|
7- mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish reja
|
bet | 4/7 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 37,52 Kb. | | #153543 |
Bog'liq 7- mavzu O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish -fayllar.orgTarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi.
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Aralash programma. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo‘laklarini o‘zida qamrab oladi.
Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo‘lishi ham mumkin.
Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va yegallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini yechishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Quyidagi izchil bloklar farqlanadi:
• axborot bloki;
• tyest-axborot (o‘zlashtirishni tekshirish);
• korryeksion-axborot (noto‘g‘ri javob qaytarilganda qo‘shimcha o‘qitish);
• muammoli blok: olingan bilimlar asosida vazifalami yechish;
• tekshirish va korryeksiya bloki.
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir nyecha bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tyegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish — joriy nazorat, korryektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish.
Kompyutyerli (yangi axborot) ta’lim texnologiyalari. Amaliyotda, axborot ta’lim texnologiyalari dyeb, maxsus texnik axborot vositalarini (yeHM, audio, kino, vidyeo) qo‘llaydigan barcha texnologiyalar nomlanadi. Ta’lim tizimida kompyutyerlardan keng foydalanish bilan birga «yangi axborot ta’lim texnologiyasi» atamasi paydo bo‘ldi. Bizning fikrimizcha, ta’lim texnologiyasi uchun ko‘proq to‘g‘ri keladigan atama - kompyutyer texnologiyasi atamasidir.
Kompyutyerli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyutyerlar va tyelyekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning ham tadqiq qilinmagan umuman yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyutyerli texnologiyalari (yangi axborot) - bu, ta’lim oluvchiga axborotni tayyorlash va uzatish jarayoni bo‘lib, uni amalga oshirish vositasi kompyutyerdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
7- mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish reja
|