|
Pedagogik kengashning huquq va majburiyatlari
|
bet | 3/5 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 65,5 Kb. | | #154406 |
Bog'liq 6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi.Pedagogik kengashning huquq va majburiyatlari. Pedagogik kengash quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv jarayonini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
o‘quv yili yakunida tarbiyalanuvchilarni keyingi guruhga ko‘chirish yoki guruhda qoldirish masalalarini hal etish;
o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlarida faol ishtirok etgan pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti huzuridagi maxsus komissiyaga taklif kiritish;
pedagog xodimlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti huzuridagi maxsus komissiyaning kamida ikki nafar a’zosini tayinlash;
pedagog xodimning malaka toifasini oshirish bo‘yicha tavsiya berish;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining istiqbol rejasini belgilash.
Pedagogik kengash qonun hujjatlariga hamda o‘z vazifalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagogik kengash quyidagilarga majbur:
maktabgacha ta’lim tashkiloti ish rejasi bajarilishini ta’minlash;
pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish;
har chorakda maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik kengashining faoliyatiga doir hisobotini ko‘rib chiqish;
ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha berilgan har qanday taklifni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
mashg‘ulotlarning o‘quv rejasini tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirishga qulay bo‘lishi nuqtayi nazaridan takomillashtirish;
ta’lim-tarbiyaga oid munozarali masalalarni muhokama qilish va yakuniy qaror qabul qilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik izlanishlarni va ijodiy tashabbuskorliklarni qo‘llab-quvvatlash;
o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishning turli shakl va uslublarini muhokama qilish va amaliyotga tatbiq etish;
pedagog xodimlarga maktabgacha ta’limga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlarning yetkazilishi va tushuntirish ishlarining olib borilishini nazorat qilish.
Pedagogik kengash qonun hujjatlariga hamda o‘z vazifalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
|
| |