6. Asosiy qurilmaning tuzilishi va ish prinsipi




Download 18.11 Kb.
bet1/3
Sana22.10.2023
Hajmi18.11 Kb.
#89671
  1   2   3
Bog'liq
1.Ibrohimov laziz davomi
15-маъруза, Mavzu galvanik elementlar elektr yurituvchi kuchi va uni aniqla, media-savodxonlik-tushunchasi-va-uning-ilmiy-nazariy-tahlili, 2-Маъруза



6.Asosiy qurilmaning tuzilishi va ish prinsipi
Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Ish prinsipiga ko’ra issiqlik almashgichlar uchga bo’linadi: 1) rekuperativ; 2) regenerativ; 3) aralashtiruvchi.
Rekuperativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muhitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o’tadi.
Regenerativ issiqlik almashgichda qattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontakda bo’ladi. Kattiq jism unga tegib o’tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o’tganda esa kattiq jism o’z issiqligini unga berib soviydi. SHunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi agentlarning harakatidan tashqari kattiq jismning majud bo’lishi zarur.
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o’zaro uchrashuvi va aralashuvchi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko’ra turlarga bo’linadi:
Konstruktiv tuzilishi bo’yicha – trubadan qilingan qurilmalar (qobiq trubali, “Issiqlik almashinish qurilmasi”, zmeevikli va boshqalar; issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasini tayyorlashda nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va hokazo) dan foydalanilgan qurilmadir;
Ishlatilish maqsadiga ko’ra – sovitkichlar, isitkichlar, bug’latgichlar, kondensatorlar;
Issiqlik tashuvchi agentlar harakatining yo’nalishiga ko’ra – to’g’ri, qarama-qarshi, kesishgan va hokazo yo’nalishli qurilmalar.
Issiqlik berish usuliga ko’ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo’linadi: 1) yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bularda
issiqlik bir muhitdan ikkinchi muhitga ajratib turuvchi sirt (yuza) orqali o’tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bularda ish muhitlar bevosita o’zaro aralashadi.
Kimyo va unga tutash bo’lgan sanoat tarmoqlari uchun ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80% ni qobiq-trubali qurilmalar tashkil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir. Qobiq-trubali qurilmalar universal bo’lib, undan gaz, bug’ va suyuqliklar o’rtasida issiqlik almashinishni tashkil etishda, bosim hamda haroratlar keng intervalda o’zgargan paytda ham foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar harakatining yo’nalishi turlicha bo’lishi mumkin.
“Issiqlik almashinish qurilmasi” tipidagi va po’latdan qilingan zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy hajmi ichida taxminan 8% ni, cho’yandan tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2% ni tashkil etadi.
Spiralsimon va plastinali hamda havo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish qurilmalarining ulushi hozircha kam, biroq yangi qurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday qurilmalar keng o’rin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari har xil bo’ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat holatga (gaz, bug’, tomchili suyuqlik, emulsiya va boshqalar) va har xil harorat, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo’lgan ish muhiti uchun ishlatiladi.
Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o’lchamlari, parametrlari va materiallari bo’yicha juda keng nomenklaturaga ega. SHu sababdan har bir konkret sharoit uchun hamma ko’rsatkitchlari bo’yicha optimal bo’lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
1. Issiqlik tashuvchi agentlarning bosimi yuqori bo’lsa, trubali issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak; bunday sharoitda
trubalarning ichiga bosim kattaroq bo’lgan issiqlik tashuvchi agent yuboriladi, chunki trubalarning diametri qurilma qobig’ining diametriga nisbatan kichik bo’lganligi sababli birmuncha yuqori bosimga bardosh bera oladi;
2. Korroziyaga uchraydigan issiqlik tashuvchi agentni trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalari orqali beriladi, chunki trubalar korroziya ta’sirida emirilganda ham qurilmaning qobig’i o’zgarmaydi.
3. Korroziyaga uchratadigan issiqlik tashuvchi agentlar ishlatilganda korroziyaga bardosh beruvchi polimer materiallar (masalan, ftorplast va uning sopolimerlari) dan tayyorlangan issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak.
4. Agar issiqlik tashuvchi agentlardan bittasi iflos bo’lsa yoki qurilma yuzasiga cho’kma berish xossasiga ega bo’lsa, bunday issiqlik tashuvchini issiqlik almashinish yuzasining tozalashga qulay tomoniga yuborish zarur (masalan, qobiq-trubali qurilmalarda trubalarning ichki yuzasi, zmeekvikli qurilmalarda esa trubalarning tashqi yuzasi).
5. Issiqlik almashinish sharoitini yaxshilash har doim issiqlik tashuvchining tezligiga bog’liq bo’lmaydi (masalan, bug’ni kondensasiyalanish tezligi kondensatni issiqlik almashinish yuzasidan o’zatishni to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi), shu sababdan har bir konkret sharoit uchun tegishli konstruksiyaga ega bo’lgan qurilma tanlash kerak.4


Download 18.11 Kb.
  1   2   3




Download 18.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6. Asosiy qurilmaning tuzilishi va ish prinsipi

Download 18.11 Kb.