6-mavzu Refleks. Refleks yoyi.
Nerv sistemasi bor hayvonlarda reaksiyalarning maxsus tipi — reflekslar
rivojlangan. Sezuvchi nerv oxirlari — retseptorlarning ta’sirlanishiga javoban
albatta nerv sistemasining ishtiroki bilan organizmda ro‘y beradigan reaksiyalar
r e f l e k s l a r deb ataladi.
Ta’sirotga javoban retseptorlarda nerv impulslarining ritmik zalplari vujudga
keladi. Retseptorlardan o‘tadigan axborot impulslar chastotasi va ritmida
kodlangan.
Turli retseptorlar strukturasi va funksiyalari bilan bir-biridan farq qiladi.
Ulardan bir qismi muayyan ta’sirotlarni sezishga maxsus moslashgan organlarda,
masalan, ko‘zda, quloqda bo‘ladi. Ko‘ruv retseptorlari ko‘zning to‘r pardasida
bo‘lib, ko‘zning optik sistemasi yorug‘lik nurlarini to‘r pardasida fokuslaydi.
Quloq tovush tebranishlarini eshituv retseptorlariga o‘tkazadi. Turli retseptorlar
o‘zlari uchun adekvat bo‘lgan ta’sirlovchilarni sezishga moslashgan.
Retseptorlarning quyidagi turlari bor: 1) mexanoretseptorlar: a) tegishni
sezadigan — taktil retseptorlar; b) cho‘zilish va bosimni sezadigani —
pressoretseptorlar va baroretseptorlar; v) tovush tebranishlarini sezadigani —
fonoretseptorlar; g) tezlanishni sezadigani — ak-selleretseptorlar, yoki
vestibuloretseptorlar; 2) xemoretseptorlar muayyan ximiyaviy birikmalarning
ko‘rsatadigan ta’sirini sezadi; 3) ter-moretseptorlar temperatura o‘zgarishini
sezadi; 4) fotoretseptorlar yorug‘lik ta’sirini sezadi; 5) osmoretseptorlar osmotik
booimning o‘z garishini sezadi.
T a s h q i m u h i t d a n k e l u v c h i t a ’ s i r o t l a r n i sezadigan retseptorlar: tovush
tebranishlarini, yorug‘lik ta’sirini sezadigan retseptorlar, hid bilish, tam bilish
retseptorlari, temperatura o‘zgarishini sezadigan va taktil retseptorlar gavda sirtiga
yaqin joylash-gan bo‘lib, eksteroretseptorlar deb ataladi. O r g a n i z m ichki muh
i t i, organlar holati va faoliyatining o‘zgarishiga aloqador o‘zgarishlarni sezadigan
retseptorlar interoretseptorlar deb ataladi (skelet muskullaridagi retseptorlar—
proprioretseptorlar ham interoretseptorlarga kiradi).
Markaziy nerv sistemasi faoliyatining asosiy va o‘ziga xos belgisi reflektor aktlarni
yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I. P- Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan
edi: «Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan
nerv hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati va
butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida
qaror topadi».
Refleks — tashqi yoki ichki muhit o‘zgarganda retseptorlarning ta’sirlanishiga
javoban organizmning markaziy nerv sistemasi yordamida ko‘rsatadigan qonuniy
reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki
to‘xtashida: muskullarning qisqarishi yoki bo‘shashuvida, bezlar sekresiyasida
yoki sekresiyaning to‘xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga
o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi.
Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o‘z ichki holatining turli
o‘zgarishlariga tez reaksiya ko‘rsata oladi va shu o‘zgarishlarga tez moslasha oladi.
Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati
shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo‘qolganda ham (nerv sistemasining ayrim
bo‘laklari operatsiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko‘pincha chuqur
invalidlik ro‘y berib, doimo sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy
funksiyalarni yuzaga chiqarib bo‘lmaydi.
Markaziy nerv sistemasi reflektor faoliyatining ahamiyati I. M. Sechenov va I. P.
Pavlovning klassik asarlarida to‘liq ochib berilgan. I. M. Sechenov 1862 yildayoq
«Bosh miya reflekslari» degan shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning hamma
aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir» degan edi.
Retseptor neyronlar, kiritma neyronlar va effektor neyronlarning zanjirlari reflektor
faoliyatning struktura asosini tashkil etadi. Har qanday refleksning yuzaga
chiqishida impulslarning retseptordan ijrochi organga o‘tadigan yo‘li o‘sha
zanjirlardan hosil bo‘ladi. Bu yo‘l reflektor duga (refleks yoyi) deb ataladi. Unga
quyidagilar kiradi: 1) ta’sirotlarni qabul qiluvchi retseptorlar; 2) retseptor
neyronlarning qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beruvchi
o‘siqlari— afferent nerv tolalari; 3) impulslarni effektor neyronlarga o‘tkazuvchi
sinapslar va neyronlar; 4) impulslarni markaziy nerv sistemasidan periferiyaga
o‘tkazuvchi efferent nerv tolalari; 5) refleks natijasida faoliyati o‘zgaradigan ijrochi
organ.
Eng oddiy reflektor dugani sxema tarzida atigi ikkita neyron, bitta sinaps orqali
bog‘langan retseptor va effektor neyronlardan hosil bo‘lgan deb tasavvur qilish
mumkin. Bunday reflektor duga ikki neyronli va monosinaptik duga deb ataladi.
Aksari reflekslarning reflektor dugalariga ikkita emas, balki ko‘proq neyron:
retseptor neyron, bitta yoki bir necha kiritma neyron va effektor neyron kiradi.
Bunday reflektor dugalar ko‘p neyronli va polisinaptik dugalar deb ataladi.
Polisinaptik reflektor dugalarning har xil variantlari bo‘lishi mumkin. Shunday eng
oddiy dugaga atigi uchta neyron va ularning orasidagi ikkita sinaps kiradi .
Polisinaptik reflektor dugalar bor. Ularda retseptor neyron bir necha kiritma neyron
bilan birlashgan, kiritma neyronlardan har biri turli effektor neyronlarda yoki bir
effektor neyronning o‘zida sinapslar hosil qiladi.
Sut emizuvchi hayvonlarda reflektor reaksiyalar ona qornidagi taraqqiyot
davrida kelib chiqadi. Sutemizuvchilar embrionining reflektor faoliyati embrion
bachadondan operatsiya yo‘li bilan olingach tekshiriladi.
Odam embrionida dastlabki reflektor reaksiyalar ona qorinidagi hayot 3oyining
ikkinchi yarmida aniqlanadi. Avvalo bosh refleksogen zonalarining, so‘ngra qo‘l va
tana refleksogen zonalarining, eng keyin oyoq refleksogen zonalarining
ta’sirlanishiga javoban reflektor harakatlar ro‘y beradi. Sutemizuvchilar
embrionining dastlabki reflektor harakatlari gavda bir qismining yakkalangan kalta
harakatlaridan iborat bo‘ladi (A. A. Voloxov). Oyoq kafti refleksi, tizza refleksi va
qo‘l barmoqlari bilan changallashdan iborat reflektor harakat odam homilasida juda
barvaqt aniqlanadi.
Dastlabki reflektor harakatlar paydo bo‘lgach bir necha kundan keyinoq lokal,
cheqlangan xarakterini yo‘qotadi. Badanning ma’lum bir qismi ta’sirlanganda
qo‘zg‘alish butun gavda muskullariga yoyiladi. Ona qornidagi hayotning 3—6oyida
bachadondan olingan odam embrionlarining reflektor harakatlarini tekshirgan M. A.
Minkovskiyning kuzatishicha, homilaning oyoq panjasi salgina bosilganda shu
oyoqning o‘zigina emas, qarama-qarshi oyoq ham bukilgan, shuningdek qo‘l, tana
va bosh muskullari qisqargan. Bu yoshdagi embrion gavdasining har qanday qismi
refleksogen zona bo‘lib, gavdaning kattagina qismini va hatto hammasini harakatga
keltira oladi. Shunday qilib, embrional taraqqiyotning bu davrida markaziy nerv
sistemasida qo‘zg‘alish keng tarqaladi (irradiatsiya), shuning natijasida markaziy
nerv sistemasining hammasi har qanday ta’sirotga javoban reaksiyalarni yuzaga
chiqarishda ishtirok etadi.
Markaziy nerv tizimi faoliyatining asosiy va o‘ziga xos belgisi reflektor aktlarni
yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi:
«Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko‘p uchraydigan nerv
hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to‘g‘ri va aniq o‘zaro nisbati va butun
organizmning tevarakatrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror
topadi». Refleks — tashqi yoki ichki muhit o‘zgarganda retseptorlarning
ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy nerv tizimi yordamida ko‘rsatadigan
qonuniy reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi
yoki to‘xtashida: mushaklarning qisqarishi yoki bo‘shashuvida, bezlar sekresiyasida
yoki sekresiyaning to‘xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga
o‘xshashlarda namoyon bo‘ladi. Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi
muhitning yoki o‘z ichki holatining turli o‘zgarishlariga tez reaksiya ko‘rsata oladi
va shu o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy nerv
tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman
yo‘qolganda ham (nerv tizimining ayrim bo‘laklari operatsiyada olib tashlanganda
yoki kasallanganda) ko‘pincha chuqur invalidlik ro‘y berib, doimo sinchiklab
parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy funksiyalarni yuzaga chiqarib
bo‘lmaydi. Markaziy nerv tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M. Sechenov va
I.P. Pavlovning klassik asarlarida to‘liq ochib berilgan. I.M. Sechenov 1862
yildayoq «Bosh miya reflekslari» nomli shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning
hamma aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir», degan edi. Reflekslarning
turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi bilan farq qiladi.
Reflekslarni
bir
qancha
belgilariga
qarab
turli
guruhlarga
ajratish,
klassifikatsiyalash mumkin. 1. Biologik ahamiyati bo‘yicha: ovqatlanish, mudofaa,
jinsiy, chamalash, pozali-tonusli (fazoda gavdani tutish reflekslari), lokomotor
(fazoda tanani harakatlantirish reflekslari). 2. Mazkur reflektor aktini chaqiradigan
qo‘zg‘atuvchi retseptorlarni joylashishi bo‘yicha: eksteroretseptiv refleks – tananing
tashqi yuzasidagi retseptorlarni ta’sirlanishi, vissero- yoki interoretseptiv refleks –
ichki a’zo va tomirlardagi retseptorlar ta’sirlanganida paydo bo‘ladigan reflekslar,
proprioretseptiv (miotatik) refleks – skelet mushaklari, bo‘g‘imlar, pay retseptorlari
ta’sirlanganida paydo bo‘ladigan reflekslar. 3. Refleksda ishtirok etadigan
neyronlarni qaerda joylashganligi bo‘yicha: spinal reflekslar – neyronlar orqa
miyada joylashgan, bulbar reflekslar – albatta uzunchoq miya neyronlari ishtirokida
amalga oshadigan reflekslar, mezensefal reflekslar – o‘rta miya neyronlari
ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, diensefal reflekslar - oraliq miya neyronlari
ishtirok etadi, kortikal reflekslar – bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i
neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar. Shuni aytish lozimki, markaziy
nerv tizimining yuqori bo‘limlarida joylashgan neyronlar ishtirokida amalga
oshadigan reflekslarda har doim quyi bo‘limlar – oraliq, o‘rta, uzunchoq va orqa
miyada joylashgan neyronlar ham ishtirok etadi. Boshqa tomondan esa, oraliq,
o‘rta, uzunchoq va orqa miya bilan amalga oshadigan reflekslarda nerv impulslari
MATning yuqori bo‘limlariga yetib boradi. Shunday qilib, ushbu klassifikatsiya
qandaydir darajada shartli hisoblanadi. 4. Refleksda qaysi a’zo ishtirok etishiga
qarab qaytariladigan javob reaksiyasiga ko‘ra: motor, yoki harakat reflekslari –
ishchi a’zo bo‘lib mushaklar hizmat qiladi; sekretor reflekslar – bez sekresiyasi bilan
tugaydigan; tomirlarni harakatlantiruvchi reflekslar – qon tomirlarini torayishi yoki
kengayishi bilan kechadigan reflekslar. Butun organizmning barcha reflektor aktlari
shartsiz va shartli reflekslarga bo‘linadi, ularning o‘rtasidagi tafovut quyida ko‘zdan
kechiriladi. Laboratoriya sharoitida hayvonlar ustida yoki klinikada odam nerv
tizimining kasalliklarida hammadan ko‘p tekshiriladigan bir qadar oddiy
reflekslardan ba’zilariga quyidagilar misol bo‘la oladi. Baqaning oyoq terisiga igna
sanchilsa yoki baqa oyog‘i kuchsiz kislota eritmasiga botirilsa, o‘sha oyoq
mushaklari refleks yo‘li bilan qisqaradi - baqa oyog‘i bukilib, ta’sirotdan
uzoqlashadi. Bu bukish refleksidir. Baqa tanasining yon terisiga bir parcha filtr
qog‘ozini kislotaga ho‘llab bosilsa, o‘sha tomondagi oyoqni yaqinlashtiruvchi
mushaklar qisqaradi, baqa ta’sirlangan joyini artadi va qog‘ozni uloqtirib yuboradi.
Bu refleks artish refleksi deb ataladi. Itning oyoq terisiga elektr toki bilan ta’sir
etilganda ham refleks yo‘li bilan bukish harakati yuzaga chiqadi. Yon terisini artish
qashinish refleksining ta’sirlovchisi hisoblanadi, ta’sirlanayotgan tomondagi
keyingi oyoq tananing yon yuzasiga tortiladi va qashinishning ritmik bukish
harakatlari ro‘y beradi. Odam oyoq kaftining terisiga ta’sir etilganda oyoq panjasi
va barmoqlari refleks yo‘li bilan bukiladi — oyoq kaftining refleksi. Sog‘lom
bolalar hayotining dastlabki oylarida va katta yoshli kishilar markaziy nerv
tizimining ba’zi kasalliklarida oyoq kaftining terisiga ta’sir etish natijasida bosh
barmoq yoziladi va oyoqning boshqa barmoqlari yelpig‘ichga o‘xshash taralib
ketadi — Babinskiy refleksi deb shuni aytiladi. Mushak payiga bolg‘acha bilan
yengilgina urilganda mushakning cho‘zilishi uning reflektor qisqarishiga sabab
bo‘ladi. Bu pay-mushak proprioretseptiv refleksidir. Jumdalan, tizza refleksi (son
to‘rt boshli mushakining payiga tizza ko‘zining pastidan urilganda oyoqning
tizzadan keskin yozilishi) va Axill refleksi (Axill payiga urilganda boldir
mushagining keskin qisqarishi) shunday reflekslarga kiradi.
Emadigan bolaning labiga tEgish ritmik Emish harakatlarining kElib chiqishiga
sabab bo‘ladi. Bu emish refleksidir. Halqumning orqa devoriga biron qattiq narsa
bilan ta’sir etilganda odam refleks yo‘li bilan qusishi mumkin (qusish refleksi).
Ko‘zning shox pardasiga biror narsa tekkanda ko‘z qovoqlari yumiladi (korneal
refleks). Ko‘zga ravshan yorug‘lik tushganda ko‘z qorachiqlari torayadi (qorachiq
refleksi). Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba’zilari spinal reflekslardir, ya’ni
ular yuzaga chiqishi uchun orqa miyani butun bo‘lishi kifoya. Baqa boshidan judo
qilingach uning oyog‘ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
mushak reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari ham
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‘yin yoki ko‘krak segmentlarining
to‘g‘risidan ko‘ndalangiga qirqib qo‘yilganda ham bu reflekslarni kuzatish mumkin.
Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarga (ya’ni uzunchoq miya
reflekslarining) misol bo‘ladi, qorachiq refleksi esa o‘rta miya neyronlarining
muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan mezensefal refleksga misol bo‘ladi.
Shartli va shartsiz reflekslarning tafovuti Shartsiz reflekslar — organizmning
irsiyat yo‘li bilan o‘tadigan tug‘ma reaksiyalaridir. Shartli reflekslar —
organizmning individual taraqqiyot jarayonida «turmush tajribasi» asosida kasb
etadigan reaksiyalaridir. Shartsiz reflekslar turga taalluqli, ya’ni shu turning hamma
vakillariga xosdir. Shartli reflekslar individual bo‘ladi: bir turning ba’zi vakillarida
bo‘lishi, boshqalarida esa bo‘lmasligi mumkin. Shartsiz reflekslar birmuncha
doimiy; shartli reflekslar esa doimiy bo‘lmay, muayyan sharoitga qarab hosil
bo‘lishi, mustahkamlanishi yoki yo‘qolishi mumkin; ularning bu xossasi nomidan
ham ko‘rinib turibdi. Shartsiz reflekslar muayyan bir retseptiv maydonga qo‘yilgan
adekvat ta’sirlovchilarga javoban yuzaga chiqadi. Shartli reflekslar esa turli
retseptiv maydonlarga qo‘yilgan turli-tuman ta’sirotlarga javoban yuzaga chiqa
oladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i juda rivojlangan hayvonlarda shartli reflekslar
miya po‘stlog‘ining funksiyasi hisoblanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i olib
tashlangach shartli reflekslar yo‘qolib, faqat shartsiz reflekslar qoladi. Bundan
anglashiladiki, shartli reflekslarga qaramaqarshi o‘laroq, shartsiz reflekslarning
yuzaga chiqishida markaziy nerv tizimining quyi bo‘limlari — po‘stloq ostidagi
yadrolar, miya stvoli va orqa miya yetakchi rol o‘ynaydi. Ammo, funksiyalar yuksak
darajada kortikallashgan odam va maymunlarda ko‘pgina murakkab shartsiz
reflekslar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadi.
Primatlarda katta yarim sharlar po‘stlog‘ining zararlanishi natijasida shartsiz
reflekslarning
patologik ravishda buzilishi va ba’zilarining yo‘qolib ketishi shundan guvohlik
beradi. Shartsiz reflekslarning hammasi ham darrov tug‘ilish paytigacha hozir
bo‘lavermasligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ko‘pgina shartsiz reflekslar, masalan,
lokomotsiya, jinsiy aktga taalluqli reflekslar odam va hayvon tug‘ilgandan keyin
uzoq vaqt o‘tgach yuzaga chiqadi, lekin ular nerv tizimi normal taraqqiy
etgandagina namoyon bo‘ladi. Shartsiz reflekslar filogenez jarayonida
mustahkamlangan va irsiyat yo‘li bilan o‘tadigan reflektor reaksiyalar fondiga
qo‘shiladi. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida vujudga keladi. Shartli
refleks hosil bo‘lishi uchun tashqi muhit yoki organizm ichki holatining biron
o‘zgarishi katta yarim sharlar po‘stlog‘iga sezilib, biron shartsiz refleksning yuzaga
chiqishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi kerak. Faqat shundagina tashqi muhit yoki
organizmning ichki holatini o‘zgarishi, shartli refleksning ta’sirlovchisi — shartli
ta’sirlovchi yoki signal bo‘lib qoladi. Shartsiz refleksga sabab bo‘luvchi ta’sirot —
shartsiz ta’sirot shartli refleksning vujudga kelishida shartli ta’sirotga yo‘ldosh
bo‘lishi, uni mustahkamlashi kerak.
|