• Sakkizinchidan
  • 30-мақсад: Қишлоқ хўжалигини илмий асосда интенсив ривожлантириш орқали деҳқон ва фермерлар даромадини камида 2 баравар ошириш, қишлоқ хўжалигининг йиллик ўсишини камида 5 фоизга етказиш.
  • 6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja




    Download 0,94 Mb.
    bet4/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,94 Mb.
    #235796
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-mavzu

    Ettinchidan – davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtirish beruvchi fermer xo'jaliklariga 3-foizli imtiyozli kreditlarni ajratish: davlat ehtiyojlari uchun paxta xom-ashyosi va boshoqli don etkazib beruvchi fermer xo'jaliklariga beriladigan imtiyozli kreditlarning miqdori tobora oshib bormoqda. Bunda fermer xo'jaliklarining mahsulot etishtirish xarajatlarini, xususan, mineral o'g'itlar, yoqilg'i-moylash materiallari, biologik mahsulotlar, kimyoviy vositalar, texnika xizmatlari, urug'lik, ish haqi va boshqa xajaratlarni moliyalashtirish nazarda tutiladi.
    Sakkizinchidan, paxta tolasining tashqi bozordagi bahosi o'zgarishi hisobiga kelib chiqadigan ijobiy farqni fermer xo'jaliklariga ularning xizmat ko'rsatuvchi, ta'minot va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg'armalardan qarzdorlik hisobiga o'tkazib berish amaliyoti qo'llanilmoqda.
    Fermer xo'jaligi rivojlangan mamlakatlarning uzoq davrli tajribasida o'zining samaradorligi, raqobatbardoshligi, bozor kon'yunkturasiga tez moslasha olishi kabi xususiyatlarini namoyon eta olgan. Shunga ko'ra, O'zbekistonda ham fermer xo'jaliklarining rivojlanishiga katta e'tibor qaratilib, ular faoliyatining zarur iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi, me'yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi.
    Jumladan, paxta xom ashyosi etishtirish, hosildorligini va hajmlarini ko'paytirishdan fermer xo'jaliklarining manfaatini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini etkazib berish bo'yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xo'jaliklariga kontraktasiya shartnomasidan ortiqcha topshirgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi to'g'risidagi Nizom" ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, qishloq va suv xo'jaligi vazirliklarining "paxta xom ashyosini etishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qo'shma qarori qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 18 oktyabrda 2518 son bilan ro'yxatdan o'tkazildi.
    Ayniqsa, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Xarakatlar strategiyasida sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo‘lg‘usi hosilini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 505-sonli qarori hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi “Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda parvarishlanayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 830- sonli qarorlari qishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimini keng rivojlantirishga qaratilgan muhim xuquqiy–me’yoriy xujjatlar hisoblanadi
    30-мақсад: Қишлоқ хўжалигини илмий асосда интенсив ривожлантириш орқали деҳқон ва фермерлар даромадини камида 2 баравар ошириш, қишлоқ хўжалигининг йиллик ўсишини камида 5 фоизга етказиш.
    Туманларни аниқ маҳсулот турини етиштиришга ихтисослаштириш.
    Қишлоқ хўжалигида давлат томонидан қўллаб-қувватлаш кўламини кенгайтириш ва суғурталашнинг янги механизмларини амалга ошириш.
    Янги ва фойдаланишдан чиққан 464 минг гектар майдонни ўзлаштириш ва кластерларга очиқ танлов асосида ажратиш. 200 минг гектар пахта ва ғалла майдонларини қисқартириш ҳамда аҳолига очиқ танлов асосида узоқ муддатли ижарага бериш.
    Экспортбоп маҳсулотлар етиштириш ҳамда мева-сабзавотчиликни ривожлантириш, интенсив боғлар майдонини 3 баравар ва иссиқхоналарни 2 баравар кўпайтириб, экспорт салоҳиятини яна 1 миллиард АҚШ долларига ошириш.
    Тупроқ унумдорлигини ошириш ва муҳофаза қилиш.
    Илм-фан ва инновацияга асосланган агрохизматлар кўрсатиш тизимини такомиллаштириш. Агросаноат корхоналарини хом ашё билан таъминлаш ва ишлаб чиқариш ҳажмини 1,5 баравар ошириш.
    Агрологистика марказларини ривожлантириш ва замонавий лабораториялар сонини кўпайтириш. Уруғчилик ва кўчат етиштириш бўйича миллий дастурни амалга ошириш.
    Нуфузли халқаро илмий марказлар ва олий таълим муассасалари билан биргаликда Халқаро қишлоқ хўжалиги университетини ташкил этиш. Аграр соҳада илм-фан ва амалиёт интеграциясини чуқурлаштириш.
    Аҳоли томонидан томорқалардан самарали фойдаланилиши учун шароитлар яратиш.

    Download 0,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja

    Download 0,94 Mb.