6. MAVZU: Microsoft Excel dasturi. Sonli ma’lumotlarni qayta
ishlash texnologiyasi.Tibbiyot ma’lumotlarini kompyuter
yordamida analiz qlilsh.
REJA:
1.
Ustunda biror belgini ajralib turuvchi qiymat kiritish
2.
Ma’lumotlarni tekshirish funksiyasi orqali ma’lumot kiritishni cheklash.
3.
Ctrl + Yo’naltirma Tugmasi orqali tez harakatlanish
4.
Qatordagi ma’lumotni ustunga ag’darish
5.
Ma’lumotni to’lig’icha berkitish
Ustunda biror belgini ajralib turuvchi qiymat kiritish.
Siz filtr tugmasi nima ish qilishini
yaxshi bilsangiz kerak, lekin kamdan-kam
odam Murakkab Filtr (Advanced Filter) xizmatidan foydalanadi.
Chunki ushbu
filtr ustundagi ma’lumotdan biron qiymatni filrlamoqchi bo’lganingizda kerak
bo’ladi. Ustunga bosasiz va Data-Advanced ga kirasiz. So’ng
ahoхida oyna
ochiladi. Rasmdan ko’rganizdek, shunday boshqa manzilni tanlaysizki,
u yer
ikkinchi qizil хududga mos tushishi kerak. Keyin esa manzilni ko’rsatish uchun
qiymatni kiritish yoki o’sha manzilga bosish orqali tanlaysiz.
Ushbu misolda,
ajralib ko’rsatilgan yosh C ustundan – E ustunga o’tkazilmoqda. Faqatgina alohida
ma’lumot(Unique records only)ni tanlash esdan chiqmasin. So’ngra OK bosiladi.
Shunday qilib C ustundagi boshlang’ich ma’lumotingiz E ustunda ko’rsatilmoqda.
Ma’lumotlarni tekshirish funksiyasi orqali ma’lumot kiritishni cheklash.
Ma’lumotlarni to’g’riligini ta’minlash maqsadida, ba’zan kiritadigan
qiymatni cheklash va keyingi choralar uchun maslahatlar kiritish lozim bo’ladi.
Misol uchun, ushbu varaqdagi yosh butun sonlar bo’lishi va ro’yxatdagi
barcha
kishilar 18 va 60 yosh orasida bo’lishi talab qilinishi mumkin. So’ralgan
ma’lumotdan tashqariga chiqib ketmaslik uchun, Data-Data Validation-Setting ga
kirasiz, kiritish shartlini joriy qilasiz va kiritma xabarini misol uchun “Yoshni
kiritishda butun sondan foydalaning, u esa 18-60 orasida bo’lsin”
deb qoldirish
mumkin. Foydalanuvchilar ko’rsatkichni (kursor) joriy katakchaga olib borganda,
agar kiritma nomuvofiq kelganda ogohlantiruvchi ma’lumot ekranga chiqariladi.