Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana25.06.2024
Hajmi1,68 Mb.
#265569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
188 
3.
Oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi 
mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir 
ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi. 
Qonunga muvofiq, davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar 
bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy 
harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil ma’lumotlar Oʻzbekiston 
Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi. Axborotlarni maxfiylashtirish va 
maxfiylikdan chiqarish ushbu qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini aniqlash va 
belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasida 
maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Aksariyat tadqiqotchilar axborotni muhofaza qilishning qonuniylik
asoslilik va yagonalik tamoyillarini farqlaydilar. Oʻz-oʻzidan ayonki, bu 
tamoyillar turli davlat organlari uchun yagona va majburiydir. Birinchi – 
qonuniylik tamoyili. Axborot mulkdorlarining huquqlari ham, ehtimol tutilgan 
iste’molchilarning huquqlari ham belgilab qoʻyilishi lozim. Axborotni ruxsatsiz 
(qonunga xilof ravishda) olganda javobgarlik darajasi ham aniq belgilanishi 
darkor: jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, intizom javobgarligi va shu 
kabilar. Ikkinchi – iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tamoyili. Axborot mulkdori u 
yoki bu ma’lumotlarning noyoblik darajasini (agar ular davlat sirlariga mansub 
boʻlmasa), shuningdek, ularni muhofaza qilishning huquqiy vositalarini oʻzi 
belgilashi lozim. Uchinchi – axborotni maxfiylashtirish mezonlarining, binobarin, 
maxfiylik darajalarining yagonaligi tamoyili. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi 
IIV uchun va, aytaylik, Adliya vazirligi uchun ma’lumotlarning maxfiylik 
darajasida farqlar boʻlishi mumkin emas. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi 
idoralarning har biri davlat sirlari va maxfiy axborotga turli hajmlarda ega 
boʻlishi mumkin, lekin ularning maxfiylik darajasiga, ularni muhofaza qilish 
usullariga nisbatan yondashuvlar yagona boʻlishi lozim. 



Download 1,68 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish