Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar




Download 77 Kb.
bet5/7
Sana14.09.2023
Hajmi77 Kb.
#81823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7.1-amaliy mashg\'ulot
8-amaliy mashg\'ulot, 9-amaliy mashg\'ulot, 5-amaliy mashg\'ulot, 10-amaliy mashg\'ulot, 11-amaliy mashg\'ulot, 12-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot
Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar
1.Web of Science Core Collection ro‘yxatidagi jurnallarda maqolalari chop etilib, yuqori xalqaro reytingga ega xorijlik olimlardan iborat tahrir kengashini jalb qilish muhim. WOSdagi nashrlar iqtibosligi tahlili sizning jurnalingiz uchun sohaning yetakchi mutaxassislari haqida ma’lumot olishga yordam beradi.
2.Mazkur ixtisoslik bo‘yicha Web of Science Core Collection ma’lumotlar bazasiga kirgan jurnallar bilan solishtirish, ularni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Asosiy e’tibor, Journal Citation Reports ma’lumotlar bazasiga kirgan ilmiy jurnalning sonli ko‘rsatkichlariga hamda impakt-faktoriga qaratilishi lozim.
3.Tajriba shuni ko‘rsatadiki, xalqaro kollektiv hammualliflikda yozilgan maqolalar, mahalliy hammualliflikda yozilgan maqolalarga nisbatan ko‘proq foydalanilib, iqtibosligi yuqori bo‘ladi. Shuning uchun maqolalarni yozishda, boshqa mamlakatlarning yetakchi olimlarini jalb etgan holda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish - muvaffaqiyat garovidir.
4.Jurnalning ingliz tilidagi versiyasini chop etish tavsiya etiladi. Ikkita versiyasini chop etish yoki faqat ingliz tilida chop etish lozim. Bu ayniqsa, o‘z jurnallarini xalqaro miqyosga ko‘tarmoqchi bo‘lgan nashriyotlar uchun taalluqli.
5.Jurnalning barcha maqolalari uchun obyektning raqamli identifikatorini (DOI, digital object identifier) qo‘llash tavsiya etiladi. Bu haqida to‘liq axborotni https://www.doi.org/ saytidan olish mumkin. Obyektning raqamli identifikatori - GOST R ISO 26324-2015 tarmoqda taqdim etilgan ob’ekt haqidagi axborotni belgilash standarti hisoblanadi.
DOI elektron hujjatdagi mavjud axborot, uning qayerda joylashuvi ko‘rsatkichi (masalan, URL), uning nomi (nomlanishi), obyektning boshqa identifikatorlari (masalan, ISBN kitobning elektron shakli uchun) va ma’lumotlarni tavsiflash bilan bog‘liq (metama’lumotlar) tuzilgan va kengaytirilgan shaklda aks etadi. DOI ilmiy muhitda olimlar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun qo‘llaniladi. Mohiyatiga ko‘ra, DOI - bu hujjatdan zarur axborotni olishdagi umumiy axborot-virtual muhitidagi (Internetda) yo‘l deb tushunish mumkin.

Download 77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnalni rivojlantirish uchun qo‘shimcha tavsiyalar

Download 77 Kb.