Neksiya avtomobilining S2 rusumli dvigatelida gidrokompensator turtkich
ichida joylashtirilgan bo'lib, u dvigatelning moylash tizimi bilan bog'langan (22-
rasm)
Gidrokompensatorning ishlashi:
Klapan yopiq holatda bo'lganda turtkich 5
(23-rasm, plunjerning prujinasi 11 ta'sirida taqsimlash valining mushtchasiga, gilza
7 esa klapan sterjeniga 3 tiralib turadi. Shunda A va B bo'shliqlaridagi
moyning
bosimi bir xil bo'lib, teskari klapan 8 prujina 9 ta'sirida o'z o'rindig'iga tiralgan
bo'ladi. Klapanning ochilishida taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga
surib plunjerga 6 ta'sir etadi. Plunjerning gilza ichida pastga surilishi natijasida B
bo'shlig'idagi moyning bosimi ortadi.
Shunda moy, bosim ta'sirida gilza bilan
plunjer oralig'idagi radial tirqishdan turtkich bo'shlig'iga V oz miqdorda sizib o'tadi.
Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta'sir etish vaqti juda qisqa bo'lgani
uchun moyni qisman V bo'shlig'iga sizib o'tishi amalda
turtkich bilan gilzaning
birgalikda yaxlit bo'lib ishlashiga, ya'ni klapanning o'z vaqtida ochilishiga ta'sir
ko'rsatmaydi. Demak, klapan qiziganda sterjenining
uzayishi moyning B
bo'shlig'idan V bo'shlig'iga sizib o'tishi hisobiga bo'ladi. Klapanning yopilgan
fazasida B bo'shlig'idagi bosim A bo'shlig'idagiga nisbatan pasayadi.
Shunda
bo'shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi tizimdan kelayotgan moy hisobiga
yo'qotiladi. Ya'ni A bo'shlig'idan B bo'shlig'iga, bosimning farqi ta'sirida ochilgan
teskari klapan 8 orqali moy o'tadi va u yerdagi moyning kami to'ldiriladi. Natijada
klapan yuritmasida doimo tirqishsiz holat ta'minlanadi.
23-Rasm. Gidrokompensatorning ishlash sxemasi:
a-klapan ochilganda; b-klapan yopilganda;
A-plunjer bo'shlig'i; B-gilza bo'shlig'i; V-turtqich bo'shlig'i.
1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-silindrlar blokining kallagi; 3-klapan
sterjeni;
4-moy kanali; 5-turtkich; 6-plunjer; 7-gilza; 8-teskari klapan; 9- teskari klapan
prujinasi; 10- teskari klapan stakani; 11-plunjer prujinasi.