6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish materiallarga ishlov berish




Download 0.61 Mb.
bet5/7
Sana17.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#45901
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video m
Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish, raqamli bank ishi, 210 ижроси, 1.Komp qurilmalari, 1475effa-0ff8-47c4-a7c1-16af8018908b (1), Toxirova til va muloqot asb 2, 1. falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli reja, 6RI59wtmMWI0YNqm7aghIar1jD4BWiRqnTNt7O3Y, Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005, Amaliy mashg\'ulot-15
Raqamli video – ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar to’plami. Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda qo’llaniladigan tasvirni ekranga chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:
-bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib, tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi,
-sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi,
- videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5 MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar diskretizatsiyasi tashkil qilinadi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish tendensiyalari rivojlantirilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD-Video va HDTV (High Definition TV – yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.
Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari
CD AVI (Audio Video Interleave – audio va video almashinuvi) – videoni saqlash va Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan format, tasvir va ovozning bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi video yozilishida avval kadr, so’ngra shu kadrga mos ovoz navbatma-navbat yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz oqimga ega bo’lib, sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga kelmaydi, agar ovoz ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan “qochadi”. Bu formatdagi videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya) qo’llaniladi: Microsoft Video (8- va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft RLE (8-bitli ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan, lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning uchun juday qulay imkoniyatlar ham mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft companiyasi AVI formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced Streaming Format – mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced Authoring Format) formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI formati ham qo’llanishda davom etib, AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Quick Time Movie (.qt, .mov) – Adobe firmasi tomonidan Quick Time texnologiyalari asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng tarqalgan formatlardan biri. Turli videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham, shuningdek, uzining xususiy kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va audio) ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi. Videoma’lumotlar turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga, audioma’lumotlar – turlicha formatga ega bo’lishi mumkin va hk.
MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) – Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar guruhi (MPEG – Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va namoyish etish uchun ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli videolarni yozish uchun faol qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan.

Download 0.61 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma`ruza. Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish materiallarga ishlov berish

Download 0.61 Mb.