6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja




Download 0,94 Mb.
bet2/6
Sana15.05.2024
Hajmi0,94 Mb.
#235796
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu

Birinchidan – soliq tizimidagi imtiyozlar: qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, unumdorligi turlicha bo'lgan yerlardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish, qishloq xo'jalik korxonalarini moliyalashtiruvchi maxsus jamg'armalarni shakllantirish, qishloq xo'jaligi korxonalarini soliqqa tortish va soliq to'lash mexanizmini soddalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi “Qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig'ini joriy etish to'g'risida"gi Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998 yil 26 dekabrda qabul qilingan "qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan yagona er solig'i undirish tartiblari to'g'risida"gi 539-sonli qarori bilan 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo'jaligi korxonalari uchun yagona yer solig'i joriy qilindi.
Fermer xo'jaliklari tomonidan to'lanadigan yagona yer solig'i amalda qo'llanilib kelingan to'qqizta soliq: daromad solig'i (foydadan olinadigan soliq), qo'shilgan qiymat solig'i, ekologiya solig'i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tabiiy boyliklardan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig'i, yer solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa mahalliy soliqlar va yig'imlar o'rniga joriy etildi va 2017 yil uchun yagona er solig'i stavkasini qishloq xo'jaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi.
Shuningdek, yangi o'zlashtirilgan yerlarda tashkil qilingan fermer xo'jaliklari davlat ruyxatiga olingan paytdan e'tiboran 2 yil mobaynida, fermer xo'jaligi tegishli loyihada nazarda tutilgan yerni o'z hisobidan o'zlashtirayotgan davrda va yer o'zlashtirib bo'linganidan keyin 5 yil davomida yerning mazkur o'zlashtirilgan qismi uchun yagona yer solig'i to'lashdan ozod qilinadi.
Soliqqa tortishda soliq miqdorini yerning sifatiga (ball-boniteti) qarab hisoblash va bu jarayonga tabaqalashtirilgan ravishda yondashilishi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masala xo'jaliklarga bir xil iqtisodiy sharoit yaratib berishni ta'minlash imkoniyati yaratilmoqda. Avvalgi soliqqa tortish mexanizmida bu muammo o'z echimini topmagan edi.
Paxta xom ashyosini yig'ish terib olish bo'yicha mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilingan ishchilarni jismoniy shaxslarning daromad solig'idan ozod etildi, tomchilatib sug'orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslar tegishli yer uchastkasiga nisbatan 5 yil muddatga yagona er solig'ini to'lashdan ozod etildi.

Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6 Mavzu. Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati Reja

Download 0,94 Mb.