• Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




    Download 1,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/22
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,68 Mb.
    #265569
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    192 
    Loyihaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar: 

    Davlat hokimiyati organlarining xabardorlik darajasini koʻtarish imkonini 
    beruvchi va boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosliligini ta’minlovchi 
    Milliy geografik axborot tizimini yaratish. 

    Yangi davlat yoʻldosh geodeziyasi tarmogʻi, u turli obyektlarning 
    oʻrnashgan joylarini tezkor va yuqori aniqlikda belgilash uchun, shu 
    jumladan MGAT uchun aktual axborot toʻplashda sharoit yaratadi. 

    Koʻchmas mulk kadastri va uni roʻyxatdan oʻtkazishning yagona 
    kompyuterlashtirilgan tizimi “bir oyna” tizimi boʻyicha, shuningdek, 
    interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini ta’minlaydi. 

    1:200 000 dan 1:2 000 gacha masshtablardagi aktual raqamli kartografik 
    asos boʻlib, u iqtisodiyot, fan va mudofaa tarmoqlarini axborot bilan 
    ta’minlash uchun moʻljallangan. 
    6.3-rasm.
    Milliy kartografik asosni yaratish– bazaviy komponent 
    (
    Manba:
    Samborskiy, 2010

    Milliy GAT real vaqt rejimida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 
    ularni muhofaza qilish, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani 
    kompleks rivojlantirish borasida boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va bunga 
    koʻmaklashish maqsadlarida mazmun jihatdan aktual va toʻgʻri kartografik va 
    boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash imkoniyatini beradi. MGATni 


    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    193 
    yaratish va uning amal qilishi uchun, shuningdek, bir qator standartlar hamda 
    me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi talab etiladi. 
    6.5.
     
    Standartlashtirish va yagona me’yorlar tashkil etish 
    asoslari 
    Standart qabul qilingan oʻlchov, shakl yoki uslubdir va u biror-bir ishni 
    yoki mahsulotni bajarishdan, tavsiflashdan yoki yetkazib berishdan oldin ishlab 
    chiqiladi hamda qoʻllaniladi. Geoaxborot tizimidagi fazoviy ma’lumotlar va 
    tahliliy ishlar natijalari boʻlgan standartlar turli tashkilotlar tomonidan almashib 
    turilganligi uchun muhim sanaladi. Ma’lumotlar standartlari bizga fazoviy 
    ma’lumotlarning tuzilganligi va uni ishlatishni tushuntirib beradi. Geoaxborot 
    tizimi mutaxassislari bir necha standartlarni qoʻllaydilar.
    Ma’lumotlar standarti fazoviy ma’lumotlarni formatlash, baholash, 
    hujjatlashtirish va foydalanuvchiga yetkazib berish uchun ishlatiladi. Oʻzaro 
    ma’lumot almashish (
    Interoperability
    ) standarti fazoviy ma’lumotlarnining turli 
    xil dasturlar tarmoqlarida yoki tizimlarida xizmat koʻrsata olishi yoki oʻqiy 
    olinishini aniqlab beradi. Tahliliy standartlarda loyihani yoki modelni ishlab 
    chiqishda qoʻllanilgan eng maqbul uslublar koʻrsatib beriladi. Kasbiy standartlar 
    esa geoaxborot tizimidagi ta’lim, bilim yoki tajribalarni qoʻllash orqali 
    texnologiya rivojini aniqlab beradi.
    Fazoviy ma’lumotlar standartlari fazoviy referenslangan ma’lumotni 
    tizimga keltirish, tavsiflash va yetkazib berish uchun moʻljallangan uslublar 
    sifatida tushunilishi mumkin. Fazoviy ma’lumotlar standartlari 4 ta kategoriyaga 
    boʻlinadi va ular: 1) mediastandartlar, 2) format standartlar, 3) aniqlik 
    standartlari, 4) hujjatlashtirish standartlaridir. 
    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

    mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda 
    „mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sogʻligi va mol-mulki, atrof-
    muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va 
    davlat manfaatlarini himoya qilish; 



    Download 1,68 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 1,68 Mb.
    Pdf ko'rish