• 1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi. 2000 – Internet2, IPv6 ish boshladi.
  • 2005 – Web 2.0 texnologiyalari ommaviy tarzda qo`llana boshlandi. Butun olam to`rining qiyofasi o`zgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashhur bo`lib ketdi.
  • 2010 –IPv4 resurslari tugadi va Internet2, IPv6 uning o`rnini egallab, Internetning rasmiy protokoli deb elon qilindi.
  • Internet hozirgi ko`rinishga ega bo`ldi




    Download 448,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana15.02.2024
    Hajmi448,18 Kb.
    #157197
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    6-seminar

    Internet hozirgi ko`rinishga ega bo`ldi. 
    1994 – Yahoo kompaniyasiga asos solindi. 
    1995 – eBay ish boshladi. 
    1995 – birinchi veb brauzer Netscape Navigator sotuvga chiqarildi. 
    1996 – Google loyihasi ish boshladi. 
    1999 – yirik shaharlarda DSL liniyalari orqali internetga ulanish ommaviylasha boshladi. 
    2000 – Internet2, IPv6 ish boshladi. 
    2001 – Fayl almashish xizmati ommaviylashib ketdi. 
    2004 – on line o`yinlar ommaviylashib ketdi. World of Warcraft ga obuna bo`lganlar soni 12 
    mlndan oshdi. 
    2005 – Web 2.0 texnologiyalari ommaviy tarzda qo`llana boshlandi. Butun olam to`rining 
    qiyofasi o`zgardi. You Tube va Wikipedia saytlari mashhur bo`lib ketdi. 
    2007 – Mobil internet ommaviylashdi. Apple iPhone ommaviy ravishda sotila boshladi. 
    2008 – Facebook portali o`zining egasi: 20 yoshli talabaga 6 milliard daromad keltirdi. 
    2010 –IPv4 resurslari tugadi va Internet2, IPv6 uning o`rnini egallab, Internetning rasmiy 
    protokoli deb e'lon qilindi. 
    1969 yilda AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligiga mamlakatdagi 
    barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish 
    topshirilgan edi. Bu tarmoq harbiy mutaxasislarga axborot almashishga yordam ko`rsatishga 
    mo`ljallangan edi. Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa 
    kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va habarlarni yelektron aloqa 
    orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga 
    ishonchli ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishlab chiqganda ham o`sish qobiliyatini saqlab 
    qoluvchi, «o`ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo`yilgan edi. Internet bu XX asrda kashf 
    etilgan telekommunikatsion va kompyuter tarmoqlar majmuidir. Uning tarixi 1960 yillaridagi 
    Karib majorasidan sung, AQShning ilmiy markazlaridan biri bo`lgan RAND CORPARATION 
    korxonasi birinchi marta butun mamlakatni qamrab oladigan markazlashmangan kompyuter 
    tarmog`ini yaratishni taklif qilgandan boshlanadi. Bu loyixani amalaga oshirishdan maqsad harbiy 
    muassasalar, ilmiy va uquv markazlari kompyuterlarni 
    bir tarmoqqa birlashtirib
    , boshqarishni 
    markazlashtirish edi. Maqsad yadro quroli xujumiga ham, tarmoqning bir necha qismi ishdan 
    chiqqan holda ham ishlash faoliyatini saqlab qoladigan sistemani yaratish edi. Bunday sistemani 
    tarmoqlar soni ko`p bo`lgandagina amalga oshirsa bular edi. Shunday qilib Internetga asos solindi. 
    1964- yili 4 tarmoqdan iborat AQSh ning eng nufuzli tekshirish institutlarida 
    joylashgan ARPANET tarmog`i yaratildi. Boshida olimlarning tadqiqot ishlarida foydalanilgan 
    tarmoq, keyinchalik ularning safsata sotishning kompyuterlashgan zanjiriga aylanadi. Ammo 
    shunday tarmoq yaratishning uzi katta muvaffaqiyat edi. 70-yillarda tarmoq ancha usdi. Endi 
    tarmoqning tuzilishi unga xohlagan kompyuterlarni ulash imkoniyatini berdi. Keyinchalik 1974-
    yilda tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli tuzildi va tarmoqning rivojlanishiga turtki 
    bo`ldi. Chunki tarmoqqa ixtiyoriy kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo`ldi. 1983-
    yilda ARPANET-INTERNET deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri bilan bog`langan 
    kompyuterlar va tarmoqlar to’plamidan iborat sistemasiga aylandi. 1980-yillar INTERNETning 
    keskin usish davri bo`ldi. Kompyuterlarning markazlashmagan boshqarish tarmog`i bilan 


    bog`lanish sxemasi butun dunyoga tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSh tarmog`iga 
    ulanishga rozi bo`lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning 
    qo’shilishi hisobiga bo`ldi. NSFNET - AQShning ilmiy-tadqiqot institutlarini, korporatsiya va 
    hukumat idoralarini birlashtiruvchi tarmoq. (1980 yil) EUNET (Europe Union Network) - 
    Evropaning UNIX operatsion sitemasida va UUCP hamda TCP/IP da ishlaydigan mashinalari 
    tarmog`i. Markazi Amsterdam shaxrida. (1982 yil) EARN (European Academic Research 
    Network)- Evropaning o’quv, ilmiy-tekshirish va tadqiqot muassasalarining tarmog`i (1983 
    yil) JUNET - Yaponiyaning UNIX mashinalari tarmog`i (1984 yil) JANET - Buyuk Britaniyaning 
    birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil). Shulardan NSFNETni - Internet Blackbone 
    yoki "internetning asosi" deb atashadi. Tashkil etilgan vaqtda 1980 yilda u 56 Kbit-s tezligida 
    axborot uzata olish qobiliyatiga ega edi. 1988 yilda esa unin tezligi 1,544 Mbit-s oshdi. 1991-
    yili NSFNET tarmog`i takommilashtirildi va uzatish tezligi 44.736 Mbit-s ga etdi. Internetga 
    ulangan kompyuterlar soni 1987 yilda 10 000 bo`lsa, 1989 yilda 100 000 taga etdi, 1995 yilda 
    esa 6,5 million deb hisoblangan. Hozirgi kunda esa dunyoning 150 dan ortik mamlakatida 100 
    milionlab kompyuterlar Internetga ulangan bo`lib, har oyda tarmoq abonentlar mikdori 7-10% 
    ortib bormoqda. Internet dagi kompyuterlar aksariyati AQSh da joylashgan. 90- yillar INTERNET 
    da xizmat tarmoqlari tashkil qilingan davr bo`ldi. 1990 yili Bill Xilan, Elan Emtidj va Piter Deych 
    ARCHIE programmasini ishlab chiqishdi. 1991 yili Bryuster Kaale WAIS programmasini tuzdi, 
    Minnesota universitetida Pol Lindner va Mark Mak-Kayl tomonidan Gopher programmasi tuzildi. 
    1992 yilda Nevada shtati universitetida yaratilgan Veronica sistemasi ishga tushirildi va shu 
    sababli tarmoqdagi kompyuterlar soni milliondan oshib ketadi. Ammo Internetning 90-yillardagi 
    rivojlanishiga asosiy sabab World Wide Web (Butun Dunyo Tarmog`i) ning tuzilishi bo`ldi. Uni 
    birinchi nusxasini 1990 yilining noyabrida CERN (Evropa atomni tekshirish markazi) xodimi Tim 
    Berns-Li yaratdi, lekin 1992 yilgachi ishga tushirilmadi. 1993 yilda NCSA (National Center 
    for 
    Supercomputer Applications
    , Superkompyuterli Hisoblash Milliy Markazi) tomonidan Mosaic 
    programmasi ishlab chiqarildi va shu yil oxiriga 200 ta WWW server ishga tushirilib WWW 
    bo`yicha axborot oqimi 1% ni tashkil qilgan. Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart 
    asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir. Uning nomi ikki xil talqin 
    qilinadi, ya'ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” 
    «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni 
    birlashtiruvchi axborot tizimi bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual 
    to`plamdan tashkil topadi. Internet tarmoqg`i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o`zaro 
    ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog`ining har bir mijozi o`zining 
    shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, 
    Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten 
    muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok 
    etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 
    Internet tarmog`i mijozlari bilan shaxmat o`ynash mumkin. Global tarmoq tushunchasi. Internet 
    tarmog`ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro bog`lovchi 
    lokal tarmoqlardir. Internet tarmog`i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet 
    alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro 
    birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan 
    bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan 
    foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog`iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar 
    ham mavjud bo`lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. 
    Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o`z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan 
    nuqtasidagi 
    istalgan 
    foydalanuvchi 
    bilan 
    muloqot 
    qila 
    olishi 
    mumkin. 
    Internet 
    alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o`zaro 


    birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan 
    bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan 
    foydalanish mumkin. Shuningdek, Internet tarmog`iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar 
    ham mavjud bo`lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. 
    Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o`z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan 
    nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet va WWW bir xil 
    emas. Internet butun dunyo kompyuterlar tarmoqlarining tuplamini belgilaydi va turli xil 
    kompyuter xizmatlarini ko`rsatadi. Bu - E-mail elektron pochta, Usenet telekonfirentsiyalari, FTP 
    ma'lumot 
    fayillarini uzatish sistemasi
    , Telenet uzoqdan terminalga kirish sistemasi, Gopher 
    sistemasi va Butun Dunyo Tarmog`i- WWW. Demak WWW Internetning faqatgina bir qismidir. 
    Lekin u juda tez rivojlanmoqda. WWW - Internet ning ommabop xizmat turidir. Unga ulanish 
    uchun kompyuter bilan modem etarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog`i butun olam 
    axborotlar ombori-kutubxonaga aylanib koladi va u dunyoga yoyiladi. WWW da ma'lumotlar 
    saxifalarda joylashadi. WWW saxifalarning soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu 
    saxifalarning egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va 
    maktablar, tashkilotlar, jurnal va ruznomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu saxifalarda turli-tuman 
    ma'lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqalishning eng qulay 
    usulidir. U unga kiruvchi va ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma'lumotlar almashish 
    imkoniyatini yaratib beradi. 

    Download 448,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 448,18 Kb.
    Pdf ko'rish