|
6-mavzu: media maydon tuzilishi va ta`siri. Reja: Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasiBog'liq 6-seminarIntranet - bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida tashkil
etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini
beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi
kompyuter tarmog`idir. Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir
yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar
bazasi va
fayllardan foydalanish uchun
, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom
bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Server - bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko`rsatadigan kompyuter yoki
programmadir. Yani boshqa kompyuterlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi
kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha Server ishlashi mumkin.
Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday
ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha
elektron xujjat va ma'lumotlar bazasini giperbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona
informatsion muxit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin
bo`ladi. Internet tarmog`ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari
(telefon, sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning
texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog`ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy
qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida
(yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar. Internet tarmog`ining axborot ta'minoti Internet
tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv,
video tasvir
, veb-
sayt va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
|
| |