|
6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 65,5 Kb. | | #154406 |
Bog'liq 6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi.
6-Mavzu. Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi-mudira hamkorligi.
Reja:
Pedagogik kengashni tashkil etish va boshqarishda uslubchi–mudira hamkorligi.
Maktabgacha ta’limni tizimli va vaziyatli boshqaruv tamoyillari.
Tayanch so‘z va iboralar: uzluksiz ta’lim tizimi, xalq ta’limi tizimi, Milliy dastur, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, maktabgacha ta’lim, pedagogik kengash, yillik ish reja, tarbiyachi, rekonstruktsiya, ta’limdagi islohotlar.
Pedagogik kengash maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi. Pedagogik kengashning faoliyati jamoatchilik asosida tashkil etiladi.
Pedagogik kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, tegishli Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga amal qiladi.
Pedagogik kengashning maqsadi va asosiy vazifalari. Pedagogik kengashning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotida davlatning ta’lim siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, uni takomillashtirishda pedagogik jamoaning faoliyat yo‘nalishini belgilash, ta’limdagi yutuqlarni va ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik jamoani birlashtirish, demokratiya, oshkoralik, o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvini amalga oshirishdan iborat.
Pedagogik kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jamoasining faoliyatini tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’minlashga, tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirishga yo‘naltirish;
o‘quv va darsdan tashqari mashg‘ulotlar dasturlarini muhokama qilish va tasdiqlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotining vasiylik kengashi hamda pedagog xodimlarining yo‘nalishlar bo‘yicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, maktabgacha ta’lim tashkilotining sanitariya-gigiyenik holati, yong‘inga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va yakuniy xulosa berish;
yangi o‘quv yili boshlanishiga qadar maktabgacha ta’lim tashkiloti huzuridagi maxsus komissiyaning Maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning mudira jamg‘armasi hisobidan pedagog xodimlarning bazaviy lavozim maoshlariga ustamalar belgilash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan axborotini eshitish;
bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish, tarbiyalanuvchilarni guruhdan yuqori guruhga o‘tkazish, yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish, shu jumladan, eksternlarni attestatsiyaga qo‘yish, bitiruvchilarga o‘qishni bitirganlik to‘g‘risida hujjatlarni, shu jumladan ularning dublikatini berish, a’lo ko‘rsatkichlarga va namunali xulqqa ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni rag‘batlantirish yuzasidan qarorlar qabul qilish;
ixtisoslashtirilgan fandan qo‘shimcha yakuniy attestatsiya kiritish masalasini ko‘rib chiqish (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida);
tarbiyalanuvchilarga ta’lim berishda o‘qitishning ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini ko‘rish;
tarbiyalanuvchilarni yuksak ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, o‘z Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi tarbiyalanuvchilar ro‘yxatini tasdiqlash;
ilg‘or tarbiyachilarning ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh tarbiyachilarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;
o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga oid pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qilish va yakuniy xulosa chiqarish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;
tarbiyalanuvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasasiga o‘tkazish haqida qaror qabul qilish (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida);
o‘z guruhdoshilariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi bo‘lgan psixik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalarni bir guruh yuqoriga ko‘chirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilish (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida);
alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilarining mazkur ta’lim muassasasida bo‘lish muddati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish (alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarda);
Mehribonlik uyi rahbari ishtirokida ushbu muassasa tarbiyalanuvchisining o‘qishi har bir bosqichda qancha davom etishi to‘g‘risida xulosa qabul qilish (Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘qiyotgan ta’lim muassasalarida).
Pedagogik kengashga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
|
| |