• Journal Citation Reports
  • Essential Science Indicators tizimi
  • 7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari




    Download 77 Kb.
    bet2/7
    Sana14.09.2023
    Hajmi77 Kb.
    #81823
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    7.1-amaliy mashg\'ulot
    8-amaliy mashg\'ulot, 9-amaliy mashg\'ulot, 5-amaliy mashg\'ulot, 10-amaliy mashg\'ulot, 11-amaliy mashg\'ulot, 12-amaliy mashg\'ulot, 3-amaliy mashg\'ulot
    Web of Science O‘zbekistonda
    2017-yilning iyunidan respublikamizning barcha ilmiy va o‘quv muassasalari Web of Science (WOS) analitik tizimidan foydalanishlari mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida obuna asosida foydalanish mumkin bo‘lgan resurlar quyidagilardir:
    Web of Science Core Sollection
    KCI-Korean Journal Database
    Russian Science Citation Index
    SciELO Citation Index
    Medline
    Clarivate Analytics WOS kompaniyasini tanlashini quyidagicha asoslaydi:
    1.Tizim Yudjin Garfild va uning izdoshlari tomonidan AQSH ilmiy axborot institutida o‘tgan asr o‘rtalarida ishlab chiqilgan ilmiy axborotni tahlil qilish va qayta ishlashning ilmiy asoslangan metodlariga tayanadi. Tahliliy tizim ilmiy nashrlarni tahlil etish va qayta ishlash bo‘yicha nashrlar, mualliflar, ilmiy yo‘nalishlar orasida o‘rnatilgan semantik aloqalar, kuchli vositalarga ega. WOS Core Indexes singari bunday vositalar o‘z sohalarida eng innovatsion va o‘ziga xos asarlarni yaratadigan obro‘li nashrlarni o‘z ichiga oladi. Iqtiboslik tarixi 115 yildan ortiq (1000 000000 dan ortiq maqola bibliografiyasi).
    Masalan, Scopus da iqtiboslik tarixi – 1996-yildan (8 million yozuvlar 1970-1995 yillarga tegishli). WOS jurnal, kitob, ilmiy konferensiya to‘plamlarida chop etilgan har bir maqolani indekslaydi. Indekslarning yuqori texnologiyalari yordamida yuqori darajadagi iqtiboslik keltirilgan ishonchli havolalarni yaratish imkonini beradi. Tizim WOS ma’lumotlar bazasidagi har bir nashrlarga hamda WOS dan tashqaridagi materiallarni ham indekslaydi. Jurnallarning umumiy hajmi: 28 000, ulardan impakt-faktorga egalari 15000 ga yaqin, 3100 tasi ochiq foydalanishda. Resurslarni xolis obyektiv tahlil qilinib, nafaqat institutlar, mualliflar, balki mamlakatlar reytingi ham aniqlanadi. Web of Science fanga qo‘shilgan hissani obyektiv aniqlaydi. Nobel mukofotlari laureatlarini aniqlashda ekpertlar ko‘p hollarda WOS ma’lumotlar bazasi tahliliy ko‘rsatkichlariga tayanadilar.
    Ma’lumot bazalari bilan ishlashda kuchli tahliliy vositalar qo‘llaniladi. Bular quyidagilar :
    Journal Citation Reports axborot tizimi - iqtiboslik haqidagi ma’lumotlari asosida yetakchi jahon ilmiy jurnallarini tizimli, obyektiv va tanqidiy baholaydi. Journal Citation Reports fan tarmoqlarining minglab ilmiy va ixtisoslashtirilgan jurnallarining klassifikatsiyalaydigan vositadir. Tizim, shuningdek, jurnalning impakt-faktor va obro‘-e’tiborini aniqlab, u yoki bu ilmiy jurnalga obuna bo‘lishda qaror chiqarishda yordam beradi.
    Essential Science Indicators tizimi ilmiy tadqiqotlarni va ularni rivojlanish tendensiyalarini baholashda, alohida olimlar va ularning asarlarini baholashda jurnallardagi maqolalar, ularni iqtibosligini hisoblaydi. Nufuzli olimlar, ilmiy tashkilotlar, ilmiy ishlar, jurnallar bo‘yicha, sohalar,tadqiqot mavzusi aspektlari bo‘yicha nufuzli olimlarni topishga imkon beradi. Bu yosh olimlar va ilmiy rahbarlarga tadqiqotlar uchun jahon darajasidagi dolzarb mavzularni topishga, rivojlanish uchun noyob axborotni olishga yordam beradi.
    Tizimda manbalar haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan bo‘lib, tizimning funksional imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tmaymiz. E’tiborni ko‘proq WOS ro‘yxatiga kirishda oliy ta’lim muassasalari ilmiy nashriyotlarining e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan talablarga qaratamiz.

    Download 77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-amaliy mashg’ulot Mavzu: Web of Science platformasi hamda undan foydalanish. Web of Science platformasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash. Ilmiy maqolalar, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish masalalari

    Download 77 Kb.