• Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi
  • Matbuot konferensiyasi
  • Matbuot konferensiyasini o‘tkazish.
  • O‘yin mashqlar
  • Qaysi texnologiyalarda ta’lim-tarbiya berish funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi
  • Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘llash funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi
  • Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi
  • Didaktik o‘yinli darslarning ta’rifini toping.
  • 7- mavzu: Biologiyani o’qitishda didaktik o’yin texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Reja




    Download 73 Kb.
    bet2/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi73 Kb.
    #246616
    1   2   3
    Bog'liq
    39527 7 МАВЗУ

    Konferensiya darslari
    Konferensiya darslari o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo‘shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
    1.O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi “olimlar” bilan tanishtiradi.
    2.Ilmiy ma’ruzalarni tinglash “Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
    3.Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o‘quvchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o‘tkaziladi.
    4.Ilmiy konferentsiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
    5.O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofik baholanadi.
    Matbuot konferensiyasi
    Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘quv - bilish faoliyati faol bo‘lishi bilan xarakterlanadi. O‘qituvchining matbuot darsiga tayyorgarligi bir muncha murakkabroq. O‘qituvchi matbuot konferensiyasini o‘tkazishdan bir hafta avval sinf o‘quvchilarini ikki guruhga bo‘ladi.
    Matbuot konferensiyasini o‘tkazish.
    1.Matbuot konferensiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan o‘quvchilar olimlar va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat etishlari mumkin:
    2.Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud?
    3.Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi?
    4.Parrandachilikning qanday ahamiyati bor?
    5.Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi?
    6.Tovuqlarning tuxum qo‘yishi kun uzunligiga bog‘liqmi?
    7.Jo‘ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi?
    8.Xonaki g‘ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan qanday mahsulotlar olinadi?
    Olimlar va mutaxassislar bu savollarga javob beradilar.
    O‘yin mashqlar -Biologiyani o‘qitishda, boshqa didaktik o‘yinlar bilan bir qatorda o‘yin mashqlardan o‘z o‘rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
    TALABALARNING O‘ZLASHTIRGAN BILIMLARINI ANIQLASH UCHUN TEST TOPSHIRIQLARI
    1. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan va ta’lim samara­dorligini orttirish imkonini beradigan pedagogik texnologiyalarni belgilang.
    A. Didaktik o‘yinli;
    B. Muammoli ta’lim;
    C. Modulli ta’lim;
    D. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari;
    E. Hamma javoblar to‘g‘ri.
    2. Qaysi texnologiyalarda ta’lim-tarbiya berish funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi?
    A. Didaktik o‘yin texnologiyalari;
    B. Muammoli ta’lim texnologiyalari;
    C. Modulli ta’lim texnologiyalari;
    D. Loyihalash texnologiyalari;
    E. A va C javoblar.
    3. Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘llash funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi?
    A. Didaktik o‘yin texnologiyalari;
    B. Muammoli ta’lim texnologiyalari;
    C. Modulli ta’lim texnologiyalari;
    D. Loyihalash texnologiyalari;
    E. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari;
    4. Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish funktsiyasi yetakchi o‘rin egallaydi?
    A. Didaktik o‘yin texnologiyalari;
    B. Muammoli ta’lim texnologiyalari;
    C. Modulli ta’lim texnologiyalari;
    D. Loyihalash texnologiyalari;
    E. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari;
    5. Didaktik o‘yinli darslarning ta’rifini toping.

    Download 73 Kb.
    1   2   3




    Download 73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7- mavzu: Biologiyani o’qitishda didaktik o’yin texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Reja

    Download 73 Kb.