|
6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja
|
bet | 6/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #235796 |
Bog'liq 6-mavzusug'urta hodisasi hisoblanadi. Sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta qildiruvchi bu haqda sug'urta bo'limiga uch kun ichida xabar berishi shart.
Qishloq xo‘jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar o‘z ishlab chiqarishi jarayonida quyidagi xatarlar bilan to‘qnashadi:
- ishlab chiqarish xatarlari;
- bozor yoki narx-navo xatarlari;
- moliyaviy xatarlar;
- shaxs bilan bog‘liq xatarlar;
- institusional xatarlar;
- shartnomalari shartlarini bajarilmasligi xatari;
Sug'urta shartnomasi mahsulot etishtiruvchilarning yozma arizasiga asosan, qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va "O'zagrosug'urta" DASK tasdiqlagan ekish taqvimi muddatlaridan kechiktirilmagan holda tuziladi. Sug'urta mukofotlarini hisoblash uchun qishloq xo'jaligi ekinlari hosilining qiymati xo'jalikning hisob-kitobi va boshlang'ich hisobot hujjatlari bo'yicha mazkur yilda rejalashtirilgan 1 gektar ekin maydonidan olinadigan hosildorlik (oxirgi uch yil ichida olingan o'rtacha hosildorlikdan yuqori emas) mahsulotni sotish narxi va ekin maydoniga asosan hisoblangan hosil qiymatidan aniqlanadi.
Sug'urta qildiruvchining mazkur yilda ekinlardan olgan hosildorligi oxirgi uch yillikdan yuqori bo'lsa, sug'urtaga qabul qilinadigan ekinlarning hosil qiymati oxirgi uch yillik o'rtacha hosildorligi darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Har bir qishloq xo'jalik ekinlari hosilining qiymati alohida hisoblanadi. Shuningdek, kuzgi g'allaning suvli va lalmi erga ekiladigan maydoni bo'yicha hosili qiymati ham alohida aniqlanadi.
Sug'urta shartnomasini tuzish ekinlarni ekish rejalashtirilgan vaqtdan boshlanadi va:
- kuzgi g'alla hosili bo'yicha suvli maydonlardagi 1 aprelgacha;
- lalmi erga ekiladiganlari esa 1 martgacha;
- paxta hosili bo'yicha 1 iyungacha;
- sholi hosili bo'yicha 20 iyungacha bir qishloq xo'jaligi yiliga tuziladi.
Boshqa ekinlar ekish taqvimi muddatlaridan (qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan) kechiktirilmagan holda ekilgan va unib chiqqandan so'ng 20 kun davomida, ekinlar maydoni va holati o'rganib chiqilib, sug'urtalovchi tomonidan ijobiy xulosaga kelingandan so'ng bir qishloq xo'jaligi yiliga tuziladi.
Sug'urta javobgarligi quyidagi muddatlarda boshlanadi:
- kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan kundan boshlab;
- boshoqli va dukkakli don ekinlari, paxta va boshqa texnika ekinlari unib chiqqandan keyin.
Sug'urta javobgarligi quyidagi muddatlarda yakunlanadi:
hosili yanchish bilan bog'liq bo'lgan boshoqli va dukkakli don ekinlari hosilni yanchish tamom bo'lishi bilan;
paxta va boshqa texnika ekinlari hosili daladan olib chiqilgandan so'ng.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo'lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob'ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o'n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
Bunda lizing shartnomasi quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob'ekti lizing oluvchining mulki bo'lib o'tsa;
lizing shartnomasining muddati lizing ob'ekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo'lsa yoki lizing ob'ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang'ich qiymatining yigirma foizidan kam bo'lsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob'ektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to'lab sotib olish huquqiga ega bo'lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob'ekti qiymati asos bo'ladi;
lizing shartnomasi davri uchun lizing to'lovlarining joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymati lizing ob'ektining lizingga topshirish paytidagi joriy qiymatining to'qson foizidan ortiq bo'lsa. Joriy diskontlangan (hisobga olingan) qiymat buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Lizing uch taraflama (sotuvchi — lizing beruvchi — lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi — lizing oluvchi) lizing shartnomasi bo'yicha amalga oshiriladi.
Lizing beruvchi va sotuvchi o'rtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qo'shimcha ravishda lizing ob'ektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste'mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin.
Er uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin emas.
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing sub'ektlaridir.
Lizing shartnomasi bo'yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing ob'ektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e'tirof etiladi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo'yicha lizing ob'ektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e'tirof etiladi.
Lizing beruvchi lizing ob'ektini kimdan olayotgan bo'lsa, shu shaxs sotuvchi deb e'tirof etiladi.
Lizing ob'ekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing ob'ektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko'rishiga yo'l qo'yilmaydi.
Lizing uning uchta sub'ekti ishtirok etadigan to'g'ridan-to'g'ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo'lib bir shaxsning o'zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Lizing shartnomasi yozma shaklda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilishi mumkin:
lizing ob'ektini sotib olish tartibi va muddatlari;
lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish;
lizing ob'ektini sug'urta qilish;
fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi, bunday xizmatlarsiz lizing ob'ektidan foydalanib bo'lmasa;
lizing sub'ektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish, agar qonun hujjatlarida va shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflar kelishuviga binoan amalga oshirilishi mumkin.
|
| |