• «о‘zbek modeli»
  • 6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi




    Download 298.59 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana12.04.2023
    Hajmi298.59 Kb.
    #50775
    1   2   3
    Bog'liq
    6семинар
    halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, 2-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1
    Yangi mavzuni qisqacha bayoni
    Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu о‘zgarishlar 
    iqtisodiy hayotimizni ham qamrab oldi. Respublikaning boy imkoniyatlari, geosiyosiy sharoitidan kelib 
    chiqib, О‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri 
    bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim 
    vazifasi sifatida belgilandi.
    О‘tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga о‘tish zarurati, bozor iqtisodiyotiga о‘tishning 
    «О‘zbekiston yо‘li» kabi masalalarning tub mohiyatini anglash eng dolzarb masalalaridan biri edi.
    Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, 
    Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisodiyoti yо‘lini tanlagan bо‘lib, shu asosda 
    iqtisodiy taraqqiyotini belgilab kelmoqda. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish XX asrga xos bо‘lgan umumjahon 
    voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish kishilarning xoxish – irodasi emas, balki obyektiv zaruratdir.
    Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy 
    qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Bozor 
    iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar 
    doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor 
    munosabatlarini shakllantirish, jamiyatni yangilash yо‘lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, 
    mulchilikning xilma – xilligiga, narx erkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va erkinliklarning 
    qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Faqat bozor munosabatlari 
    zamonidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, kо‘plab sifatli mahsulotlar yaratish, ularga 
    bо‘lgan talabni qondirish, tejamli xо‘jalik yuritish, tо‘kinchilik yaratib, xalqning farovon turmushini 
    ta’minlash, halol va samarali mehnatni qadrlash, adolat о‘rnatish mumkin. 


    Bozor iqtisodiyoti — jamiyat taraqqayotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmuidir. Tarixan, 
    bozor iqtisodiyotiga о‘tish eng sо‘nggi navbatda «sotsialistik» mamlakatlar о‘tmoqda. Xalqaro tajribada 
    bozor iqtisodiyotiga о‘tishning bir qancha modellari mavjud bо‘lib, ularni umumlashtirib, bozor 
    iqtisodiyotiga о‘tishning uch turga yoki modelga bо‘lishimiz mumkin: 
    1. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yо‘li. 
    2. Mustamlakachilikdan ozod bо‘lib, mustaqil taraqqiyot yо‘liga kirib rivojlanayotgan Osiyo, 
    Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarining yо‘li. 
    3. Mustaqil Davlatlar Xamdо‘stligi mamlakatlari, boshqacha aytganda, «sotsialistik» rivojlanish 
    yо‘lidan borgan va hozirda bozor iqtisodiyoti yо‘lini tanlagan mamlakatlar yо‘li. 
    Sobiq 
    sotsialistik 
    mamlakatlarda, 
    jumladan 
    О‘zbekistonda 
    davlatlashtirilgan, 
    о‘ta 
    markazlashtirilgan va yagona bir markazdan boshqariluvchi iqtisodiyotdan — bozor iqtisodiyotiga о‘tish 
    zarurligi quyidagi bosqichlarni amalga oshirishni taqozo etdi: 
    1. Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning huquqiy asoslarini yaratish, ya’ni uni ta’minlovchi yuridik 
    qonunlar tizimini yaratish. 
    2. Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos aloqalarni о‘rnatishga 
    kо‘mak beruvchi, ya’ni bozorga xizmat kо‘rsatuvchi sohalarni, tashkilot, korxona va muassasalarni 
    yaratish. 
    3. Mulkchilik va xо‘jalik yuritish usullarini privatizatsiyalash. 
    4. Narx – navoni liberallashtirish, narxlarni erkin qо‘yib yuborish, narx ustidan davlat nazoratini 
    minimal darajaga keltirish. 
    Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning umumiyligi, masalan, xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni 
    boshqarish va takomillashtirishda talab, taklif qoidalarining bir xil bо‘lishi bilan bir qatorda har bir 
    mamlakatning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi yо‘li mavjuddir. Bunda uning xо‘jalik tuzilishi 
    va shart – sharoitlari, joylashgan yeri, tabiati va iqlimi, milliy kelib chiqishi, rasm – ruso’mlari, an’ana va 
    milliy harakteri hamda boshqa omillar sabab bо‘ladi.
    Jahon tajribasi shuni kо‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bо‘lgan bir xil 
    taraqqiyot yо‘li, bir xil andoza bо‘lishi mumkin emas. Hozirda bozor iqtisodiyotiga о‘tishning turli 
    modellari mavjud bо‘lib, ular barcha mamlakatlarni bitta manzilga — erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga 
    olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial – iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro 
    sharoiti har xil bо‘lganligi tufayli, unga о‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bо‘ladi. Shu nuqtai 
    nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yо‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib 
    bо‘lmaydi. Natijada о‘ziga xos yо‘lni tanlash muhim hisoblanadi.
    Sobiq tuzumda amal qilgan va markazlashgan ma’muriy boshqarish tizimiga asoslangan 
    iqtisodiyot о‘zining hayotiy emasligini, aholining о‘sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlay olmasligini aniq 
    kо‘rsatdi. Natijada mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyoti uchun О‘zbekistonda bozor 
    munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘lini ishlab chiqish va bu yо‘lda tub islohotlarni belgilash 
    zarurati yuzaga keldi. О‘zbekistonning taraqqiyot yо‘lini ishlab chiqishga Birinchi Prezident I.A.
    Karimov boshchilik qildi. 
    Islom Karimov о‘n ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
    tashqari 1992 yil 4 yanvardagi IX sessiyasida sо‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992 yil avgust oyida 
    nashr etilgan «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» asarida О‘zbekistonning taraqqiyot yо‘lini 
    har tomonlama puxta belgilab berdi. 
    О‘zbekistonning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va 
    nutqlarida yangi ma’no – mazmun bilan tо‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. О‘zbekistonda ijtimoiy 
    yо‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tish modeli Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. Besh 
    tamoyilini о‘z ichiga olgan bu modelning mazmuni va mohiyati Prezidentning 1993 yilda nashr etilgan 
    «О‘zbekiston — bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li» nomli asarida asoslab berildi. Bu 
    yо‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «о‘zbek modeli» deb qabul 
    qilindi.О‘zbek modelini ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, 
    xо‘jalik imkoniyatlari, shart – sharoitlari, eski tuzumdan meros bо‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. 
    Quyidagi keltirilgan jadval orqali besh tamoyilning mohiyatini kо‘rishimiz mumkin: 


     Shunday qilib, О‘zbekistonning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta 
    belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta о‘zgartishlar jarayonlarini 
    muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan о‘tdi. Amaliy 
    islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish 
    strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish 
    maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor 
    yо‘nalish bilan tо‘ldirildi: 
    1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. 
    2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish. 
    3. Kadrlar masalasi. 
    4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror о‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya 
    qilish. 
    5. Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni ta’minlash. 
    6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz 
    daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash. 
    Ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti О‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bо‘lib qoldi. 
    Bu yо‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy 
    islohotlarning qо‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
     ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning 
    о‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam 
    rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;
     kо‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, 
    tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‘sishi uchun asos bо‘ladigan xususiy mulkchilikning 
    davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; 
     korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xо‘jalik ishlariga davlatning 
    tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik 
    usullarini yо‘q qilish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qо‘llash; 
     moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor 
    mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur 
    iqtisodiy о‘zgarishlarni amalga oshirish; 
     iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
    chiqarish;
     jahon iqtisodiy tizimiga qо‘shilib borish;
     kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о‘zgartirish, har 
    bir kishiga о‘z mehnatini qо‘llash sohalari va shakllarini о‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat 
    yaratish. 
    Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab 
    olindi. Eng avvalo, birmuncha о‘tkir ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga 
    yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 

    Download 298.59 Kb.
    1   2   3




    Download 298.59 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi

    Download 298.59 Kb.
    Pdf ko'rish