6-mavzu. Eritmalar. Noelеktrolitlar eritmalari. Erishjarayonining tеrmodinamikasi. Suyultirilgan eritmalarning kolligativ xossalari Rеja




Download 0,93 Mb.
bet2/18
Sana02.06.2021
Hajmi0,93 Mb.
#14741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Eritmalar

Asosiy tushunchalar

Eritmalar turmushda, sanoatda, tibbiyotda va ayniqsa farmatsiyada katta ahamiyat kasb etadi. Qon plazmasi, limfa va organizmdagi boshqa suyuqliklar eritma holatida bo’ladi. Dori moddalari ham erigan holatda yoki organizmda erigan holatga o’tgandagina samaraliroq bo’ladi. Eritmalar xossalarini o’rganish, ularni ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunishini va farmatsiya amaliyotida eritmalarga duch kelganda albatta ularni nazarda tutishni taqozo etadi. Ushbu lektsiyada biz eritmalar xossalari va ularga bog’liq bo’lgan qonuniyatlar haqida gap yuritamiz.



O’zgaruvchan tartibli – ikki yoki undan ortiq moddadan tashkil topgan muvozanat holatidagi gomogen sistema eritma deyiladi. Eritmani tashkil etuvchi moddalar komponentlar deyiladi. Agregat holatiga qarab eritmalar gaz, suyuq, va qattiq holatda bo’lishi mumkin; masalan, gazlar aralashmasi (xavo) – gaz holatdagi, tuzlarning suvdagi eritmasi – suyuq, oltin va mis va boshqalar qotishmasi qattiq eritma hisoblanadi.
Farmatsevtlar uchun suyuq eritmalar ko’proq ahamiyatlidir; shu sababli biz asosiy e’tiborni suyuq eritmalarga qaratamiz. Xar bir eritma erigan modda va erituvchidan tashkil topadi. Lekin bu tushuncha qandaydir miqdorda shartlidir. Masalan, spirt va suv eritmasida, qaysi biri ko’p olinganligiga qarab, spirt ham suv ham erituvchi bo’lishi mumkin. Odatda dastlabki agregat holati eritmaga o’tganda ham saqlanib qolinadigan komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan, glyukozaning suvdagi eritmasida - suv erituvchi. CHunki eritma ham suv ham suyuq. Elektrolitlar eritmasida esa, komponentlar nisbatidan qat’iy nazar, elektrolitlar erigan modda hisoblanadi. (masalan, 96% sulfat kislotasining suvdagi eritmasida suv erituvchi, elektrolit erigan modda). Agar eritmada suyuq, yoki qattiq modda bo’lsa, odatda suyuq komionent erituvchi hisoblanadi.

Organizm xayot faoliyatida eritmalar muximdir. Ko’pgina kimyoviy jarayonlar faqat eritma holatidagina sodir bo’ladi. Qon, limfa, siydik, so’lak, tel va boshqalar eritmadir. Dorilarning so’rilishida, organizmdagi modda almashinuvida xam, biokimyoviy reaktsiyalar eritmada kechadi. Biologik suyuqliklar oziqa moddalar (oqsil, aminokislotalar, kislorod)ni, dorilarni tashish (transport)da ishtirok etib, kerakli organlarga, to’qimalarga etkazib beradi. Metabolitlarni (mochevina, bilirubin, karbonat angidrid va boshqalar) organizmdan chiqarish ham eritma holatida amalga oshadi. Ayrim biologik suyuqliklar tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan;




Download 0,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-mavzu. Eritmalar. Noelеktrolitlar eritmalari. Erishjarayonining tеrmodinamikasi. Suyultirilgan eritmalarning kolligativ xossalari Rеja

Download 0,93 Mb.