• Tayanch so’zlar
  • QR-KODLARNI O‘QISh
  • -kod onlayn generatori
  • QR-code yaratish algoritmi
  • 7-Amaliy mashg’ulot Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda qr-kod dasturining ahamiyati Ishdan maqsad




    Download 481.25 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana17.06.2023
    Hajmi481.25 Kb.
    #73836
    Bog'liq
    7-Elektron ta\'lim resurslaridan foydalanish
    13 va 14 - AMALIY MASHG`ULOT., 30CA90FE-0D04-4B10-86F8-3EF1D1F9954D, Ekologiya huquqi, mustaqil ta`lim — копия, 11.Matematik-programmalashtirish-va-optimallashtirish-usullari-2011-oquv-qollanma-N.R.Beknazarova-X.N.Jumayev, 1 1585620012984, Biznes loyiha-kompy.info, kuk kapalak, Umumiy pedagogika. Mansurmanova A., Tayyor mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini , TURDIKULOVA S HISOBOT YUKLAMA 2023-2024, Sarvinoz222, 18. So‘z yodlash dasturini yasash, hayot faoliyati xavfsizligi



    7-Amaliy mashg’ulot 
     Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda 
    QR-kod dasturining ahamiyati 
    Ishdan maqsad: Talabalarga elektron ta’lim resurslaridan foydalanish to’g’risida 
    ma’lumot berish, QR-kod haqida tushuncha berish, hamda elektron ta’lim 
    resurslaridan foydalanishda QR-kodning ahamiyati haqida umummiy ma’lumot berish 
    Tayanch so’zlar: Internet, elektron, resurs, QR-kod, global, lokal 
     
    QR-KOD -qanday yaratiladi?  
    QR-kod — ikki o‘lchamli shtrixkod, mazkur shtrix kod oq va qora 
    piksel(nuqtalar)dan iborat bo‘lib bir necha yuz belgilarni kodlash imkonini beradi. 
    Kodlanadigan matn-oddiy matn, Internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning 
    geolokasiyasi yoki koordinatasi, ma’lumot taqdim etuvchi insonning tashrif 
    kartochkasi ham bo‘lishi mumkin. 
    QR-kodlarni vizuallashtirish odatda zamonaviy smart telefonlar yordamida 
    amalag oshiriladi. Bunda smartfon kamerasi QR-kodga qaratiladi va zarur internet 
    resursga yoki saytga ortiqcha harakatlarsiz o‘tish imkoni tug‘iladi.
    QR-kodlardan foydalanish katta hajmdagi giperhavolalarni terish, yozib olish 
    yoki zarur axborot manbasiga tezkor murojaat qilish imkoniyatini yaratdi. Misol 
    uchun: kompyuter monitoridagi reklama yoki jurnal sahifasidagi reklama e’loniga QR-
    kod qo‘shib qo‘yilsa uni o‘qiydigan o‘quvchi yoki shu tovarni iste’molchisi ortiqcha 
    harakatlarsiz internetga joylashtirilgan sayt yoki ijtimoiy tarmoq sahifalariga tezkor 
    o‘tishi va ma’lumotni olishi mumkin. 



    QR-kodlar (Quick Response — ingliz tilida «tezkor reaksiya», «tezkor sado-
    javob») 1994 yilda Denso-Wave yapon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. 
    Yaponiyada QR-kodlar 2000 yil boshlaridan boshlab juda faol tarzda qo‘llanila 
    boshlandi. 
    QR-kodlarni sotiladigan tovar qutisiga, reklama bannerlariga, bukletlarda, 
    ensiklopediyalarga joylashtiriladi.
    Keyingi yillarda kamerasi kuchli smartfonlar paydo bo‘lishi bilan QR-kodlar 
    butun dunyoda faol foydalanila boshlandi.
    Bugun Siz bu sehrli kvadratlarni reklama, do‘konlar oynasida, kitoblar 
    muqovasida uchratishingiz mumkin. 
    QR-kodlar ta’lim tizimidagi darslik sahifalariga ham kirib keldi.
    QR-kodlar 
    maktab 
    darsliklari 
    sahifalariga 
    interaktivlik 
    xususiyatini 
    bag‘ishlaydi, ya’ni o‘rganilayotgan mavzu sahifalaridagi QR-kodlarni ishga tushirilsa, 
    bir harakatda shu darslik joylashtirilgan internet sayt sahifasiga o‘tiladi.
    QR-kodlar faqat darslikni internetdagi elektron shaklini o‘rganish uchun emas 



    balki dars yoki mavzuni mazmun jihatidan to‘ldirish, mavzuga ta’alluqli video, 
    animasiya yoki ensiklopedik materiallarni darslik sahifasiga joylashtirish uchun 
    ishlatiladi.
    QR-kodlarni o‘qish yoki yaratish uchun har xil dasturiy ta’minotdan foydalanish 
    mumkin.
    QR-KODLARNI O‘QISh  
    QR-kodlarni o‘qish uchun smartfonga maxsus dastur o‘rnatish zarur. Mabodo 
    foydalanayotgan smartfoningizda QR-kod o‘qiydigan bironta dastur o‘rnatilgan 
    bo‘lsa, u holda yangisini o‘rnatishga ehtiyoj yo‘q.
    QR-kodlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan “tekin” dasturiy ta’minotlardan 
    namunalar: 
     
    QR-KOD YaRATISh(manzil/internet sahifa) 
    QR-kod yaratuvchi servislar:
    QR-kod yaratuvchi dasturlar:
    1. QR-kod onlayn generatori qrcode.tec-
    it.com/ru – *.PNG bichimda yaratadi.
    QR-kodingizni tekin yarating ru.qr-code-
    generator.com
    Rasmlar – *.JPG, *.EPS, *.SVG bichimlarda 
    taqdim etiladi
    QRCode-Monkey www.qrcode-monkey.com
    Rasmlar – *.PNG, *.EPS,
    *.SVG, *.PDF bichimlarda taqdim etiladi.
    QR Code Studio  
    QR-kodlarni (Windows, Mac OS) operasion 
    tizimi o‘rnatilgan kompyuterlarda tekin 
    yaratadi.
    Dastur tez va qulay QR-kod yaratadi. 
    Tayyor kodlar (BMP, GIF, JPG, PNG yoki 
    TIFF) bichimida yoki axborot almashish 
    buferiga saqlanishi mumkin.
    QR-code yaratish algoritmi:  
    QR-kod yaratish uchun internetdan www.qrcoder.ru sayti ishga tushiriladi.
    1. Brauzerdan QR-kodga aylantirilishi rejalashtirilgan manzil ko‘chirib olinadi.
    2. «Sayt»dagi «vvedite tekst dlya kodirovaniya» oynasiga kodlanadigan matn 
    yoki internet sahifa («URL-manzili», «URL») qo‘yiladi. 
    TOPSHIRIQ:
    Texnologiya fanining 8-sinf darsligini oling va undan QR-kod berilgan sahifani 
    oching. Agar telefoningizda QR-kodni o‘qiydigan dastur bo‘lsa, undan foydalanib 
    internet manzilini toping. Manzilda berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirib oling. 




    Download 481.25 Kb.




    Download 481.25 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-Amaliy mashg’ulot Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda qr-kod dasturining ahamiyati Ishdan maqsad

    Download 481.25 Kb.
    Pdf ko'rish