|
6 mavzu: iqtisodiy islohotlar, uning bochqichlari. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
|
bet | 4/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 65,95 Kb. | | #232924 |
Bog'liq 6-mavzuXususiylashtirish. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida”gi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqdi va ularni amalga oshirishga boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko'rsatish korxonalarini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xo'jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu jarayon «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi.
Kichik xususiylashtirish 1994 yilda tugallandi. Davlat ixtiyorida bo'lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog'i fuqarolarning xususiy mulki bo'lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o'zi tashabbuskor bo'ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994- yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va ob’yekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi.
1994-yil 21-yanvarda e'lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda e'lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo'ldi. O‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantirila boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo'yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000-2005 yillarda jami 4660 ta davlat korxonasi va ob‘yekti xususiy mulkdorlarga sotildi.
2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega bo'ldi va ulardan daromad oldi.
|
| |