• Raqamli fuqarolik
  • 6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja




    Download 112 Kb.
    bet1/17
    Sana15.06.2023
    Hajmi112 Kb.
    #73317
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    6 Mavzu maruza Media


    6-MAVZU: RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET
    Reja:

    1. Raqamli dunyo va raqamli fuqarolarning huquqlari.
    2. Kiberjinoyat – yuqumli kasallik, Raqamli gigiena – vaksina.
    3. Netiket qoidalari – raqamli olam tartib-qoidasi.
    Tayanch so‘zlar: gigiyena, netiket, raqamli dunyo, huquq, kiberjinoyat, kibermakon.
    Raqamli huquq g‘oyasi Internet tarmog‘i paydo bo‘lishi bilan dunyoga
    keldi. Raqamli qonunchilik shakllanish jarayonini boshdan o‘tkazib, doimiy
    o‘zgarishlarga yuz tutmoqda. Hozir tarmoqda o‘zini to‘g‘ri tutish va xavfsizlik
    ko‘nikmalarini shakllantirish uchun uning murakkab qoidalarini
    o‘rganishning ayni vaqti. Raqamli etika haqida gapirganda kengroq ko‘lamda
    xulq va o‘zaro ta’sirni nazarda tutamiz, raqamli gigiena esa - axborot
    xavfsizligining turli darajalarda namoyon bo‘lishiga oid qoidalardir.
    Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari moliyaviy va kiberjinoyatlar
    oldida ojiz bo‘lib qolyaptilar, tarmoqda himoya borasida esa aniq va
    tushunarli normalar hali-hanuz mavjud emas. Shu bois, raqamli gigiena
    qoidalari - endilikda tavsiya emas, har kim uchun real ehtiyojdir!
    Raqamli fuqarolik Raqamli fuqaro - bu mamlakat va jamiyat hayotida ishtirok etish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanadigan kishi. Ushbu maqomga erishish uchun Internetdan muntazam va samarali foydalanish, shu bilan
    birga, texnologiyalarni qo‘llashda mas’uliyatli bo‘lish kifoya.
    Oddiy fuqarolik bilan raqamli fuqarolikning farqi nimada?
    Birinchi navbatda, raqamli fuqarolik beradigan yangi imkoniyatlarda:
    •davlat elektron xizmatlaridan foydalanish;
    •qog‘ozbozlikning kamayishi;
    •jamiyat hayotiga tegishli masalalar yuzasidan muhokamalarda elektron
    ishtirok etish;
    •kelishuvlar;
    •tovar va xizmatlardan foydalanish;
    •global jamiyat hayotida ishtirok etish.
    Hatti-harakatlarning eksterritorialligi ham e’tiborga loyiq —
    axir, muhimi, onlayn bo‘lish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va boshqa servislar barcha
    qiziqishlarimizdan boxabar, bu ularga foydalanuvchi haqida to‘liq
    tasavvurga ega bo‘lish, uning portretini yaratish imkonini beradi. Shuning
    uchun, Siz bo‘lishayotgan har bir narsa beiz qolmasligini - Sizning izingizni
    qoldirishini anglash muhim. Keyin nima bo‘ladi?- target reklama
    - marketing va ijtimoiy tadqiqotlar va h.k.Yuqorida sezilarli zarar keltirmaydigan, kezi kelsa, foydali misollar keltirildi. Biroq Siz haqingizdagi axborot servis va
    platformalarda narx-navo shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa
    zaruriy mahsulotlar reklamasidek yoqimli emas. Yodingizda bo‘lsin, hech bir
    ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar o‘g‘irlanishi xavfidan mutlaq himoyaga ega
    emas. Demak, Siz izlagan ma’lumotlar tarixi va kontent bilan bog‘liq
    harakatlaringiz jinoyatchilar qo‘liga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun
    ham bugun har bir ongli foydalanuvchi uchun raqamli savodxonlik
    ko‘nikmalariga ega bo‘lish va o‘z ma’lumotlarini qanday himoyalashni bilish
    muhim.
    Har kuni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt va boshqa resurslar cheksiz
    ko‘lamdagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi va qayta ishlaydi.
    Shaxsiy ma’lumotlar - bu muayyan jismoniy shaxsga bevosita yoki
    bilvosita tegishli bo‘lgan axborot. Masalan, ism va familiya, telefon raqami
    va elektron manzil - biz kuniga bir necha marotaba xayrixohlik bilan
    bo‘lishadigan ma’lumotlar.



    Download 112 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 112 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja

    Download 112 Kb.