• Darsning maqsadi
  • DIDAKTIK O‘YINLI DARSLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI . Didaktik o‘yinli darslar turlari
  • Ijodiy o‘yinlar
  • 7- mavzu: Biologiyani o’qitishda didaktik o’yin texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Reja




    Download 73 Kb.
    bet1/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi73 Kb.
    #246616
      1   2   3
    Bog'liq
    39527 7 МАВЗУ


    7- MAVZU: Biologiyani o’qitishda didaktik o’yin texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.


    REJA:
    1. Biologiya darslarida o‘quvchilarning bilish va o‘yin faoliyatini uyg‘unlashtirish. O‘yin faoliyatini tashkil etish bosqichlari.
    2. Didaktik o‘yinlarning mazmuni va mohiyati.
    3. Didaktik o‘yinli darslarga qo‘yiladigan talablar.
    4. Biologiyani o‘qitishda foydalaniladigan, didaktik o‘yinli darslarning turlari.


    Darsning maqsadi: Talabalarga biologiya o'qituvchisi foydalanadigan o'yin faoliyatini tashkil etish bosqichlarini o`ziga xos xususiyatlarini tushuntirish.

    Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli, o‘quvchilarning bilim olish faoliyati, o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.


    DIDAKTIK O‘YINLI DARSLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
    Didaktik o‘yinli darslar turlari:

    1. Syujetli– rolli-fanning turli sohala­rida qo‘lga kiritilgan yutuqlar­ni yoritish, fan­lararo bog‘­la­nish­larni amalga oshirish, tabiatdagi va kun­da­lik hayotdagi muam­mo­larni hal etish imkoniyati bo‘lganda mazkur darsdan foydalani­ladi.

    2. Ijodiy o‘yin-avval o‘zlashtirilgan bi­lim va ko‘nikmalar­ni ri­voj­lan­tirish imkoniyati bo‘lganda mazkur darsdan foydalani­ladi.

    3. Auktsion-turli ob’ektlarga tav­sif berish, ularni taqqoslash imkoniyati bo‘lganda mazkur darsdan foydalani­ladi.

    4. Konferentsiya-fanning turli soha­la­riga oid bilimlar mu­jassam­lash­gan va qo‘l­ga kiritil­gan yutuq­­lar­­ni yoritish, fan­lararo bog‘­lanish­larni amalga oshirish imkoniyati bo‘lganda mazkur darsdan foydalani­ladi.

    5. Matbuot konferen­siyasi-fanning turli soha­larini qamrab olgan, o‘quvchilar­ning avval o‘z­lash­tirgan bilim­laridan foydalanish lozim bo‘lganda mazkur darsdan foydalani­ladi.

    Ijodiy o‘yinlar
    Ijodiy o‘yinlardan “Organik olam evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishlari”, “Organik olam evolyutsiyasining dalillari”ni o‘rganishda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘quvchilar teng sonli guruhlarga ajratilib, ularni shartli ravishda “Botaniklar”, “Zoologlar”, “Evolyutsionistlar” va h.k belgilanadi. Har bir “mutaxassislar” ijodiy izlanib, go‘yoki fanda yangiliklar kashf etadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib, ko‘rgazmali qurollarga tayangan holda, o‘z javoblarini asoslaydilar.

    Download 73 Kb.
      1   2   3




    Download 73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7- mavzu: Biologiyani o’qitishda didaktik o’yin texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Reja

    Download 73 Kb.