Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
189 
6.4.
 
Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish 
Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish deganda tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, hududlarni, 
iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish borasida 
boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va bunga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston 
Respublikasining Milliy geografik axborot tizimini (MGAT) ishlab chiqish va 
yaratish nazarda tutiladi.
MGAT–bu Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga joriy 
qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab 
oladigan hamda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan 
kompleks axborot tizimidir: 

kompyuter vositasida ifodalanadigan shakldagi fazoviy ma’lumotlar; 

funksional imkoniyatlarning vazifalarga muvofiq toʻplami, ularda geoaxborot 
texnologiyalarining operatsiyalari amalga oshiriladi. 
MGATning respublika (markaziy) va 14 ta hududiy axborot-tahlil 
markazlarini hamda respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati 
organlarining hududiy markazlarini yaratish moʻljallanadi. 
Ushbu milliy tizim quyidagi me’yoriy hujjatlar asosida yaratiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Milliy 
axborot-kommunikatsiya 
tizimini 
yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PP-1989 sonli Qarori (2-ilova, 5-
band); 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy 
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045 sonli Qarori.
MGATni yaratish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud: 

respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan 
rivojlanishi; 



Download 1,68 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish