Internet va Intranet Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon
global kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy
(lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, o`zining alohida
axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa
kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.
O`zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot
uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-
Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi,
xalqaro
anjumanlarda ishtirok etishi
, bank muammolalarini amalga oshirishi va hatto boshqa
mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan kompyuter o`yinlarini o`ynashi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun
jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan muhitga
biriktirish imkoniyati tug`ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo`lsak, internet
birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o`zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot qilish
imkonini yaratib beruvchi "axborotlashgan magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda
mavjud bo`lgan ma'lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan
tashqari internet bugungi kunda dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda
zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Unga asosan internetga
bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil etadi.
Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich
(audiokolonka) va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati "internet
provayderlari" yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon
tarmog`i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet
tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro bog`lovchi lokal
tarmoqlardir. Internet alohida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar
guruhini o`zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita
internetga ulangan bo`lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi internetga ulanishi
mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud. Ularni
xost-kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter
takrorlanmaydigan raqamli o`z adresiga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi
istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.