|
6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #235796 |
Bog'liq 6-mavzu
6 - Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati
Reja
1. Qishloq xo'jaligida moliyaviy munosabatlar va qishloq xo'jaligi sohalarini kreditlash tizimi
2. Qishloq xo'jaligida sug'urta bozori.
3. Moddiy resurslar ijarasi va lizinggi.
1. Qishloq xo'jaligida moliyaviy munosabatlar va qishloq xo'jaligi sohalarini kreditlash tizimi
Agrar siyosatning bosh masalasi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi yerlaridan maksimal va maqsadli foydalanish, qishloq xo'jaligi korxonalari ixtiyoridagi va aholi tomorqalaridani foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotish, saqlash, qayta ishlash, eksportga yo'naltirish, ularni mablag' bilan ta'minlash kabi kompleks masalalarni hal etishga qaratilmoqda, bu masalalar agroresurslarni barqaror boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlatning iqtisodiy dastaklari orqali echishni talab qiladi.
Davlatning iqtisodiy dastaklardan foydalangan holda agroresurslarni barqaror boshqarishni ta'minlashdagi vazifalarini ijrosi quyidagi dastaklar orqali amalga oshiriladi:
- kredit foiz stavkasi;
- soliqlar va soliq yuki;
- boj to'lovlari;
- subsidiya va sanktsiya, lisenziya;
- transfert to'lovlari;
- narx-navo va hokazolar kiradi.
Agrar sohada iqtisodiy islohotlar asosan quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirildi.
Moliya-kredit va soliq sohasida:
- davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarni etishtirishni moliyalashtirishda imtiyozli kreditlash tizimi yo'lga qo'yildi.
- qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yerlarning sifati, ball-bonitetiga bog'liq bo'lgan yagona er solig'ini to'lash tizimiga o'tkazildi.
- respublikamizda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini lizingga berish tizimi joriy etildi.
- fermer xo'jaliklari uchun imtiyozli kredit tizimi yaratildi.
Narx-navo masalalarida:
- davlat tomonidan sotib olinadigan paxtaning narxini jahon bozoridagi narxdan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi.
- davlat tomonidan sotib olinayotgan g'alla narxini mintaqaviy bozorlardagi narxdan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi.
- boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarni tayyorlov tizimi to'la erkinlashtirilib, narxi bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilash tizimi joriy etildi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash dastaklarining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda kichik va xususiy biznesni qo'llab – quvvatlash va ahamiyatini kuchaytirish;
- kichik va xususiy biznes sub'ektlarining huquq va majburiyatlarini qonuniy himoya qilish;
- dehqon va fermer xo'jaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam berish;
- kichik va xususiy biznesning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga ustvorlik berish;
- kichik va xususiy biznesni aholi turmush tarzini oshirish va iqtisodiy o'sishning muhim omiliga aylantirish;
- mamlakat hududlarida import o'rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini ko'paytirish va eksportni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash.
Fermer xo'jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash dastaklarining asosiy yo'nalishlari:
- soliq tizimidagi imtiyozlar (yagona yer solig'i 2 yillik imtiyoz, yangi barpo etilayotgan bog'lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat'i nazar, uch yil muddatga, ball bonitetdan kelib chiqib tabaqalashtirish);
- fermer xo'jaliklariga boshlang'ich sarmoya imtiyozli kreditlarning berilishi;
- fermer xo'jaliklariga texnika vositalarining lizing asosida berilishi;
- yer boniteti past yerlarda paxta etishtiradigan fermer xo'jaliklariga moddiy yordam berilishi;
- suv xo'jaligi tashkilotlari ekspluatasiya xarajatlarining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi;
- yerlarning suv ta'minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha chet el investisiyalari kiritilishi;
- davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtirish beruvchi fermer xo'jaliklariga 3-foizli imtiyozli kreditlarni ajratilishi;
- paxta tolasining tashqi bozordagi bahosi o'zgarishi hisobiga kelib chiqadigan ijobiy farqni fermer xo'jaliklariga to'lovlar hisobiga o'tkazib berilishi.
|
| |