SHaxs kamolotida tarbiyaviy jarayoniga texnologik yondashuv
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini kafolatlovchi yondoshuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma’lumki, «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi ta’lim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kechadigan ta’limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya’ni, ta’lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so‘nggi byesh yil mobaynida yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning dyeyarli barchasida ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob’yekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo‘ldik.
Holbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo‘lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy g‘oyaga asoslangan hamda o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi demakdir.
Ta’lim jarayonidan farqli ravishda, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonning samarasini qisqa muddat oralig‘ida ko‘ra olish imkoniyati yo‘q. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlar tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirishga nisbatan ijodiy va mas’uliyatli yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari amaliyotidan ma’lumki, uzoq yillar davomida mazkur muassasada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning ko‘pchiligi tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan «tarbiyaviy ishlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘tkazishga majburman» qabilida yondoshib kelganlar. Ularning asosiy e’tibori o‘zlari raqbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini avvaldan tayyorlangan ssyenariyni yod olish va unga qat’iy amal qilishga majburlash, shuningdek, «maktab ma’muriyati hamda jamoasi oldida izza bo‘lib holishga yo‘l qo‘ymaslik» tamoyiliga muvofiq tarbiyaviy tadbirni uyushtirishga qaratilgan edi. Endilikda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan bunday yondoshuvlardan voz kechish maqsadga muvofiq. Zero, tayyor ssyenariy asosida muayyan tadbirni tashkil etish jarayonida uning asosiy sub’yektlari bo‘lgan o‘quvchilar faol ishtirokchi va tadbir natijasini belgilovchi shaxs sifatida emas, balki oddiy ijrochi sifatida qatnashadilar. Bu holat esa bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan: o‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi;
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratilmaydi;
3) o‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi ularning shaxs sifatida kamol topishlarini ta’minlashga yo‘naltirilganligi haqida emas, balki sinfning ta’lim muassasasi jamoasi oldida «soxta obro‘» orttirishi uchun xizmat qiluvchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi xulosaning shakllanishi uchun sharoit yuzaga keladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan texnologik yondoshuv quyidagi holatlarning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi: tarbiyaviy tadbir mavzusi va g‘oyasini o‘quvchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy tashabbuslar, ularning hohish–istaklariga ko‘ra belgilash; tarbiyaviy tadbir ssyenariysini ishlab chiqishda o‘quvchilarning mustaqil faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; tarbiyaviy tadbir mazmunida o‘z ifodasini topgan rollarning majburiy tarzda emas, balki o‘quvchilarning layoqati, qobiliyati, shuningdek, qiziqishlarini inobatga olish asosida taqsimlanishiga erishish; tarbiyaviy tadbirning tashkil etilishi va o‘tkazilishida o‘qituvchining roli buyruq berishdan iborat bo‘lmay, aksincha, o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning faoliyatini yo‘naltirib turish hamda zarur o‘rinlarda maslahat berish sifatida aks etishiga erishish; tarbiyaviy tadbir maqsadining natijalanganligini sinf, guruh o‘quvchilarining faol ishtirokiga tayangan holda muhokama qilish. Muhokama jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli tanbyehlarning berilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan aniqlanib, ularni bartaraf etish (keyingi tadbirni o‘tkazish jarayonida ularning takrorlanishini oldini olish) yo‘lida chora-tadbirlarni belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda mazkur jarayonni loyihalashtirish hamda uning asoslarini belgilash muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayonini loyihalash quyidagi bosqichlarda kechadi:
Tarbiya jarayonini loyihalash bosqichlari:
tarbiyaviy tadbir mavzusiga doir materiallarni yig‘ish;
tarbiyaviy tadbir maqsadi va vazifalarini belgilash;
tarbiyaviy tadbirning mazmunini ishlab chiqish;
tarbiyaviy tadbir shakli, metodlari va vositalarini tanlash;
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish va o‘tkazish (davomiyligi) vaqtini belgilash;
tarbiyaviy tadbir syenariysini ishlab chiqish;
o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ularning faollik darajalarini norasmiy (o‘quvchilarni bu haqida xabardor qilmasdan) baholash;
loyihani amaliy faoliyatda qo‘llash;
tarbiyaviy tadbirni tashkil etish jarayoni;
10) tarbiyaviy tadbirning o‘tkazilish holati (samarali, samarasiz, muvaffaqiyatli, muvaffaqiyatsiz kechganligi)ni muhokama qilish va yakuniy xulosa chiqarish
Bu jarayonda tarbiyaviy tadbirlarning tashkil etilishiga nisbatan texnologik yondoshuv mohiyati o‘quvchilar mustaqilligini ta’minlashda quyidagi omillarning mavjudligiga e’tiborni qaratishni ham taqozo etadi:
o‘quvchilarda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishiga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish va rag‘batning mavjudligi;
o‘quvchilarning tarbiyaviy tadbirlarni mustaqil tashkil etish borasida muayyan tajribalarga ega ekanliklari;
tarbiyaviy tadbir g‘oyasining o‘quvchilar ichki ehtiyojlariga mos kelishi.
|