• ISO 19145:2013: Geographic information - Registry of representations of geographic point location.
  • Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari




    Download 1,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/22
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,68 Mb.
    #265569
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
    197 
    ISO 19115-1:2014: Geographic information – Metadata - Part 1.
    .
    Ushbu 
    standart geografik ma’lumot va xizmatlarni metama’lumot asosida tavsiflaydi. 
    Bunda identifikatsiya, oʻlchami, sifati, fazoviy-vaqtli jihatlari, mazmuni, 
    koordinatalari, tasviriy ma’lumotlari, tarqatilishi va boshqa xususiyatlari 
    toʻgʻrisida axborot beradi. 
    I
    SO 19153:2014: Geospatial Digital Rights Management Reference 
    Model (GeoDRM RM)
    .
    Ushbu standart raqamli ma’lumotlar bozoridagi boshqa 
    ma’lumotlar, rasm, musiqa va boshqa mediama’lumotlarga oʻxshab raqamli 
    huquqni beradi. Bunda ushbu huquq asosida geoma’lumotni turli geoportallarga 
    joylashtirish mumkin boʻladi.
    ISO 19145:2013: Geographic information - Registry of representations 
    of geographic point location.
     
    Ushbu standart geografik nuqtalarning 
    koordinatalarini qayd qilishni nazorat qiladi.
    6.8.
     
    Milliy geoaxborot tizimini yaratishda
    standartlarning oʻrni 
    Milliy geoaxborot tizimi yoki MGATda ortiqcha sarf-xarajatlar va 
    ma’lumotlar takrorlanishining oldini olish hamda ma’lumotlarning oʻzaro 
    almashinuvchanligini ta’minlash maqsadida xalqaro standartlarga asoslangan 
    samarali mahalliy standartlarni yaratish juda muhimdir. Muhim jihati shundaki, 
    ham mutaxassis, ham foydalanuvchi kelajakda umumiy tizimda ishlay boshlaydi 
    va bu ma’lumotlarning osonlik bilan almashinishiga imkon beradi.
    MGATda standartlashtirishni joriy etish uchun, avvalambor, GAT 
    standartlashtirish obyekti, uning uslubi, jarayonlari va tashkiliy masalalarini 
    oʻylab koʻrish kerak. Yana bir muhim jihat – bu standartlashtirish boʻyicha 
    qoʻmitalarni tashkil etish va unga mas’ul tashkilotlarni biriktirishdir. MGATda 
    fazoviy ma’lumotlar, raqamli chizmalar, shu jumladan, milliy, mavzuli va turli xil 
    boshqa kartalarni ishlab chiqish standartlarini joriy etish juda muhimdir. 
    MGAT standartlari besh fazali jarayon orqali shakllantiriladi. Ulardan 
    birinchisi bu mavjud talabni oʻrganish va ishlab chiqilishi zarur boʻlgan GAT 
    standartlar roʻyxatini shakllantirishdir. Ushbu faza milliy fazoviy axborot 



    Download 1,68 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 1,68 Mb.
    Pdf ko'rish