• 5,5 foizni
  • Nazorat uchun savollar
  •  Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish




    Download 65,95 Kb.
    bet13/13
    Sana14.05.2024
    Hajmi65,95 Kb.
    #232924
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    6-mavzu

    3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
    hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
    yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
    sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
    sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.
    2019 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
    YaIM o‘sish sur’ati asosan sanoatning 6,4 foizga (prognoz – 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga ta’minlandi.
    Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi (2018 yilda – 1 533 dollar).YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
    Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati, investitsiyalarni yuqori sur’atda ya’ni 28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga ta’minlandi.
    HARAKATLAR STRATEGIYASI doirasida keyingi 3 yilda boshqa sohalar singari iqtisodiyot sohasida ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Aholi o‘zining turmush tarzidan mamnun yashay boshladi.
    Nazorat uchun savollar:

    1. Bozor iqtisodiyoti va uning mohiyatini tushuntiring?

    2. Nima uchun iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak?

    3. Mamalakatimizda avtomabilsozlik rivoji haqida ma’lumot bering?

    4. Iqtisodiyotimizda qishloq xo’jaligining ahamiyati qanday?

    5. Moliya-kredit sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?

    6. Bozor infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?

    7. Mustaqillik yillarida kichik bizness va hususiy tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlar va uning ahamiyati haqida fikr bildiring?

    Download 65,95 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 65,95 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

    Download 65,95 Kb.