    Dinamik taqsimlash: bo„sh IP-manzil kompyuterga doimiy foydalanish 
    uchun berilmaydi, balki ma‟lum muddatga ijaraga beriladi.
    Amaliy mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma 
    Ushbu laboratoriya ishida sizdan IP-manzilni taqsimlash uchun server 
    javobgar bo„ladigan lokal tarmoq modelini qurishingiz talab etiladi (6.1-rasm). 


    6.1-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo‘ladigan lokal 
    tarmoq modeli 
    Quyidagi amallarni bajaring: 
    1. Server, kommutator va uchta PC0-PC2 kompyuterdan iborat lokal tarmoq 
    modelini yarating, ularni 6.1-rasmda ko„rsatilgandek bir biri bilan bog„lang. 
    2. Server parametrlarini sozlang: 
    2.1. Ishchi sohada Server0 ni tanlang. 
    2.2. Server0 oynasidan Config bo„limiga o„ting va FastEthernet tugmasini 
    bosing. 
    2.3. FastEthernet bog„lanishi uchun IPning statik konfiguratsiyasini tanlang, 
    192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni kiriting. 
    2.4. Server0 oynasidan Services bo„limini tanlang. 
    2.5. Services bo„limidan DHCP tugmasini bosing. 
    2.6. DHCP xizmati parametrlarini sozlang: boshlang„ich 192.168.1.10 IP-
    manzilni (Start IP Address), 255.255.255.0 niqobni, 200 
    – 
    foydalanuvchilarning maksimal sonini (Maximum number of Users) 
    kiriting va Save tugmasini bosing. Ko„rsatilgan amallarning bajarilishi 
    natijasida Server0 oynasi 6.2-rasmda ko„rsatilgandek ko„rinish olishi 
    lozim. 
    2.7. Server0 oynasini yoping. 


    6.2-rasm. Serverda DHCP xizmatini sozlash dialog oynasi. 
    3. PC0 kompyuteri parametrlarini sozlang: 
    3.1. Ishchi sohadan PC0 kompyuterini tanlang. 
    3.2. PC0 oynasida Config bo„limini tanlang va FastEthernet tugmasini 
    bosing. 
    3.3. Tarmoq adapter IP-manzil konfiguratsiyasi uchun DHCP rejimi tanlang 
    (6.3-rasm) 
    3.4. PC0 oynasini yoping. 
    6.3-rasm. Kompyuter tarmoq adapterini DHCP dan foydalanib sozlash. 
    4. Xuddi shu tarzda DHCP dan foydalanib PC1 va PC2 kompyuterlarining 
    tarmoq adapterlarini sozlang. 
    5. Simulation rejimiga o„ting. 
    6. Tarmoq bog„lanishini har bir kompyuterdan serverga oddiy paket yuborish 
    yo„li bilan tekshiring. 
    Labotaroriya mashg‘uloti topshiriqlari 
    6.4-rasmda ko„rsatilgan tarmoq modelini hosil qiling va uslubiy ko„rsatmada 
    ko„rsatilgandek tarmoq parametrlarini sozlang. Router0 interfeysini oldingi 


    laboratoriya ishlaridan foydalanib sozlang. DHCP sozlamalarida marshrutizator 
    interfeysi manzilidan Default Router sifatida foydalaning.
    6.4-rasm. IP-manzilni taqsimlash uchun server javobgar bo‘ladigan lokal tarmoq 
    modeli 

    Download 491.54 Kb.




    Download 491.54 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida dhcp serverni ko„tarish. Ishdan maqsad

    Download 491.54 Kb.
    Pdf ko'rish