|
6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi. Reja
|
bet | 4/5 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 65,5 Kb. | | #154406 |
Bog'liq 6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi.Pedagogik kengash hujjatlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining (bo‘ysunuviga ko‘ra yuqori turuvchi tashkilotning) buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;
pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;
pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;
pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari;
pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.
Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy, tayyorlangan tahliliy materiallar va hujjatlar esa uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
Pedagogik kengash qarorlarini bajarish maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir xodimi uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati pedagogik kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida mudiraga ta’lim va tarbiya ishlarida birinchi yordamchi va hamkor, maslakdosh uslubchi bo‘ladi. Uslubchi xo‘jalik ishlarini istisno qilganda deyarli barcha ishlarda mudiraning tarbiyaviy ishlardagi hamkoridir. Uslubchiga g‘oyat mas’uliyatli quyidagi vazifalar yuklatilgan: pedagogik kengash raisining o’rinbosari vazifasini bajarish; ta’lim-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, muassasa xodimlariga o’z vazifalarining ijrosi bo’yicha uslubiy-amaliy yordam ko’rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish; muassasaning ta’lim va tarbiya bo‘yicha yillik ish rejasini tuzish; muassasaning o’quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish; tarbiyachilar va ta’lim-tarbiya jarayoni haqida ota-onalar fikrini o’rganish maqsadida so’rovnomalar tashkil qilish, tahlilini umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish; ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar tayyorlash va amalga oshirish ishlarini tashkil qilish; ta’lim va tarbiya ishlarda o’ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko’rsatayotgan yoki nuqsonlariga yo’l qo’yayotgan xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko’rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish; ta’lim va tarbiya jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo’yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; pedagog xodimlarning malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, muassasa faoliyatini takomillashtirish choralarini ko’rish;
• boshqarma Web–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash; maktabgacha ta’lim tashkiloti tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to’ldirish choralarini ko’rish; maktabgacha ta’lim tashkilotining uslubiy ishlar bo’yicha yillik hisobotlarni umumlashtirish; maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining mehnat intizomlari ustidan nazorat o’rnatilishini tashkil qilish; maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko’rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko’rish; ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko’rish.
|
| |