|
68 Korxona bosh pasaytiruvchi podstansiyasining o‘rnatish joyini aniqlash
|
bet | 1/2 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 19,68 Kb. | | #157292 |
Bog'liq Korxona bosh pasaytiruvchi podstansiyasining o‘rnatish joyini aniqlash
68
Korxona bosh pasaytiruvchi podstansiyasining o‘rnatish joyini aniqlash
Sanoat korxonalarining bosh pasaytiruvchi podstansiyalarida, elektr energetikasi tizimidan uzatilgan yuqori kuchlanishli (35, 110, 220, 500 kV) elektr energiyasini
6-10 kV li kuchlanishga pasaytiradi. Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning o’rnatish joyini to’g’ri tanlash, sanoat korxonasining elektr ta’minoti tizimini optimal loyihalashdagi asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Korxonaning elektr ta’minotini loyihalash jarayonida, uning bosh plani berilib, unda barcha sexlar va boshqa ob’yektlar ko’rsatilgan bo’ladi. Sexlarning joylashish tartibi korxonaning texnologik jarayonidan kelib chiqadi. Planda sex va boshqa ob’yektlardagi qurilmalarning o’rnatilgan quvvatlari ko’rsatiladi. Bulardan tashqari ayrim sex va korxonaning aktiv va reaktiv quvvatlarining yozgi va qishki fasllariga tegishli bo’lgan xarakterli kunlik grafiklari beriladi. Korxonaning bosh pasaytiruvchi podstansiyasining joylashish o’rinlarini to’g’ri tanlash elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf- xarajatlarni kamaytiradi. BPP ni joylashish o’rnini to’g’ri tanlash uchun, korxonaning bosh planiga elektr yuklamalar kartogrammasi chiziladi.
Elektr yuklamalar kartogrammasi deb, har bir ob’yekt va sex maydonlarida chizilgan doiralar tushuniladi. Ularning markazlari sifatida, ob’yekt va sex bosh planlarining markazlari olinadi. Chizilgan doiralarning yuzalari, olingan masshtab bo’yicha sex yuklamalariga teng bo’ladi.Sex yoki korxona yuklamalarining markazlari, elektr energiyasini qabul qiluvchi iste’molchilarning simvolik markazi hisoblanadi. Bosh pasaytiruvchi podstansiya va sex podstansiyalarining imkoniyat chegarasida ushbu markazga joylashtirish kerak. Bu esa, yuqori kuchlanishli elektr energiyasini iste’molchilarga yaqinlashtiradi, yuqori va past kuchlanishli tarqatuvchi elektr tarmoqlarining uzunligini qisqartiradi, sarflanadigan o’tkazgichlar uzunliklarini kamaytiradi va elektr energiyasini nobudgarchiligining kamayishiga olib keladi. Bulardan tashqari, elektr yuklamalar kartogrammasi asosida elektr yuklamalarni korxona hududida qanday taqsimlanganligini tasavvur qilish imkoniyati yaratiladi(2-rasm).
- sexning 10 kV kuchlanishli elektr yuklamalari sektori.
- sexning hisobiy yoritish yuklamasi sektori, (ya’ni, sexning 220 V kuchlanishli elektr yuklamalari)
- sexning hisobiy yuklamasi sektori, (ya’ni, sexning 380 V kuchlanishli elektr yuklamalari)
Elektr yuklamalar kartogrammasini aktiv va reaktiv yuklamalar uchun alohida alohida qurish maqsadga muvofiqdir. Chunki aktiv va reaktiv quvvat iste’molchilarning korxona maydoni bo„yicha joylashishlari har xil bo’lib, ular ayrim-ayrim manbalarga ulanishlari mumkin.
Nasosxona uchun elektr yuklamalar kartogrammasini quramiz, bunda,
m=10 kVt/sm2 ga teng deb qabul qilamiz.
Elektr yuklamalar kartogrammasini aktiv yuklamalar uchun quramiz va doira radiusini 2-jadval ma’lumotlari asosida aniqlaymiz.
π– matematik doimiy bo’lib, π=3,14 ga tengdir va hisoblashlarda o’zgarmas qiymat deb qabul qilamiz;
m – doira yuzini aniqlash uchun tanlangan mashtab.
Sektorlarning markaziy burchaklari quyidagicha aniqlanadi:
Xuddi shu tartibda, qolgan sexlar uchun doira radiusi va quvvatlar sektorini aniqlab, natijalarini 4-jadvalga kiritamiz.
Elektr yuklamalarining shartli markazini aniqlaymiz. Elektr yuklamalarining shartli markazini aniqlash uchun, har bir sexni X va Yo’qidagi ko’rsatkichlarini Pum ga ko’paytirib, natijalarini 4-jadvalga kiritamiz va ularning summasini aniqlaymiz (masalan, Nasosxona x=19,4sm va y=10,8sm ga teng).
Elektr yuklamalar kartogrammasini qurishda, doiralarning markazlari sex shakllarining geometrik markazlariga joylashtiriladi.Qurilgan elektr yuklamalar kartogrammasi asosida korxona yuklamalarining shartli markazi aniqlanadi.Sex yuklamalarining yuzasi uning yuzasi bo’yicha tekis taqsimlangan deb faraz qilinsa, yuklamalarining shartli markazi sex geometrik shaklining markazida deb qabul qilinadi. Korxona yuklamalarining shartli markazini kordinatlari quyida formuladan hisoblanadi:
|
| |